SHOVQIN VA VIBRATSIYA (SILKINISH)NING INSON
ORGANIZMIGA TA’SIRI.
R E J A :
1.Shovqin haqida ma’lumot va uning gigienik normalari.
2.Shovqin va vibratsiyaning inson organizmiga ta’siri va uni o‘lchash asboblari.
3.Shovqin va vibratsiya ta’siridan saqlash.
1). Shovqin va vibratsiya elastik muhit zarralarning to‘lqinsimon
Tarqaladigan tebranma harakatidir. Ularning insonga ta’siri tebranishlar chastotasiga
Bog‘liq. 16 Gs dan kam chastotali tebranishlar odamga silkinish – vibratsiya kabi
Ta’sir qiladi. 16-20000 Gs chastotali tebranishlar shovqin hosil qiladi.
Shovqin charchashni oshirib va ish qobiliyatini hamda xavflarga nisbatan
E’tiborni pasaytiribgina qolmay, balki yurak-tomir sistemasi va hazm qilish
Organlarining faoliyatiga ta’sir qiluvchi karlik hamda asab buzilishining asta-sekin
Rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Odamning quloqlari taxminan 2·10-5
-20 Pa atrofidagi tovush bosimlarini
Qabul qilish qobiliyatiga ega. Pastki qiymat –eshituvchanlik, yuqorigi qiymat og‘rik
Bo‘sag‘asidir, bu chegaradan yuqorida quloqlarda og‘rik seziladi, bosh aylana
Boshlaydi, ko‘ngil ayniydi, quloqlardan qon keladi, qulok pardasi yirtilib ketishi
Mumkin.
Detsibel (dB) da ifodalanadigan tovush bosimi darajalari quyidagi
Formuladan aniqlanadi:
Bu erda R – berilgan nuqtadagi tovush bosimi, n|m2
Ro – tovush bosimining minimal kattaligi (n|m2
), u 2·10-5 Pa ga teng.
Har xil shovkin manbalari hosil qiladigan tovush bosimining taxminiy
Darajalari quyidagiga teng (dB).
1 metr masofada o‘rtacha ovoz bilan gaplashganda – 60dB.
Bolg‘a po‘lat plitaga urilganda – 114dB.
v) metall qirqish stanogi ishlaganda – 140dB dan yuqori.
g) og‘riqni sezish bo‘sag‘asi – 130-140dB.
Bir nechta manbadan bir xil masofada joylashgan nuqtada chiqadigan
Shovqin kuchini aniklash zarur bo‘lsa, quyidagi formuladan foydalaniladi:
Bu erda : bitta manbadan chiqadigan shovkin kuchining darajasi, dB ;
N – shovqin manbalarining soni.
SHovqin kuchining kattaligi insonning shovqinni his etishini xarakterlay
olmaydi, chunki shovqinning fiziologik his etilishi faqat uning intensivligiga emas,
balki chastotasiga ham bog‘liq.
Odam taxminan 20 Gs dan 20 kGs gacha bo‘lgan chastotadagi tovush
tebranishlarini eshitadi. Bundan past diapazondagi tovushlar infratovushlar, yuqori
diapazondagi tovushlar ulьtratovushlar bo‘lib, odam ularni eshitmaydi, ammo ular
odam organizmiga zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
2). SHovkin va vibratsiya odamning ishlash qobiliyatiga yomon ta’sir qiladi.
SHovqin ta’sirida diqqat-e’tiborning va reaksiya tezligining pasayishi baxtsiz
hodisaga olib ketishi mumkin. YUqori chastotali shovqin va vibratsiya
ishlovchilarga ayniqsa yomon ta’sir qiladi. Intensiv shovqin (95-100 dB) uzoq vakt
ta’sir etganda ayrim ishchilarning boshi og‘riydi yoki aylanadi, uning o‘zi qattiq
charchaydi, tez jahli chiqadi. Keyinchalik eshitish organi kasallanadi. Vibratsiya
uzoq vaqt davomida ta’sir etganda esa insonlar organizmining, asosan markaziy
nerv sistemasining faoliyati buziladi. Odam holsizlanadi. qo‘llarida og‘riq paydo
bo‘ladi (ayniqsa dam olayotganda, tunda).
SHovqin va vibratsiyaning zararli ta’sirini cheklash uchun korxonalarda
tovush bosimining (dB) va vibratsiya parametrlari kattaligining yo‘l qo‘yilgan
chegaraviy darajalari o‘rnatilgan. Ishlab chiqarish xonalaridagi doimiy ish
o‘rinlarida past chastotali (250 Gs va undan past) shovqin uchun shovqin darajasi
91-103 dB, o‘rtacha chastotali (250-1000 Gs) shovqin uchun 85-91 dB, yuqori
chastotali (1000 Gs dan yuqori) shovqin uchun 80-85 dB bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
SHovqin va vibratsiya kuchi darajasining belgilangan normalarga mosligini
aniqlash uchun ISHB-1 pribori va SH-3M, SH-71 shovqin o‘lchagichlardan
foydalaniladi. ISHB-1 pribori 22 dan 12000 Gs gacha chastotalar diapozonida 30
dan 150 dB gacha tovush bosimi darajasini o‘lchaydi.
1 – rasmdagi soddalashtirilgan sxema shovqin o‘lchagichining ishlash
prinsipini tushuntiradi.
1-rasm. 1-mikrofon; 2-kuchaytirgich; 3-to‘g‘rilagich;
4- mikroampermetr; 5–nakal batareya; 6–anod batareya.
Mikrofon 1 tovush bosimining tebranishini elektr kuchlanishga o‘zgartiradi,
bu kuchlanish lampali kuchaytirgich 2 bilan kuchaytiriladi, germaniyli diodlar 3
bilan to‘g‘rilanadi va shkalasi detsibellarda darajalangan magnitoelektrik strelkali
pribor bilan o‘lchanadi. Agar mikrofon o‘rniga tebranish parametrlarini ularga SHovqin kuchining kattaligi insonning shovqinni his etishini xarakterlay

pribor bilan o‘lchanadi. Agar mikrofon o‘rniga tebranish parametrlarini ularga
proporsional elektrik signallarga o‘zgartiradigan vibrouzatgich ulansa, vibratsiya
o‘lchagichlar ham xuddi shu tarzda ishlashi mumkin.
3). Odamlarning intensiv shovqin va vibratsiya ta’siridan asosan quyidagi
Usullar bilan saqlanadi: shovqin hamda vibratsiyani ularning paydo bo‘lish
Manbalarida va ularning tarqalish yo‘llarida kamaytirish, individual himoya
Vositalari va tashkiliy tadbirlar orqali.
Shovqin va vibratsiyani ularning paydo bo‘lish manbalarida kamaytirish
Uchun texnik tadbirlar ko‘riladi, ya’ni zarbli protsesslar zarbsizlari bilan
Almashtiriladi, dumalash podshipniklari o‘rniga sirpanish podshipniklari qo‘yiladi.
Bulardan tashqari, jihozlarni o‘z vaqtida remont qilib turish ham zarur.
Shovqin va vibratsiyani ularning tarqalish yo‘lida kamaytrish uchun tovush
Izolyasiyasi va vibroizolyasiya tovush yutish va vibroyutish, shovqin so‘ndirgichlar
Qo‘llaniladi. Kabinalar, kojuxlar tovushni izolyasiyalash vositalari hisoblanadi.
Bundan tashqari, shovqinni pasaytirish uchun binolarga shisha bloklardan bir yoki
Ikki qavat qilib yorug‘lik priyomlari o‘rnatiladi, eshik o‘rinlari tamburlar bilan
Jihozlanadi.
Eng ko‘p shovqin chiqaradigan mexanizmlar po‘latdan, alyuminiy
Qotishmalari, shisha plastikdan tayyorlangan kojuxlar bilan berkitilishi kerak.
Kojux va xonalarning tovush izolyasiyasi sifatida tovush yutuvchi materiallar
Ishlatiladi. Shunday qilinganda tovush bosimi darajasi 15-25 db ga pasayadi.
Tovush yutuvchi materiallar jumlasiga akustik plitalar va g‘ovak to‘ldirgichli
Teshik-teshik konstruksiyalar kiradi. Keyingi vaqtda shovqinni pasaytirish uchun
Xonalarga shar, kub, prizma va boshqa ko‘rinishdagi donali tovush yutkichlar
Qoplanmokda. Ular ishlab chiqarish xonasida shovqin darajasini 5-6 db ga
Pasaytiradi.
Vibratsiyani, vibratsiya manbai bilan asos orasidagi qattiq bog‘lanishlarni
Yo‘qotish orqali kamaytirish mumkin. Buning uchun elastik elementlar po‘lat prujinalar ko‘rinishidagi vibroizolyatorlar yoki egiluvchan materiallardan
Tayyorlangan qistirmalar ishlatiladi. Vibratsiyaga qarshi kurash vositalaridan biri
Vibratsiyani so‘ndirishdir. Buning uchun vibratsiyalanadigan sirtga ko‘chib
Ketmaydigan qilib elastik-qovushqoq materiallar qatlamlari surtiladi.
Vibratsiya umumiy va qisman bo‘lishi mumkin. Umumiy vibratsiyada inson
Organizmi butunlay vibratsiya ta’sirida bo‘ladi, qisman vibratsiyada esa inson
Organizmining ba’zi bir qismlarigina vibratsiya ta’siriga tushadi. Umumiy
Vibratsiyaga transport vositalarini boshqaruvchilar, shtamp sistemalarini, yuk
Ko‘tarish kranlari va boshqa vositalarni boshqaruvchilar umumiy vibratsiya ta’siri
Ostida bo‘ladi. Qisman vibratsiya ta’siriga qo‘lda ishlatiladigan elektr va pnevmatik
Qurilmalar bilan ishlayotganlar tushadi.
Inson organizmining deyarli hamma qismlarida har xil chastotadagi titrashlar
Mavjud. Masalan, odam boshi, bo‘yni, yurak qismlari vibratsiya sistemasi sifatida
Qaralishi mumkinki, bu o‘ziga yarasha og‘irlikka ega bo‘lib prujinasimon vositalar
Yordamida vibratsiyalar vujudga keltiradi va
Bu vibratsiyalarni so‘ndirishga harakat qiluvchi qarshiliklar gruppalari ham mavjud.
Agar bu titrovchi qismlarga tashqaridan xuddi shu chastotadagi titrashlar ta’sir ko‘rsatsa, organizmda rezonans vujudga ketishi mumkin, bu titrashni bir necha o‘n
marta ortishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida organizm qismlarida siljishni
vujudga keltiradi.
Vibratsiyaning doimiy ta’siri esa titrash kasalligini kelib chiqishiga sabab
bo‘ladi. Bunda vibratsiyaning markaziy nerv sistemalariga ta’siri natijasida
organizmning fiziologik funksiyalari buziladi. Bu buzilishlar bosh og‘rig‘i, bosh
aylanishi, uyquning yomonlashuvchi, mehnat qobiliyatining susayishi, yurak
faoliyatining buzilishi bilan ifodalanishi mumkin.
qisman vibratsiya qon tomirlarida spazm vujudga keltiradi. Bu holat asosan
tananing oxirgi qismlari bo‘lgan qo‘l panjalaridan boshlanib, butun qo‘lga o‘tadi va
yurakdan kelayotgan qonning o‘tishini yomonlashtiradi va bu bilan qon ta’minoti
susayadi. SHuning bilan birga titrash ta’siri tashqi nerv sistemalari ishini
yomonlashtiriladi; bu esa terining sezish qobiliyatini susaytiradi, pay qavatlarining
qotib qolishiga olib keladi, bo‘g‘imlarda tuz yig‘iladi va bo‘g‘imlar harakatini
susaytiradi. Bu holatlar ayniqsa sovuq fasllarda kuchayadi.
Vibratsiya kasalligi kasbiy kasalliklar toifasiga kiradigan kasallik bo‘lib, uni
davolash asosan boshlang‘ich davrlaridagina natija beradi. Kasallikning orqaga
qaytishi juda sekin boradi. Agar oldi olinmasa kishi ishga yaroqsiz holga ketishi
mumkin. Bu kasallikning oldini olishning asosiy vositasi – ish joylarida vibratsiya
normalarini belgilashdir. Vibratsiya normalari gigienik va texnik normalarga
bo‘linadi. Vibratsiya normalari umumiy va qisman vibratsiyalar asosida ayrimayrim holda baholanadi.
SHovqin va vibratsiyaga qarshi kurashga oid tashkiliy tadbirlar jumlasiga,
tashkilotlarda ratsional mehnat va dam rejimlari yaratishga qaratilgan har xil
davolash hamda sanitariya-profilaktika tadbirlari, dastlabki va davriy meditsina
ko‘riklari o‘tkazish kiradi. Sanitariya normalari talablariga binoan vibratsiya ostida
ishlashning jami vaqti ish smenasining 2|3 qismidan ortiq bo‘lmasligi, ya’ni 5 soat
20 minutdan oshmasligi kerak. Bunda ikki marta tanaffus belgilash tavsiya qilinadi:
birinchi tanaffus smena boshlangandan 1-2 soat o‘tgach (20minut), ikkinchisi esa
tushki tanaffusdan 2 soatdan so‘ng o‘tkaziladi (5-10 minut).
Do'stlaringiz bilan baham: |