Shuni takidlash joyizki, G'arb va Sharq san'ati o'rtasidagi tafovut san'at sintezida tub o’zgarishlarga sabab bo’ldi



Download 17,41 Kb.
Sana18.07.2022
Hajmi17,41 Kb.
#822937
Bog'liq
3.2 охири учун


Shuni takidlash joyizki, G'arb va Sharq san'ati o'rtasidagi tafovut san'at sintezida tub o’zgarishlarga sabab bo’ldi. Bu diniy sabablarga ko'ra emas, Gʻarbning zamonaviy madaniyatidan (IX—XII asrlar) oldinda boʻlgan arab xalifaligi mamlakatlarida feodal savdo va hunarmandchilik shaharlarining gullab-yashnashi natijasida, soʻngra feodalizmning yemirilishi va G'arbdagi burjua inqiloblari (XV-XIII asrlar) gʻalaba qozonishi natijasida edi. Shundan so'ng, Yaqin Sharq mamlakatlarida san'atning rivojlanishi G'arbiy Evropa san'atining shiddatli oqimidan tobora uzoqlashib, sekin sur'atlar bilan davom etdi. Sharqda esa geometrik va oʻsimliksimon uslub ustunlik qilgan. U barcha me’morchilik va hunarmandchilik san’atini qamrab olgan edi. Qadimgi san'atning asosi bo'lgan yorug'lik-soya hajmi tekis relyefga aylantirildi1. Bino va inshootlar markazi turli shaklda bo’lib, ular asosan - kub, silindr, prizma shaklida, silliq, qirrali, dumaloq, konussimon va sferokonik qoplamali tekis yoki qirrali barabanlarda yoki ularsiz, gumbazli qismga mohirona o’tishni ta'minlaydigan konstruktiv yechim edi. Turli xil gumbazli tizimlar yaratilgan bo’lib, ularning eng murakkab birikmasi stalaktitlar edi2.
Yangi me’morchilikning zamonaviy texnik jihozlari bilan erishgan muvaffaqiyatlari ba'zi rassomlar tomonidan butun tasviriy san'atni abstraktsionizmga burish sifatida qabul qilindi. Moskva, Boku va Toshkent ko'chalari va maydonlarida alyuminiy va temir-betondan yasalgan figuralarining paydo bo'lishi G'arbiy Yevropa abstraktsionizmiga ko'r-ko'rona taqlid qilishdan o’zga narsa emas edi. Bu holat rangtasvir va haykaltaroshlikda ham kuzatildi. Va bu hodisaning oqimi rassomning ranglarning yangi uyg'unligi bilan ish olib borishi va shakllarni umumlashtirishi emas, balki badiiy asarlarda mazmun yo'qolishi, g'oyaviy ma’no sustlashishi, realizmning mavhum va ma'nosiz taqlid bilan almashtirilishida kuzatilar edi.
San'atning yangi sintezi dastgohli rangtasvirning rivojlanishi bilan birga ma’naviy va moddiy muhitni to'liq izdan chiqaradi. Bu nafaqat me’morchilik, balki doimiy ishlatiladigan jihozlarga ham tegishli edi. Mashinalashtirish insonda tabiiy shakllarning go'zalligi tuyg'usini butkul yo’q qilib yuboradi. Mahorat bilan bajarilgan yog’och o’ymakorligi namunalari o’rniga yuqori harorat orqali yo’g’ochga ishlo’v berish jarayoni bilan almashtirildi. Bu usul yangi va zamonaviy bo’lib, uzoq yillar hizmat qilishi mumkin, ammo bu milliy yog'och o'ymakorligi san'atini yo'q qilishi kerak deganimi? Aslo yo'q, buyumning go'zalligi hom ashyo yoki texnologiyaning yangiligi bilan emas, balki uning mazmuni va sifati bilan qadrlanadi. Shu bilan birga, o’tmishda egar va ot aravalarni bezash uchun mo'ljallangan bezaklar bilan mashinani pardozlash mumkin emas. San'atning zamonaviy sintezi deganda, san'atning alohida turlari o'rtasidagi o'zaro ta'sir tizimi sifatida tushunish kerak, unda mavhum abstraktizm yoki soxta muzey o'tmishi uchun joy yo'q. San'atning sintezi hayotning real sharoitlariga mos kelishi, bu shart-sharoitlar esa kundan-kunga rivojlanib, o‘zgarib, o‘z oldiga yanada yangi maqsad va vazifalarni qo‘yishi kerak3.


1 Нильсен В. А. Архитектура Средней Азии. V - VIII вв. - Ташкент: Фан, 1966 г. - 127 с.

2 Засыпкин Б.Н. Архитектура Средней Азии. – М.: Академия архитектуры СССР, 1948 г. – 39 с.

3 Ремпель Л.И. Искусство зодчих Узбекистана // Проблемы синтеза искусств в художественной культуре народов Средней Азии. – Ташкент: Наука, 1965 г. – Вып. 3 – 19 с.

Download 17,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish