Shunchaki testlar.
1. Quyidagilardan qaysi biri jism?
A) Temir B) Mis C) Pichoq D) Tuz
2. Quyidagilardan qaysi birlari modda?
1) qoshiq 2) shakar 3) bo’r
4) suv 5) shtativ 6) shisha
A) 1,2,4,6 B) 2,3,4,6 C) 4,5 D) 2,4,6
3. Quyidagi qaysi o’zgarish noto’g’ri bajarilgan?
A) 2,45 g = 2,45∙103 mg B) 2 mm = 2·10-3 m
C) 2,5 dm3 = 250 ml D) 37°C = 310°K
4. Quyidagi qaysi qisqartirish noto’g’ri amalga oshirilgan?
A) 1,358 → 1,36 B) 1,657 → 1,66
C) 18,45 → 18 D) 0,0786 → 0,079
5. O’zgarishlardan qaysilari to’g’ri amalga oshirilgan?
I. 0,0021 = 2,1∙10 -3 II. 1,82∙10 -4 = 0,00182
III. 0,035∙108 = 3,5∙106 IV. 2,61∙104 = 26100
A) I,II,III B) I,II,IV C) I,III,IV D) I,II,III,IV
6. Kimyoviy toza bo’lgan moddani aniqlang.
A) olmos B) dengiz suvi C) generator gazi D) benzin
7. Quyidagilardan kimyoviy toza moddalarni belgilang.
A) bronza B) tabiiy gaz C) havo D) soda
8. Qanday yo‘l bilan osh tuzi eritmasidan tuzni ajratib olish mumkin?
A) Filtrlash yo‘li bilan B) Bug‘latish yo‘li bilan
C) Magnit yordamida D) Ajratish voronkasi bilan
9. Moddalarni qattiq holatdan suyuqlanmasdan bug‘ holatiga o‘tib ketish hodisasiga ...................... deyiladi.
A) kondensatlanish B) sublimatlanish
C) dissosiyalanish D) konveksiyalanish
10. Sublimatsiya xossasiga ega bo’lgan birikmalarni ko`rsating.
I – Iod kristallari II – Muz
III – CO2 (qattiq) IV – Osh tuzi
A) I, II B) II, III C) I, III D) II, IV
11. Quyida moddalarning suyuqlanish va qaynash temperatura-lari berilgan. Unga ko'ra xona temperaturasida ( 20oC ) qaysi modda qanday agregat holatida bo’ladi?
Modda
|
s.t. (°C)
|
q.t. (oC)
|
A
|
- 160
|
- 10
|
B
|
35
|
130
|
C
|
10
|
90
|
A) A qattiq, B suyuq, C gaz B) A gaz, B suyuq, C qattiq
C) A gaz, B qattiq, C suyuq D) A gaz, B va C suyuq
12. Suyuq holatdagi moddalar .............. .
A) molekulalari zich, hususiy hajmga ega, lekin shakli yo’q, bolg’alanadi, turg’un
B) molekulalari zich, hususiy hajmga ega, lekin shakli yo’q, bolg’alanmaydi va siqilmaydi, oquvchan
C) molekulalari zich, hususiy hajmga va shaklga ega, bolg’alanadi, turg’un
D) molekulalari siyrak, hususiy hajmi va shakli yo’q, siqiladi, uchuvchan
13. Qaysi hususiyat gazlarga taalluqli emas?
A) molekulalari orasidagi masofa katta
B) bolg’alanmaydi, lekin siqilishi mumkin
C) hajmi umuman yo’q
D) molekulalari siyrak, tartibsiz
14. 750 ml.li plastik idishdagi “MIRA” – kungaboqar moyi massasini aniqlang. (p = 0,86 g∙sm-3)
A) 645 B) 750 C) 800 D) 872
15. 224,6 g massali silindrga 40 ml suyuqlik quyilgandan keyin uning massasi 256,2 g keldi. Suyuqlikning zichligini toping. (zichlikni topish formulasi - ρ = massa / hajm )
A) 1,26 g/ml B) 0,79 g/ml C) 0,72 g/ml D) 0,95 ml
16. Quyidagilardan fizikaviy hodisani aniqlang.
A) sutdan qatiq olish B) shamning yonishi
C) muzning erishi D) temirning zanglashi
17. Quyidagilardan kimyoviy hodisani aniqlang.
A) havodan kislorod olish B) temirning zanglashi
C) qalayning suyuqlanishi D) shamning erishi
18. Quyidagilardan qaysilari fizikaviy jarayon hisoblanadi.
1) sumalakning erishi.
2) sumalak pishirish.
3) temirning zanglashi.
4) kisloroddan ozon olish
5) havoni suyultirib kislorod olish.
6) suvni elektrolizidan kislorod olish
A) 1,3,5 B) 2,4,6 C) 1,5 D) 1,2,5,6
19. Quyidagi jarayonlardan kimyoviy hodisani aniqlang.
1) oltingugurtni suyuqlanishi.
2) oltingugurtning yonishi.
3) shisha pishirish.
4) shishani maydalash.
5) shakarning erishi.
6) shakarning ko‘mirlanishi.
A) 1-2-3 B) 2-4-5 C) 1-4-5 D) 2-3-6
20. Quyidagilardan qaysilari kimyoviy jarayon?
1) qo`rg`oshining suyuqlanishi
2) temirning xlorlanishi
3) kalsiy karbonatning parchalanishi
4) kislotadan vodorodning siqib chiqarilishi
5) iodning sublimatlanishi
6) osh tuzining suvda erishi
A) 2,3,4 B) 2,3,4,6 C) 1,2,3,4 D) 3,4,5,6
21. Quyidagilardan qaysilari fizikaviy jarayon?
a. muzning erishi
b. magniyning xlorlanishi
c. sutning achishi
d. naftalinning sublimatlanishi
e. metanning yonishi
A) a,d B) b,c,e C) a,c,d D) faqat a
22. Atomning tarkibini ifoda qiladigan to’laroq ta’rifini ko’rsating.
A) kimyoviy moddaning barcha xossalarini o’zida saqlovchi eng kichik zarracha.
B) Musbat zaryadli yadro va uning atrofida aylanuvchi elektronlardan iborat elektroneytral zarracha.
C) Kimyoviy jihatdan bo`linmaydigan eng kichik zarracha.
D) Yadro zaryadi bir xil bo`lgan atomlar to`plami
23. Molekula – bu …..
A) Kimyoviy jihatdan bo`linmaydigan eng kichik zarracha.
B) Musbat zaryadli yadro, manfiy zaryadli elektronlardan iborat.
C) Moddaning barcha kimyoviy hossalarini o`zida saqlovchi eng kichik zarracha.
D) Turli kimyoviy element atomlaridan tuzilgan modda.
24. Molekula to’g’risidagi noto’g’ri fikrni aniqlang.
A) Molekula atomlardan iborat
B) Molekulalar fizikaviy jarayonlarda o’zgarmay qoladi
C) Molekulalar doimo harakatda bo’ladi
D) Molekulalar kimyoviy hodisalarda o’zgarmay qoladi
25. Atom-molekulyar ta’limotga mos ta’riflarni aniqlang.
1) barcha moddalar molekulalardan iborat bo’lib, ular to’xtovsiz harakatda bo’ladi.
2) molekulalar esa atomlardan iborat, atomlar harakatsiz bo’ladi.
3) oddiy moddalar molekulalari bir kimyoviy element atomlaridan, murakkab moddalarning molekulalari esa turli kimyoviy element atomlaridan tashkil topadi.
4) molekulalar o’rtasida o’zaro tortishish va itarilish kuchlari mavjud.
5) kimyoviy reaksiyalar paytida molekulalar saqlanmaydi, lekin ularni tashkil qilgan atomlar saqlanib qoladi
A) 1,3,4 B) 1,2,4 C) 1,3,4,5 D) 2,3,4,5
26. Quyidagilardan xato ma’lumotlarni toping.
1) fizikaviy hodisalar paytida molekulalar saqlanib qoladi, kimyoviy hodisalar paytida esa ularning o’rnida yangi moddalar hosil bo’ladi.
2) Molekulalar to’xtovsiz harakatda bo’ladi, ularning harakat tezligi temperatura ko’tarilishi bilan kamayadi.
3) modda molekulalari orasida ma’lum masofa bo’lib, uning o’lchami moddaning agregat holatiga bog’liq bo’ladi.
4) qattiq moddalarda molekulalarning o’zaro tortilishi kuchi gazlardagiga ko’ra kuchsiz.
5) bir turdagi atomlar boshqa turdagi atomlardan massasi va xossalari jihatidan farq qiladi.
A) 1,3,5 B) 2,3,5 C) 1,3,4,5 D) 2,3,4,5
27. Faqat kimyoviy elementlar berilgan qatorni aniqlang.
A) uglerod, olmos, azot, ozon
B) azot, ozon, vodorod, kislorod
C) ozon, kislorod, olmos, vodorod
D) uglerod, kislorod, vodorod, azot
28. Metallmaslar berilgan qatorni ko’rsating.
A) azot, oltin, vodorod, kislorod
B) uglerod, oltingugurt, brom, selen
C) osmiy, kislorod, vodorod, ftor
D) xrom, mis, temir, aluminiy
29. Qaysi qatorda aktiv metallar berilgan?
A) Cu, Hg, Ag, Pt, Au
B) Fe, Co, Ni, Sn, Pb
C) Mg, Ca, Sr, Ba, K
D) K, Li, Fr, Cs, Ra
30. Passiv metallni aniqlang.
A) rux B) qalay C) simob D) qo’rg’oshin
31. Oddiy moddalar berilgan qatorni aniqlang.
A) ozon, olmos, karbid, grafit, generator gazi
B) malaxit, azot, vodorod, xlor, suv gazi
C) fullerin, temir, argon, lantan, qaldiroq gaz
D) berilliy, ksenon, bo‘r, oq fosfor, sintez gaz
32. Oddiy moddalarni ko`rsating.
1) ozon 2) suv 3) olmos
4) silan 5) grafit 6) karbid
7) oq fosfor 8) qizil fosfor 9) fosfin
A) 2,4,6,9 B) 1,3,4,6,7 C) 1,2,4,5,9 D) 1,3,5,7,8
33. Quyidagilardan qaysi birida allatropiya hodisasi kuzatilmaydi?
A) vodorod B) kislorod C) fosfor D) oltingugurt
34. Allotropik shakl o`zgarishlarga ega bo`lmagan moddani aniqlang.
A) qalay B) surma C) uglerod D) ftor
35. Allotropik shakl o`zgarishlariga ega bo`lgan to’rtinchi guruh elementini aniqlang.
A) uglerod B) fosfor C) kremniy D) azot
36. Fosforning qaysi modifikatsiyasi grafitga o’xshaydi?
A) oq B) qizil C) qora D) binafsha
37. Tarkibida allotropik shakl o`zgarishli elementlar bo`lgan moddalarni toping.
1) N2H4 2) KBr 3) FeS2 4) LiF
5) CH4 6) HNO3 7) SnCl4 8) Fr2Se
A) 2,4,5,7 B) 1,3,4,6,8 C) 3,5,6,7,8 D) 1,3,5,7,8
38. Quyidagi ma’lumotlarni mantiqan mos ravishda keltiring.
1) Allotropiya – bir kimyoviy elementning turli oddiy moddalar hosil qilish hodisasi
2) oddiy moddalar soni elementlarning sonidan ko’p
3) kisorod, uglerod, fosfor, oltingugurt va boshqa ba’zi elementlarda allotropiya hosisasi kuzatiladi
4) bunga allotropiya hodisasi sababchi.
A) 1-2-4-3 B) 2-4-3-1 C) 1-3-4-2 D) 2-4-1-3
39. Quyidagilardan qaysi biri oddiy moddaga tegishli emas?
A) yadro zaryadi B) hid C) zichlik D) ta’m
40. Kimyoviy elementga tegishli bo’lgan xossalarni toping.
1) zichlik 2) rang 3) izotoplar
4) qaynash va suyuqlanish temperaturasi
5) elektron qobiq 6) yadro zaryadi
A) 2,3,6 B) 1,2,4 C) 1,5,6 D) 3,5,6
41. Quyidagilardan qaysi birida oddiy modda haqida so’z boradi?
A) sulfat kislota tarkibida kislorod bor
B) baliqlar suvda erigan kislorod bilan nafas oladi
C) qon tarkibidagi temir kislorod tashish uchun xizmat qiladi
D) Magniy xlorofill tarkibiga kirib fotosintezda qatnashadi
42. Quyidagilardan qaysilari oddiy moddaga tegishli?
1) kalsiy odam tanasining 2% qismini tashkil qiladi
2) fosfor o’z - o’zidan shu’la chiqarish xossasiga ega
3) vodorodning uchta izotopi bor – protiy, deyteriy va tritiy
4) kislorodning ikkita allotropik ko’rinishi mavjud.
5) kulrang selen fotoelement sifatida ishlatiladi.
A) 1,3,5 B) 2,4 C) 2,4,5 D) 2,5
43. Qaysi hollarda kimyoviy element haqida gap boradi?
1) havo tarkibida azot bor
2) dengiz suvi qaynatilganda kislorod ajralib chiqadi
3) bertole tuzi tarkibida xlor bor
4) temir xlorda yonganda FeCl3 hosil bo’ladi.
5) uchta kisloroddan ikkita ozon hosil bo`ladi.
6) alyuminiy odatda +3 oksidlanish darjali bo’ladi, lekin u 150oC dan yuqori temperaturada ftor bilan +1 oksidlanish daraja hosil qiladi.
A) 1,2 B) 2,3 C) 3,6 D) 4,5
Do'stlaringiz bilan baham: |