Xoral prelyudiyalari.
Bax ijodiy yuli davomida yaratgan 150 dan ortiq xoral prelyudiyalari kompozitor organ ijodining muhim bir tomonidir. Xoral prelyudiyalarining ko’pchiligi qisqa asarlar bo’lib musiqa asosan lirik xarakterda. Lirik obrazlarni ko’rsatishga ko’proq e’tibor bergan holda kompozitor quvnoq kayfiyatdagi prelyudiyalarni ham yozgan. Xoral - nemis xalq kuylari asosida yaratilgan diniy qo’shiqlar bo’lib to’rt ovozda kuylanar edi. Protestant xorallari bunga misoldir. Xalq qo’shiq va kuylari asosida yozilgan xorallarning cherkovda ijro etilishi xalq kuylaridagi go’zallik va yorqinlik xususiyatlarini pasaytirdi. Bax o’z xoral prelyudiyalari bilan bu kuylarga avvalgi go’zallik va ifodalilik sifatlarini qaytardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |