Tilning kelib chiqishi masalasini ilmiy jihatdan hal qilishga urinish qadimgi yunon faylasuflarining bilish nazariyalari bilan bog‘liq. Platon «til tabiiy suratda kelib chiqqan» deb da’vat qilsa, Demokrit «o‘zaro aloqa qilish uchun tilni odamlarning o‘zlari yaratgan, u xudoningmas, balki odamlar irodasining mahsulidir» degan nazariyani ilgari suradi. Til va tafakkur bir-biri bilan chambarchas bog‘liq, tilsiz tafakkur bo‘lmaydi, ular o‘zlarining yuzaga kelishida ham, rivojlanishida ham bir-biridan ajralmasdir. Barcha xalqlarning ma’naviy boyligi, aql-idroki, tafakkuri, tarixi va madaniyati uning tilida, urf-odatlarida va ruhiyatida o‘z ifodasini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |