Shu bilan birga, ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, o‘limga olib kelgan huquqbuzarliklar soni hali ham yuqoriligicha qolmoqda o‘rtacha 100 ming kishiga 8,3 holat



Download 278,91 Kb.
bet2/9
Sana03.08.2021
Hajmi278,91 Kb.
#137068
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
yBQ25rMfsid4R5gYx3l8

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro etish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalarini videoregistratorlar bilan jihozlash yuzasidan qator choralar ko‘rish, Toshkent shahrida to‘plangan tajribani hisobga olib, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish uchun mazkur tajribani qo‘llash bo‘yicha normativ tartib belgilash.

Quyidagilarni hisobga olgan holda Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish:

jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalariga o‘rnatilgan videoregistratorlardan sodir etilgan huquqbuzarliklar holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni tezlik bilan to‘plovchi markazlashtirilgan tizimni joriy etish;

elektron tizimga kelib tushayotgan videoyozuvlar bo‘yicha tizimli monitoring yuritish va protsessual harakatlarni amalga oshirish uchun ularni ichki ishlar organlariga yuborish;

videoregistratorlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ko‘rish;

jamoat transporti va yo‘lovchilarni tashuvchi transport vositalari uchun videoregistratorlar o‘rnatish bo‘yicha majburiy tartibni joriy etish;

sud tomonidan huquqbuzarlik belgilangan tartibda tasdiqlanganda, tizimga videomateriallar taqdim etadigan fuqarolarni rag‘batlantirish mexanizmlarini aniqlash;

tizimga videomateriallar taqdim etadigan fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari anonimligini ta’minlash.


2018-yil avgust

IIV, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

2.

Yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yo‘l harakati ishtirokchilarining javobgarligini kuchaytirish.

Quyidagilarni nazarda tutadigan qonun loyihasini tayyorlash:

“yo‘lda bezorilik”, shu jumladan transport vositasini boshqarish madaniyatiga uzluksiz rioya etmaslik, qayrilish signali bilan ogohlantirmay, egallab turgan harakatlanish polosasini keskin o‘zgartirgancha avtomobilni agressiv boshqarishda, baland ovozli signaldan zarurat bo‘lmasada, asossiz foydalanishda va boshqa holatlar bilan ifodalanadigan bila turib qasddan sodir etilgan xatti-harakatlar uchun ma’muriy javobgarlikni joriy etish;

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik, jumladan, transport vositasini mast holatda boshqarganlik uchun, shu jumladan mazkur huquqbuzarlik uchun ma’muriy qamoq tarzidagi jazo qo‘llanilishini nazarda tutgan holda ma’muriy javobgarlikni kuchaytirish;

DYHXX xodimlarining transport vositasini to‘xtatish bo‘yicha qonuniy talablarini bajarmaganlik uchun ma’muriy javobgarlikni kuchaytirish;

yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan joyni tark etganlik uchun ma’muriy javobgarlikni va xavf ostida qoldirganlik uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirish;

yo‘l-transport hodisasi ishtirokchilari bo‘lgan va DYHXX ruxsatisiz transport vositalarini ta’mirlab olgan shaxslarning javobgarligini belgilash.



2018-yil dekabr

IIV, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

3.

Ilg‘or xorij tajribasini (XXR, Gruziya, GFR, Buyuk Britaniya, Fransiya, Avstriya va boshqa davlatlar) hisobga olib, haydovchilarni javobgarlikka tortadigan va rag‘batlantiradigan zamonaviy balli tizimni joriy etish.

Quyidagilarni nazarda tutadigan ball to‘plab borish tizimini joriy etishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash:

har yili haydovchilik guvohnomasiga 12 ball yozish. Bu ballar qoidabuzarlik turiga qarab kamayib boradi (ya’ni, agar haydovchining qoida buzishi 12 ballga yetsa, u haydovchilik huquqidan mahrum etiladi);

ball tizimini qo‘llashda differensial yondashuv (ya’ni, jarima ballari Yo‘l harakati qoidalari qanchalik og‘ir buzilganligiga qarab belgilanadi);

muayyan vaqt ichida Yo‘l harakati qoidalarini buzmagan haydovchilarni rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish.



2019-yil fevral

IIV, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

4.

Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashning shartnoma-huquqiy asoslarini joriy etish.

Ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan obyektlarda va fuqarolar ommaviy to‘planadigan joylarda yo‘l xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha xizmatlar shartnoma-huquq asosida ko‘rsatilishini nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash.

2018-yil dekabr

IIV, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi

5.

Piyodalarni Yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun javobgarlikka tortishning huquqiy mexanizmini takomillashtirish.

Quyidagilarni nazarda tutadigan tartibni ishlab chiqish va tasdiqlash:

Yo‘l harakati qoidalarini buzgan piyodalarning shaxsini axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda aniqlash tartibini ichki ishlar organlarining amaliyotiga joriy etish;

yo‘lovchilar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishi to‘g‘risida elektron bayonnomalarni rasmiylashtirish tartibi.


2018-yil iyul

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IIV, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

6.

Avtomobil yo‘llarida transport vositalarini to‘xtatish va maxsus tadbirlar o‘tkazish uchun tartibni va asoslarni takomillashtirish.

Transport vositalarini to‘xtatish va avtomobil yo‘llarida maxsus tadbirlarni o‘tkazish tartibini tanqidiy tahlil qilish asosida qayta ko‘rib chiqish. Unda quyidagilarni nazarda tutish:

ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan transport vositalarini to‘xtatish tartibining talablarini va shartlarini aniq belgilab qo‘yish;

avtomobil yo‘llarida maxsus tadbirlar o‘tkazish tartibini takomillashtirish, mazkur tadbirlar subyektlarining funksiyalari va vakolatlarini taqsimlash hamda avtomobil yo‘llarida xizmatni yashirin olib borish usullarini taqiqlash.


2018-yil avgust

IIV, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

7.

“Xavfsiz shahar” loyihasini hisobga olgan holda yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning normativ mexanizmini joriy etish.

1. Quyidagilar yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni bajarish:

yo‘l-patrul xizmati inspektorlarini ma’lumotlarni o‘tkazish va qayta ishlashning zamonaviy mobil elektron vositalari bilan ta’minlash;

yo‘l harakati sohasidagi ma’muriy huquqbuzarliklar holatlarini ro‘yxatga olishning markazlashgan elektron tizimini takomillashtirish;

yo‘l harakati sohasidagi ma’muriy huquqbuzarliklarning ayrim turlari bo‘yicha materiallarni rasmiylashtirish va ko‘rib chiqishning elektron tizimini joriy etish;

qidiruvga berilgan shaxslar va transport vositalarini aniqlovchi apparat-dasturiy kompleksini ishlab chiqish hamda DYHXX faoliyatiga joriy etish, shuningdek,, transport vositalari egalari tomonidan fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha majburiyatning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash uchun;

operativ va maxsus xizmatlar yo‘l-transport hodisasi yuz bergan joyga o‘z vaqtida yetib borishi uchun ularning transportvositalarini o‘tkazib yuborish maqsadida yo‘l chorrahalarini boshqarishning avtomatik tizimini ishlab chiqish.

2. Transport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda va qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda, shuningdek,, transport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazganlik to‘g‘risidagi haydovchilik guvohnomalari va shahodatnomalarini almashtirishda fuqarolar arizalarini rasmiylashtirishning elektron tizimini yaratish bo‘yicha takliflar kiritish.


2018-yil oktyabr

2018-yil


dekabr

bosqichma-bosqich

(“Xavfsiz shahar” ADK doirasida)

2018-yil dekabr

2018-yil noyabr


IIV, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi

8.

Yo‘l harakati qoidalarini takomillashtirish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni nazarda tutish.

Vazirlar Mahkamasining quyidagilarni nazarda tutadigan qarori loyihasini ishlab chiqish:

svetoforning taqiqlovchi signali yonib turganda o‘ngga burilishga ruxsat beradigan yo‘l belgilari va ishoralarini joriy etish;

avtotransport vositalarida bolalarni ushlab turadigan qurilmalardan foydalanish, shuningdek,, ularni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha talablar o‘rnatish;

yo‘l belgilarini, shu jumladan radarlar borligidan xabardor qiluvchi yo‘l belgilarini zamonaviy xalqaro tajribani hisobga olgan holda yangilash;

viloyatlar hokimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qarorlari bilan yo‘l uchastkalarida ularning xususiyatlarini hisobga olib, tezlik rejimini o‘rnatish;

kun yorug‘ bo‘lgan vaqtda oldinda ketayotgan transport vositasini yaxshiroq ko‘rish maqsadida yengil va yuk transport vositalari uchun kunduzgi signal chiroqlaridan majburiy tarzda foydalanish bo‘yicha talab belgilash (2011-yildagi 87-son BMT YIK qoidalari talablari).



2018-yil dekabr

IIV, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Avtomobil transporti agentligi,

Moliya vazirligi, Adliya vazirligi,

QR Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari,

manfaatdor vazirliklar va idoralar



9.

DYHXX faoliyatini tashkil etish samaradorligini, shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlarga bo‘lish prinsipiga muvofiq yo‘l-patrul xizmati kuchlari va vositalarini taqsimlash orqali oshirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish.

Quyidagilarni nazarda tutadigan idoraviy hujjat qabul qilish:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar DYHXX bo‘linmalarini tegishli sektorlarga xizmat ko‘rsatuvchi yo‘l-patrul xizmatining to‘rtta otryadiga qayta taqsimlash, ularning ushbu uchastka doirasida muntazam joylashuvini va ushbu hududda yo‘l harakati xavfsizligi holati uchun javobgarlikni nazarda tutish;

YPX otryadlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi shtab punktini joylashtirish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar darajasida har bir sektorda binolar ajratish, ushbu binolarni doim ishlab turishi uchun bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va jihozlashni nazarda tutish;

yo‘l-patrul xizmati qismlarining ichki ishlar tuman (shahar) boshqarmalari boshliqlariga tezkor bo‘ysunishi;

DYHXX viloyat bo‘linmalari tomonidan tahlillar va muvofiqlashtirish funksiyalarining bajarilishi, shu jumladan yo‘l-transport hodisasining oldini olish va unga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan hamkorlikni ta’minlash, DYHXX bo‘linmalarining faoliyatini tahlil qilish, rejalashtirish va tashkil etish, mavjud kuchlar va vositalarni bo‘linishning sektor prinsipiga muvofiq taqsimlash;

DYHXX otryadlarini asosan tegishli sektorlar hududida yashovchi xodimlarga va mutaxassislar bilan to‘ldirish tartibini belgilash.



2018-yil iyul

IIV

10.

Transport vositalarini majburiy tarzda texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini takomillashtirish.

Vazirlar Mahkamasining quyidagilarni nazarda tutadigan qarori loyihasini ishlab chiqish:

oxirgi uch yilda majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilmagan transport vositalarini inventarizatsiya qilish;

utilizatsiyaga topshiriladigan yoki realizatsiya qilish maqsadida qismlarga bo‘linadigan transport vositalarini DYHXX organlari hisobidan majburiy tarzda o‘chirish tartibini belgilash;

transport vositasi utilizatsiya qilishga yoki realizatsiya qilish maqsadida qismlarga bo‘lishga topshiriladigan bo‘lsa, uni majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazishga o‘z vaqtida topshirmaganlik uchun ma’muriy jarima undirish normasini chiqarib tashlash;

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini va nodavlat tashkilotlarni keng jalb qilgan holda transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi majburiyligi va muhimligini muntazam targ‘ib qilish.


2018-yil oktyabr

IIV, Avtomobil transporti agentligi, “O‘zavtosanoat”, Adliya vazirligi,

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, manfaatdor vazirliklar va idoralar



11.

Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati xodimlarining xizmat faoliyati natijalarini baholash mezonlarini ishlab chiqish va joriy etish.

Xodimlarning xizmat faoliyati natijalarini baholash tartibi va mezonlarini nazarda tutadigan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish. Unga ko‘ra:

DYHXX xodimlari huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika tadbirlarini amalga oshirish, yo‘l harakati ishtirokchilariga murojaat qilish madaniyatiga rioya qilish, biriktirilgan sektorlarda yo‘l-transport hodisalariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha erishgan natijalari asosida rag‘batlantiriladi;

DYHXX xodimlariga nisbatan yo‘l-transport hodisalarini bartaraf etish bo‘yicha kerakli chora-tadbirlarni ko‘rmaslik natijasida o‘lim bilan tugagan yo‘l-transport hodisalari sodir etilganda, shuningdek, o‘zlariga biriktirilgan sektorlar yo‘llarida transport vositalari asossiz ravishda ko‘p bo‘lganda yoki yo‘l harakati ishtirokchilariga murojaat qilish madaniyatiga rioya qilinmagan holatlar qayd etilganda choralar ko‘riladi.


2018-yil oktyabr

IIV, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

12.

DYHXX kadrlar salohiyatini mustahkamlash, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va ularga nisbatan ijtimoiy kafolatlarni hamda ilmiy-tahliliy salohiyatini kuchaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Quyidagilarni nazarda tutadigan normativ-xuquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish:

DYHXXda targ‘ibot inspektorlari sonini oshirish maqsadida YPX shtatlar sonini qayta ko‘rib chiqish va quyi bo‘linmalarda DYHXXning umumiy cheklangan shtatlar soni doirasida maxsus texnika bilan tegishli tarzda jihozlangan tashviqot bo‘limini tashkil etish;

qo‘shimcha soliq imtiyozlarini nazarda tutgan holda yuqori malakali mutaxassislarni (muxbir, operator, jurnalist va boshqa mutaxassislarni), shuningdek, mehnatga haq to‘lash miqdorini mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda belgilab, IT-mutaxassislarni DYHXXda shartnoma asosida ishga jalb qilish;

mutaxassislarni, shu jumladan shu sohaga ixtisoslashgan fuqarolik ta’lim muassasalari bitiruvchilarini DYHXX bo‘linmalarida xizmat qilishga qabul qilish;

avval DYHXX bo‘linmalarida xizmat o‘tagan va salbiy holatlar tufayli boshqa bo‘linmalarga o‘tkazilgan ichki ishlar organlari xodimlari DYHXXga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining ruxsati bilangina o‘tkazilishini nazarda tutadigan tartibni belgilash;

mutaxassislar DYHXXning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga shartnoma asosida jalb qilinishini hisobga olgan holda DYHXXning ro‘yxatdan o‘tkazish-imtihon bo‘linmalari faoliyatini takomillashtirish;

DYHXX tuzilmasida yo‘l harakati ishtirokchilariga har tomonlama yordam ko‘rsatuvchi, shu jumladan texnik, maslahat va boshqa yordam ko‘rsatuvchi (“Ezgulik patruli” singari) bo‘linmalarni tashkil etish.

2. Xalqaro tajribani (Buyuk Britaniya, Koreya, Hindiston, Bangladesh, Shri-Lanka, RF) o‘rganish asosida DYHXX qoshida yo‘l harakati xavfsizligi muammolari bilan shug‘ullanuvchi Ilmiy-tadqiqot markazini tuzish, uning zimmasiga quyidagi vazifalarni yuklash:

yo‘l-transport hodisalari sabablarini o‘rganishga doir tadqiqotlar o‘tkazilishini va muvofiqlashtirilishini tashkil etish;

yo‘l-transport hodisalarining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish;

yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi normativ-huquqiy, axborot-tahliliy va texnik tartibga solishni takomillashtirishda ishtirok etish;

yo‘l harakati xavfsizligi va uning ishtirokchilarini yo‘l-transport hodisasidan himoya qilish darajasini oshirishning huquqiy, muhandislik-texnik, axborot, tashkiliy-metodik muammolarni hal qilishga doir vazifalarni bajarish;

yo‘l-transport hodisasi sodir etilishiga ko‘maklashadigan omillarni va shart-sharoitlarni aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish, jarohat olishni bartaraf etish va kamaytirishning ustuvor yo‘nalishlarini ilmiy asoslash, DYHXX faoliyatidagi dolzarb muammolarni ishlab chiqish;

yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish va uni tatbiq etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.



2018-yil dekabr

2019-yil


mart

IIV, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

IIV, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar




Download 278,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish