Shu kunga qadar Nokia telefonlaridan tortib Samsung smartfonlari va iPhone'larning mobil olamda tub burilishlar yasaganiga guvoh bo‘lib kelmoqdamiz.
Ayni damda yangi brendlar ham texnologiya olamida sahnaga chiqayotganini rad etib bo‘lmaydi. Ularning ba’zilari mashhurlik cho‘qqisiga ham erishib ulgurdi.
Mana shunday kompaniyalardan biri Xiaomi'ning qisqa muddat ichida bunchalik tez ommalashib ketishiga asosiy sabab kompaniya mahsulotlarining hamyonbop narxi bo‘lsa-da, boshqa omillar ham bu borada o‘ziga xos ahamiyatga ega.
Quyida Xiaomi kompaniyasi haqida siz bilmagan, deb o‘ylaganimiz 10 ta jihatni keltirib o‘tamiz. Ushbu maqolani Xiaomi'ingizdan o‘qiyotgan bo‘lsangiz ham ajab emas.
1. Nomi
So‘zma-so‘z tarjima qilganda, “Xiaomi“ so‘zi “tariq“ va “guruch“ maʼnolarini anglatib, buddizm diniga ishora qiladi. E’tiqodga ko‘ra, bu kompaniya yuqori cho‘qqilarni zabt etishdan oldin harakatni kichik marralardan boshlashini ko‘rsatadi.
“Mi“ so‘zi, shuningdek, inglizcha “Mission Impossible“, ya’ni “Imkonsiz missiya“ jumlasining qisqartmasi hamdir. Bu esa kompaniyadagilar o‘tib bo‘lmas to‘siqlarni ham bosib o‘tganligi ramzi bo‘lib xizmat qiladi.
2. “Xitoycha Apple“
"Xitoycha Apple" deya "taxallus" olgan Xiaomi smartfonlari nafis, oddiy va minimalligi bilan iPhone'ni eslatadi. Bundan tashqari, amerikaliklar Apple'ga qanchalik sodiq bo‘lishsa, xitoyliklar ham Xiaomi'ga xuddi shunday munosabatda bo‘lishadi. Shuningdek, Huawei'ning hozirgi “qora kunlari“ sabab kompaniya omad cho‘qqisida har galgidan ko‘ra tezroq yuksalib borayotir.
3. Ramzi
Xiaomi'ning ramzi Mitu laqabli quyonchadir. Mitu har doim qizil yulduzchali ushanka (bosh kiyim turi) va qizil sharf kiyib yuradi. Yoqitmtoy-a?!
4. Joylardagi do‘konlarning yo‘qligi
Xiaomi Xitoy va yaqindan buyon Singapurdan boshqa hech qaysi davlatda o‘zining joylardagi do‘koniga ega emas. Kompaniya o‘z mahsulotlarini, asosan, onlayn ravishda sotmoqda, bu tovarlar narxini arzon ushlab turishda asosiy omillardandir.
5. Reklamalarning yo‘qligi
Xiaomi reklamalardan umuman foydalanmaydi. Kino yoki televizorda yulduzlar kompaniyani reklama qilib, uning telefonlaridan foydalanayotganini ko‘rganmisiz? Bu jihat ham "xitoycha Apple" qanday qilib hozirgi mashhurlik darajasiga erishganligi haqida o‘ylanishga undaydi.
6. Gennisning rekordlar kitobi
Xiaomi'ning Mi 3 smartfoni ikki soniya ichida 15 ming dona sotilgan. Ikkki soniya ichida! Bundan tashqari, namoyish qilingan paytda Mi 3 butun dunyodagi eng tezkor smartdon deya e’tirof etilgan.
Shunday qilib, 2014 yilda Xiaomi'dagilar atigi bir sutka ichida 2,1 million dona Mi 3 sotish bilan Gennisning rekordlar kitobiga kirgan.
7. Google'chilar
Kompaniyaning eng yuqori lavozimidagi har to‘qqizta xodimning uchtasi sobiq Google ishchisidir. Xiaomi muvaffaqiyatining katta qismi ular sabablidir, deyish mubolag‘a emas.
8. Go‘zallashtiruvchi kamera
Selfi olmoqchimisiz? Marhamat, Xiaomi xizmatingizda! Gap-so‘zlarga qaraganda, Xiaomi smartfonlarining kamerasida selfilarni go‘zallashtiruvchi ichki texnologiya mavjud. Biroq bu ma’lumot rasman tasdiqlanmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |