20.3-rasm Shuxov-Berlin siaemasidagi gorizontal suv-trubali qozon.
SHundan keyin paydo bo’lgan qozonlarda gorizontal joylashgan qaynatish trubalari baraban-bug’ yirgich bilan maxsus kameralar yoki seksiyalar orqali tutashtirilgan. Bunday qozonlar gorizontal suv-trubali qozonlar deb ataladi.
O’tgan asrning 90- yillarida injener V. G. SHuxov o’sha vaqtda mavjud bo’lgan gorizontal suv-trubali qozonlarning eng qulay xilini ishlab chiqdi va qurdi. V. G. SHuxov qozon agregatining elementlarini standartlashtirdi va qozonlarni bevosita o’rnatish joyida elementlardan yirishni tashkil qildi. Bu sistemadagi qozonlar bir necha o’n yillar davomida o’zgartirilib va takomillashtirilib borildi. Bunday qozonning yangi konstruksiyasi qozon tayyorlashga metallning solishtirma sarfi ancha kamaytirilgani holda bug’ unumini va bug’ parametrlarini oshirish imkonini berdi.
1937 yilda SHuxov sistemasidagi qozonni injener Berlin yangidan takomillashtirdi va SHuxov—Berlin qozoni deb ataldi ( -rasm). Bunday qozonda ko’ndalang baraban o’rnatilgan, trubalar to’plami esa shaxmat tartibida joylashtirilgan. Bunda trubalarning uzunligi ortdi, ularning to’plamdagi soni esa kamaydi. Suv hamda suv-bug’ aralashmasiningssirkulyasiyasi quyidagicha amalga oshiriladi. Baraban-bug’ yirgichning pastki qismidan suv tushish trubalari 2 orqali keyingi kameralarga o’tadi. Keyin suv qaynatish trubalari 4 orqali ko’tarilib, bug’lanadi va bug’-suv aralashmasiga aylanib, oldingi kameralar 5 ni to’ldiradi. Bu erdan bug’ tarzida truba 6 lar orsali baraban—bug’ yirgichning YUqorissismiga qaytadi. O’txona gazlarining yo’lini uzaytirish mAqsadida g’isht to’siqlar 3 o’rnatilgan.
Gorizontal suv-trubali qozonlar o’z vaqtida gaz-trubali qozonlarga nisbatan katta afzalliklarga ega edi, lekin ularning hozirgi vertikal suv-trubali qozonlarga qaraganda muhim kamchiliklari bor. SHuning uchun ularni vertikal suvtrubali qozonlar siqib chiqardi va hozirgi paytda sanoatimiz gorizontal suv-trubali qozonlar ishlab chiqarmaydi.
Vertikal suv-trubali qozonlar. Gorizontal suvtrubali qozonlarni takomillashtirish bilan birga qozonlarning yangi konstruksiyalari ustida ham ish olib borildi; yangi qozonlarda qiyaligi tik bo’lgan qaynatish trubalarining to’plami bevosita baraban bug’ yirgichga tutashtirilgan edi. Bunday qozonlar vertikal suv-trubali qozonlar deb ataladi. Ularda qimmat turadigan tutashtirish kameralari bo’lmaydi; gorizontal suv-grubali qozonlarda bunday kameralarningog’irligi bug’ generatsiyalaydigan barcha sistema og’irligining 30— 40% ni tashkil etar edi.
Vertikal suv-trubali qozonlar dastlab qozonning eng qimmat qismining—barabanlarning (20.4 -rasm) soni ko’p qilib kurilar, bu esa metallning ko’p sarflanishiga va qozon narxining ortib ketishiga sabab bo’lar edi. Vertikal suvtrubali qozonlarning keyingi takomillashuvi barabanlar sonini kamaytirish yo’lidan bordi ( 20.4 -rasm, v va g}, Hozirgi qozonlarda ularning soni bittaga keltirilgan (20.4-rasm, d). Bir barabanli sistemaga o’tish yuqori bosim sharoitida ishlaydigan metall sarfini kamaytirishga imkon berdi. Ekranlangan vertikal suv-trubali qozonlarning yaratilishi qozon
20.4-rasm. Vertikal suv trubali qozonlarning takomillashib borish sxemasi agregatlari konstruksiyasini takomillashtirishga qaratilgan tadbirlardan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |