Shoxrux ESHBOLTAYEV KIMYO +998915100060
Shoxrux ESHBOLTAYEV GALAKTIKA O’quv markazi
1
1
Shoxrux ESHBOLTAYEV
KIMYO
MAVZU: KRISTALL PANJARALAR
TERMIZ-2020
Shoxrux ESHBOLTAYEV KIMYO +998915100060
Shoxrux ESHBOLTAYEV GALAKTIKA O’quv markazi
2
2
Qattiq moddalarda zarracharning ma’lum bir tartibda joylashishiga
kristall panjara deyiladi.
Kristall panjara tuzilishiga ko’ra 4 ga bo’linadi
1. ATOM KRISTALL PANJARA
2. MOLEKULAR KRISTALL PANJARA
3. ION KRISTALL PANJARA
4. METALL KRISTALL PANJARA
Kristall panjara tugunlarida atomlar saqlab ular bir biri bilan mustahkam, kuchli
kovalent bog’ orqali bog’langan bo’ladi shuning uchun bunday moddalarning
kristallari juda qattiq, eng yuqori temperaturada suyuqlanadigan , suvda deyarli
erimaydigan , suyuqlanmasi va eritmasi elektr tokini o’tqazmaydigan faqat
grafitdan tashqari
moddalar hisoblanadi.
Bularga: Si,Ge, B , Uglerod (Olmos, grafit, karbin) , qizil fosfor,
qora fosfor, SiO
2
, B
4
C
3
, SiC
Mavzu:Kristall
panjaralar
ATOM KRISTALL
PANJARA
Shoxrux ESHBOLTAYEV KIMYO +998915100060
Shoxrux ESHBOLTAYEV GALAKTIKA O’quv markazi
3
3
Kristall panjara tugunlarida molekulalar saqlab ular orasida kuchsiz qutbli yoki
qutbsiz kovalent tortilishlar mavjud bo’ladi.
Bunday moddalar qattiq emas, qaynash va suyuqlanish temperaturasi past,
uchuvchan, ko’pchiligi suvda oz eriydigan moddalar, organik erituvchilarda yaxshi
eriydigan, elektr tokini o’tqazmaydigan moddalar hisoblanadi.
Bularga: H
2
O(muz) Co
2
, P
4
-oq fosfor, yod, naftalin, oltingugurt, Nodir gazlar…
Umuman olganda qutbsiz va qutbli kovalent bog’lanishga ega bo’lgan ko’pchilik
gazsimon moddalar va organik moddalarning barchasi kiradi.
Kristall panjara tugunlarida qarama qarshi zaryadli ionlar saqlab ular o’rtasida
tortilishlar yuzaga keladi. Ularning kristallari qattiq, qaynash va suyuqlanish
harorati yuqori, suvda yaxshi eriydi, qattiq holatda elektr tokini o’tqazmaydi,
suyuqlanmasi va eritmasi elektr tokini yaxshi o’tqazadi.
Bularga: Barcha tuzlar, asoslar, asosli oksidlar barchasi, barcha metall oksidlari,
ishqoriy va ishqoriy yer metall gidridlari kiradi.
MOLEKULYAR
KRISTALL PANJARA
ION KRISTALL
PANJARA
Shoxrux ESHBOLTAYEV KIMYO +998915100060
Shoxrux ESHBOLTAYEV GALAKTIKA O’quv markazi
4
4
Kristall panjara tugunlarida metall atomlari, ionlari va erkin elektronlar saqlaydi.
Bunday moddalar kristallari qattiq, qaynash va suyuqlanish harorati yuqori, suvda
erimaydi, qattiq holatda ham elektr tokini va issiqlikni yaxshi o’tqazadi (erkin
elektronlar hisobiga) bolg’alanuvchan, cho’ziluvchan hususiyatga ega bo’ladi.
Bularga: Barcha metallar kiradi
Nomolekulyar moddalarga
ATOM, ION, METALL kristall panjaraga ega bo’lgan
barcha moddalar kiradi.
Molekulyar moddalarga MOLEKULYAR kristall panjaraga ega bo’lgan barcha
moddalar kiradi.
TAYYORLADI:
Shoxrux ESHBOLTAYEV
TEL:+998915100060
METALL KRISTALL
PANJARA