Ўсиб келаётган ёш авлод жисмоний тарбияси ва спортда инновацион технологиялар
Халқаро иштирокчилар ҳамкорлигида республика илмий-амалий анжумани материаллари
147
Sportchilar faoliyatida ham chet tillari aholida o’rinni egallaydi. Ya’ni bugungi kunda mamlakatimiz
sharafini himoyalab jahon arenalariga chiqayotgan sportchilarimizning ko’pligi ko’ksimizni faxr-
iftihor va g’ururga to’ldiradi albatta. Bu sportchilarimiz muntazam ravishda turli xil musobaqalarga
ishtirok etish va tayyorlanish, o’rtoqlik uchrashuvlari asosida mahoratlarini oshirish maqsadida xorijiy
mamlakatlarga safar qiladilar bu vaqt davomida ular o’z fikr-mulohazalari, xohishlarini bildirishlari
uchun ulardan xorijiy tillarni bilishlari talab etiladi. Sportchilar xalqaro musobaqalarda ishtirok etgan
vaqtlarida hakam qaroriga qandaydir e’tirozi bo’lsa yo baholashlardagi tushunmovchiliklar bo’lgan
vaqtda ingliz tilini bilishlari ularga qo’l keladi va ayni vaqtida muammoni hal etishlari mumkin bo’ladi.
Tillarni o’rgatish bizda boshlang’ich sinflardanoq joriy etilganligini, hamda chet tillarini mustaqil
o’rganish uchun adabiyotlarning ham yetarliligini inobatga oladigan bo’lsak, uni o’rganish bugungi
kunda hech qanday muammo tug’dirmaydi. Bundan tashqari, jismoniy tarbiya darslarida ham
o’qituvchilarning ingliz tilidagi so’zlar va sportga oid terminlarni qo’llashlari yillar davomida
o’quvchilarning chet tilida so’z boyliklarining yanada boyib borishida ko’maklashadi. Bu esa o’z
navbatida ham jismonan ham ma’naviy barkamol avlodning shakllanishida ta’sirini ko’rsatadigan
muhim omillardan bo’lib xizmat qiladi. Ma’lumot o’rnida shuni aytish mumkinki, chet tillarini
o’rganish inson organizmi uchun juda ham foydali ekan. Til o’rganish inson xotirasini mustahkamlash
bilan bir qatorda o’ziga bo’lgan ishonchini oshirib, kayfiyatiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, jismoniy tarbiya va sport sohasida chet tillaridan
xabardor bo’lish juda ham muhim chunki bu orqali inson o’z bilimlarini yanada boyitish bilan bir
qatorda fanda ham, sohada ham yuqori natijalarga erishishadi va shu orqali mamlakatning
rivojlanishida o’z hissasini qo’shishga qodir bo’lgan qimmatli kadr bo’lib yetishadi va o’z bilim va
tajribalarini amalda qo’llab soha rivojiga bevosita dahldor bo’la oladi. Shunday ekan biz yoshlar ham
bizga yaratib berilgan imkoniyatlardan imkon qadar samarali foydalanib, o’z sohamizga doir amaliy
hamda nazariy bilimlarni puxta egallab, tillarini o’rganib, kelajakda yuqorida aytib o’tilganidek Vatan
ravnaqiga o’z hissasini qo’sha oladigan, kasbining yetuk mutaxasislari bo’lib yetishimiz talab etiladi.
Adabiyotlar:
1. Жисмоний тарбия ва спортни янада ривожлантириш чора – тадбирлари тўғрисида.
Ўзбекистон Республикаси президентининг ПҚ 3031- сонли қарори, 2017 йил, 3 – июн.
2. Керимов ф., Умаров М. Спортда прогнозлаштириш ва моделлаштириш Т.2005 йил, 78
бет.
Do'stlaringiz bilan baham: |