Kesma shrift. Kesma ostovli shrift. SHrift to‘g‘ri bo‘lib, harflar va raqamlarning barcha elementlari bir xil qalinlikka ega (0,1 – 0,2 mm). P, N, I kabi harflar kengligining balandlikka nisbati 1:2 ga teng. J, M, F, SH, Щ, Ы, YU, D kabi harflar oddiy harflardan 1,5 baravar kengroq yoziladi. a, b, e, r, u, f kabi kichik harflarning yozilishi ularning bosh harflaridan farq qiladi. b, u, r, f harflarining chiqarish chiziqlari (tirqaladigan qismi) o‘lchami qator balandligining yarmini tashkil qiladi. Harflar aylanasining radiusi uning balandligining 1/8 qismiga teng.
5 mm va undan katta o‘lchamdagi so‘zlarni yozilganda katorga harflar kengligi va oralig‘iga belgi qo‘yiladi. 5 mm dan kichik o‘lchamdagi so‘zlar yozilganda razgrafka (kog‘ozni grafalarga bo‘lib chiqmoq) xarfning kengligi va intervalga teng bo‘lgan masofada bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |