If buyrug‘ining umumiy ko‘rinishi quyidagicha:
if shart then
begin
// agar shart rost bo‘lsa,
// bajarilishi kerak bolgan buyruqlar
end
else
begin
// agar shart yolg‘on bo‘lsa,
// bajarilishi kerak bolgan buyruqlar
end;
Else buyrug‘idan oldin (end dan keyin) nuqtali vergul qo‘yilmasligiga e’tibor bering.
If buyrug‘i quyidagicha bajariladi:
1. shatning qiymatini hisoblaydi;
2. Agar shart rost bo‘lsa (True), u holda then so‘zidan keyingi (begin va end oralig‘i) buyruqlar bajariladi. Shu bilan if buyrug‘ining bajarilishi tugaydi, ya’ni else so‘zidan keyingi buyruqlar bajarilmaydi. Agar shart yolg‘on bo‘lsa (False), u holda else so‘zidan keyingi (begin va end oralig‘i) buyruqlar bajariladi.
1.4. Case buyrug‘i
Avvalgi misolda ko‘p variantli tanlash ichma-ich joylashgan ikkita if buyrug‘idan foydalanib ammalga oshirilgan. Bunday yondoshish doimo qulay emas. Ayniqsa dasturda tanlash varianti ko‘p bo‘lsa.
Delphi tilida ko‘p variantlardan tanlash uchun Case buyrug‘idan foydalaniladi. Uning umumiy ko‘rinishi quyidagicha:
Do'stlaringiz bilan baham: |