Nazorat savollari.
1. Klassitsizm oqimi qaysi asrlarda vujudga keldi?
2. «Vena klassik maktabi» deganda nima tushuniladi?
3. Klassitsizm davrida musiqa san’atida qanday yangiliklar paydo bo’ldi.
Topshiriqlar.
1.Mahruza matni asosida konspekt yozing.
2. Sonata-simfonik turkum shaklini tuzilishini yod oling.
Adabiyotlar.
1B.Levik. Muzikalnaya literatura zarubejnix stran. Vipusk 2. M. 1779.
2.Muzikalno entsiklopedicheskiy slovar. M.1990.
Mavzu: Simfonik orkestr va uning cholg’u sozlari.
Reja:
1.Simfonik orkestr hakida.
2.Simfonik orkestrning tarkibi.
3.Simfonik orkestrning cholg’u sozlari.
Bayoni:
Simfonik orkestr musiqa san’atida nihoyatda muhim rol o’ynaydi. Chunki u cheklanmagan badiiy imkoniyatlarga ega. Simfonik orkestr atrof olamning turli xil obrazlarini ifodalab berish imkoniyatiga ega. Orkestr-turli cholg’u sozlarida chaluvchi katta ijrochilar jamoasidir. Cholg’u sozlarining tanlanishiga qarab orkestrning turini aniqlash mumkin. Simfonik orkestrdan tashqari xalq cholg’u sozlari orkestri, damli sozlar orkestri, kamer orkestri, estrada orkestri va jaz orkestrlari mavjud. Lekin ularning badiiy ifoda imkoniyatlari simfonik orkestrnikiga qaraganda ancha kichik.
Simfonik orkestr uchun musiqa san’atining durdona asarlari -- simfoniyalar, simfonik poemalar, syuitalar, uvertyuralar yaratilgan va yaratilmokda. Usiz opera va balet teatrlari faoliyat ko’rsatolmaydi. Simfonik orkestr ijrosi kinofilmlar va dramatik spektakllarda ham doim qo’llanadi.
Klassik simfonik orkestrning tarkibi XVIII-asrda shakllandi. Ungacha bu soxada tartib bo’lmagan. Cholg’u sozlarning aniq soni belgilanmagan. Har bir kompozitor o’zi hoxlagan tarkib uchun asarlar yozavergan. Faqat XVIII-asrning o’rtalarida mashhur avstriyalik kompozitor Iosif Gaydn simfonik orkestrning aniq tarkibini ishlab chikdi va bu narsa klassitsizm davrida sodir bo’lgan muhim yangiliklardan biri bo’ldi.
Simfonik orkestrning har bir cholg’u sozi o’zining ifoda xususiyatlariga ega bo’lib, bu xususiyatlar sozning tuzilishi, tovush chiqarish uslubi va sozning qanday materialdan yasalganiga bog’liq. Har bir cholg’u sozining ovozi inson ovozi kabi o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, uni turli xil ranglarga qiyoslash mumkin. Bu xususiyat ovoz tembri deb ataladi va musiqiy obrazni ifodalashda tembr muhim rol o’ynaydi. Gaydn cholg’u sozlarining tuzilishi,yasalgan materiali va tovush chiqarishdagi o’xshashliklarga qarab ularni to’rt guruhga ajratdi va hozirgi kungacha orkestrning to’rt guruhli tarkibi qo’llanib kelmokda. Guruhlar nomi quydagicha:
1.Torli kamonli sozlar guruhi.
2.Yog’ochdan ishlangan damli sozlar guruhi.
3.Misdan ishlangan damli sozlar guruhi.
4.Zarbli sozlar guruhi.
Do'stlaringiz bilan baham: |