Ўсиб келаётган ёш авлод жисмоний тарбияси ва спортда инновацион технологиялар


BOLALAR VA O’SMIRLARNI SPORTGA TANLASHNING DOLZARB MUAMMOLARI



Download 3,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/312
Sana24.02.2022
Hajmi3,24 Mb.
#191213
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   312
Bog'liq
Инновационные технологии в спорте и физическом воспитании подрастающего поколения (1)

 
BOLALAR VA O’SMIRLARNI SPORTGA TANLASHNING DOLZARB MUAMMOLARI 
Mardonov N.J., Ergasheva M.B., Do’stmurodov N., o’qituvchilar 
Samarqand davlat universiteti, Samarqand, O’zbekiston 
Odam organizmining fiziologik reaksiyalari, jumladan qo’zg’alish, tormozlanish, yurak ishi, 
nafas chastotasi, muskul qisqarishi kabilar asosan organizmni genotipi yoki irsiyati bilan bog’liq bo’lib, 
ularni yuzaga chiqishi ham individual xusuiyatga ega. Markaziy nerv sistemasi tomonidan turli 
organlarga jumladan yurak qon-tomir, nafas tizimi, muskullarga keladigan impulslar ularning harakat 
chastotasi va ish qobiliyatini belgilashda muhim ahamiyatga ega, shu sababli odamning jismoniy 
sifatlaridan kuch, tezlik, chidamlilik, chaqqonlik kabilar ham odamning individual xususiyatlari va 
gepotitga bog’liq bo’ladi. Hozirgi kunda bolalar va o’smirlarni tana tuzilishi, tashqi belgilarini 
ko’rinishi, tana proporsiyalari, tananing tatal kattaligi kabilarni bolalar va o’smirlarni sportga tanlash 
uchun muhim ahamiyatga ega. Bolalar va o’smirlarda tayanch-harakat apparatining rivojlanishi 
jismoniy sifatlar rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Muskul kuchi boshqa jismoniy sifatlarning asosi 
bo’lib xizmat qiladi. Jumladan tezkorlik, chaqqonlik kabilarning rivojlanishi muskul kuchining 
rivojlanish darajasiga bog’liq bo’ladi. Muskul kuchi muskulning taranglashish darajasi bilan 


Инновационные технологии в спорте и физическом воспитании подрастающего поколения 
Материалы республиканской научно-практической конференции с международным участием
 
94 
belgilanadi. Muskul kuchi muskul tolalariga keluvchi impulslar hamda ulardagi energiya hosil qiluvchi 
birikmalar iqtidoriga ham bog’liq. Muskul kuchi 6 yoshgacha bo’lgan bolalarda juda kam bo’ladi.4-5 
yoshli bolalarda qo’l barmoqlarini bukuvchi va yozuvchi muskullar kuchi 4 yoshlilarga 4,6kg 
5yoshlilarda 5,2kg bo’ladi, gavdani tiklovchi muskullar kuchi 8,2 kg va 4,6kg.ni tashkil etadi. 1Muskul 
kuchi 11 yoshdan boshlab, ayniqsa 13 dan 14 yoshgacha va 16-17 yoshda ayniqsa jadal rivojlanadi. 
Shu sababli kuch talab qiluvchi sport turlarida ayniqsa boks, kurash kabi turlarga bolalar va o’smirlarni 
tanlashda 11 yoshdan boshlash muhim ahamiyatga ega. Ayrim holatlarda bu yoshdan kichgina bolalar 
tanlanadi. Bu esa bola organizmining o’sish rivojlanishiga, vegetativ organlar ish faoliyatiga salbiy 
ta’sir etadi. Bolalarni kuch talab qiluvchi sport turlariga tanlashda ularning gavda kuchi, qo’l, oyoq 
kuchi, barmoqlarning qisish kuchi darajasini dinamometriya usulida o’lchash muhim ahamiyatga ega. 
[3]Kuch sifati rivojlanish darajasini aniqlash uchun doimiy ravishda kuchning o’sib borishini hisobga 
olish muhim ahamiyatga ega. Kuchni o’sishi ham nasl xususiyatlariga bog’liq. Bunda kuch 
rivojlanishini 60% avlodga 40% esa mashg’ulotlarga bog’liq bo’ladi. Bundan tashqari qizil va oq tolali 
muskullar nisbatini aniqlash ham katta ahamiyatga ega.[2]. Yuqorida aytilganlarni hisobga olib bolalar 
va o’smirlarni sportga tanlash sport faoliyati natijalariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bolalar va o’smirlarni 
sportga tanlashda tezkorlikni ham hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Tezkorlik-harakat 
reaksiyasining latent vaqti, yakka harakat tezligi va vaqt birligidagi harakat soni bilan belgilanadi. 
Tezkorlik sifati kuchni rivojlanish darajasiga ham bog’liq. Uning 80% nasl xususiyatlariga 20% esa 
Jismoniy mashg’ulotlar bilan shug’ullanish darajasiga bog’liq. [1] Bolalarda harakat tezligi 7yoshdan 
17 yoshgacha 1,5 marta ortadi. Tezkorlik sifatining ortishi qizlarda 14 yoshda, o’g’il bolalarda 15 
yoshda jadallashadi. Tezkorlik talab qiluvchi sport turlariga jumladan yengil atletikaning qisqa masofali 
turlarida 12-13 yoshdan tanlash yaxshi natijalar beradi. Tezkorlikning ortishini ixtiyoriy harakat tezligi 
bilan bog’liq mashqlarni bajarish orqali aniqlab borish mumkin. Tezkorlik sifatini tahlil qilish orqali 
uning jinsga, yoshga xos xususiyatlari aniqlab boriladi. 
Tezkorlik sifati muskul qisqarish chastotasi, latent davrdan tashqari organizm jismoniy rivojlanganlik 
darajasi hamda bosh miya yarim sharlar po’stlog’ining harakat zonasidagi neyronlarning funksional 
faollik darajasi kabilarga ham bog’liq. Bolalar va o’smirlarda tezkorlik sifati rivojlanishi muskulning 
rivojlanish darajasi uning dinamik va statik mashqlarni bajarish ko’rsatgichlariga ham bog’liq bo’ladi.
Adabiyotlar
1. I.Azimov, Sh. Sobitov “Sport fiziologiyasi” Toshkent, 1993y , 225b 
2. B.T.Haydarov, “Fiziologiya va sport fiziologiyasi” Toshkent 2018y 252b 
3.Sh.H. Allamuratov “Sport fiziologiyasi” Toshkent 2010y, 213b 

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish