Bog'liq Shtrix kod tushunchasi va uning afzalliklari
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI SIRTQI BO`LIMI «SANOAT ISHLAB CHIQARISHINI TASHKIL ETISH» KAFEDRASI MIKROIQTISODIYOT FANIDAN KURS ISHI Mavzu: Shtrix kod tushunchasi va uning afzalliklari Bajardi: 3-kurs , Iqtisodiyot yo`nalishi 379-19 guruh talabasi Azimov Shoxrruxbek
Tovarlarni kodlashtirish. ro'yxatdan o'tish tartibi
Siz supermarketlarda sotuvchining xaridor savatchisidagi mahsulotlarni birma-bir olib, ularning yorliqlaridagi oq-qora chiziqlar tushirilgan qismini, ya'ni, shtrix-kodini maxsus uskuna orqali skanerlashini ko‘p bora ko‘rgansiz. Skanerlashni tugatgach, sotuvchi kassa apparatiga bosadi va xaridorga sotib olingan mahsulotlar ro‘yxati va narxi ko‘rsatilgan chekni chiqarib beradi.
Siz supermarketlarda sotuvchining xaridor savatchisidagi mahsulotlarni birma-bir olib, ularning yorliqlaridagi oq-qora chiziqlar tushirilgan qismini, ya'ni, shtrix-kodini maxsus uskuna orqali skanerlashini ko‘p bora ko‘rgansiz. Skanerlashni tugatgach, sotuvchi kassa apparatiga bosadi va xaridorga sotib olingan mahsulotlar ro‘yxati va narxi ko‘rsatilgan chekni chiqarib beradi.
Bugungi kunda do‘kon va bozorlarda sotilayotgan mahsulotlarning aksariyati, oddiy bolalar o‘yinchoqlaridan tortib, faqat buyurtmaga tayyorlanadigan qimmatbaho samolyot detallarigacha maxsus shtrix-kodlar bilan belgilanadi. Shtrix-kodlar ham ichki, ham xalqaro bozorlarga chiqarilayotgan mahsulotlar uchun, mazkur mahsulot haqida birlamchi ma'lumotlar taqdim etadigan axborot manbasi sanaladi. Mahsulotga shtrix-kod biriktirish, demakki uni indentifikatsion raqam bilan belgilash deganidir.
Shtrix-kodni skanerlarshda faqat mahsulot narxi va miqdorini aniqlash bilan cheklanib qolinmaydi. U bir vaqtning o‘zida mazkur turdagi mahsulotning ombordagi va rastadagi qolgan qismi (qoldig‘i) bo‘yicha ham avtomatlashtirilgan nazorat yuritadi. Agar do‘kon egasi ushbu shtrix-kod skanerlash tizimini maxsus dasturlar bilan ta'minlab qo‘ysa, ushbu dasturlar do‘konda va omborda qolgan muayyan shtrix-kodli mahsulotlar haqida doimiy yangilanib boruvchi ma'lumotlar taqdim etib boradi. Zaruriyat bo‘lsa, dastur ushbu shtrix-kod asosida ta'minotchiga yoki vositachiga yangi buyurtma beradi. Shuningdek, bunday shtrix-kodlar asosida yana xaridorlarning qaysi mahsulotlarni qanday paytlarda sotib olayotgani, ko‘proq qaysi firmaning mahsuloti xaridorgir bo‘layotgani haqida ham qimmatli marketing ma'lumotlari avtomatik ravishda yig‘ib boriladi.