12.1. O’txona qurilmalarining sxemalari
Yoqilg’ining Yonish jarayoni kechadigan qurilma o’txona deyiladi. Yonish jarayonining borishini ta’minlaydigan va boshqaradigan uskunalar majmui o’txona q u r i l m a s i deyiladi. Qattiq Yoqilg’i tabiatda qanday paydo bo’lgan bo’lsa, shundayligicha, bo’laklab kukun holiga keltirib yoqilishi mumkin. O’txona qurilmalarini loyihalashda eng avval Yoqilg’ining tejab yoqilishiga, Yonish mahsulotlaridagi tutun va oksidlovchi havo oqimi yo’llarining to’g’ri tashkil qilinishiga hamda o’txonani ishga tushirish, ishlatish ishlarining mexanizatsiyalashganligiga va avtomatlashtirishga asosiy e’tibor qaratiladi.
O’txonalar qatlamli, kamerali (mash’alali, uyurmali) turlarga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |