Operator
|
Izox
|
Solishtirish natijasi
|
>
|
Katta
|
Agar birinchi operand ikkinchisidan katta bo‘lsa True, aks holda False
|
<
|
Kichik
|
Agar birinchi operand ikkinchisidan kichik bo‘lsa True, aks holda False
|
=
|
Teng
|
Agar birinchi operand ikkinchisiga teng bo‘lsa True, aks holda False
|
<>
|
Teng emas
|
Agar birinchi operand ikkinchisiga teng bo‘lmasa bo‘lsa True, aks holda False
|
>=
|
Katta yoki teng
|
Agar birinchi operand ikkinchisidan katta yoki teng bo‘lsa True, aks holda False
|
<=
|
Kichik yoki teng
|
Agar birinchi operand ikkinchisidan kichik yoki teng bo‘lsa True, aks holda False
|
Quyida shartga misol keltirilgan:
Summa < 1000
Score >= HBound
Sim = Chr(13)
Shart yozayotganda shartning operandlari bir xil tipda bo‘lishiga asosiy e’tiborni berish kerak. Agar har xil tipli bo‘lsa ularni bir xil tipga keltirish kerak. Masalan, agar Key o‘zgaruvchisi integer sifatida e’lon qilingan bo‘lsa, u holda quyidagi shart xato bo‘ladi:
Key = Chr(13)
Chunki Chr funksiyasi char (belgili) tipidagi qiymatni qaytaradi.
Kompilyator noto‘g‘ri shartni topganida incompatible types xatoligini chiqaradi.
Oddiy shartlardan and (mantiqiy VA), or (nantiqiy YOKI) va not (inkor) mantiqiy operatorlaridan foydalanib murakkab shartlarni qurish mumkin.
Murakkab shartlarning umumiy ko‘rinishi quyidagicha:
shart1 operator shart2
bu yerda:
shart1 va shart2 — oddiy shartlar (mantiqiy tipdagi ifodalar);
operator — and yoki or operatori.
Masalan:
(ch >= ‘0’) and (ch <= ‘9’)
(day = 7) or (day = 6)
(Forml.Editl.Text <> ‘ ‘ ) or (Forml.Edit2.Text <> ‘‘ )
Forml.CheckBoxl.Checked and (Forml.Editl.Text <> ‘‘ )
2.2.-jadvalda and, or va not mantiqiy operatorlarining bajarilish natijasi keltirilgan.
2.2-jadval.
Op1
|
Op2
|
Op1 and Op2
|
Op1 or Op2
|
not Op1
|
False
|
False
|
False
|
False
|
True
|
False
|
True
|
False
|
True
|
True
|
True
|
False
|
False
|
True
|
False
|
True
|
True
|
True
|
True
|
False
|
Murrakkab shartlarni yozganda oddiy shartlarni albatta qavs ichiga yozish kerak.
Masalan, chegirma olish sharti quyidagicha o‘zgartirilgan bosin:”Agar xarid qiymati 100 so‘mdan oshsa va yakshanba kuni xarid qilingan bo‘lsa chegirma olinsin”. Agar xafta kuni butun tipdagi Day o‘zgaruvchisida aniqlansa va yakshanba qiymati ettiga teng bo‘lsa, shart quyidagicha yoziladi:
(Summa > 100) and (Day = 7)
Agar shartga “xarid qiymati 500 so‘mdan oshsa ixtiyoriy kunda chegirma olinsin” deb qo‘shsak, u holda shartni quyodagicha yozish mumkin:
((Summa > 100) and (Day =7)) or (Summa > 500)
1.2. Tanlash
Delphida tanlash if va case operatorlari yordamida amalga oshiriladi. If buyrug‘i ikkita bo‘lishi mumkin bo‘lgan variantlardan birini tanlaydi, case buyrug‘i esa bir nechtadan bittasini tanlaydi.
1.3. If buyru’gi
If buyrug‘i dastur ishini davom ettirishi uchun ikkita bo‘lishi mumkin bo‘lgan variantlardan birini tanlaydi. Shart bajarilishiga qarab tanlash amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |