Naushnik va tikinlarning akustik samaradorligi
Shovqinga
qarshi
himoya
vositalari
Oktava chizigining urta chastotalardagi ishlash
samaradorligi, Gs
125
250
500
1000 2000 4000
19
Naushniklar:
1. VSNIIOT - 2M
7
11
14
22
35
45
2. VSNIIOT - 4A
4
-
-
16
-
35
Tikinlar:
1. O’TV markali o’ta ingichka
shisha tolasidan yasalgan tampon
5
5
10
18
24
27
2. FPP-15 markali o’ta ingichka
toladan yasalgan tampon
8
8
15
22
25
31
3. Kattik tikinlar
10
10
12
13
24
29
To’qimachilik korxonalarining tovush bosim satxi 100-105 dBdan kam bo’lgan
sexlarda O’TV markali o’ta ingichka shisha tolasidan yasalgan tampon, FPP-15 markali
o’ta ingichka tolada yasalgan tampon (Berushi) va yezinadan yasalgan kattik tikinlar bilan
ta’minlanadir.
Shovqinga qarshi qo’llaniladigan himoya vositalariga bir kator gigiyenik talablar
kuiyladi. Tozalab turish imkoniyati bo’lgan, kulay ishlatiladigan, uzidan zararni va terini
kichishtiruvchi moddalar chiqarmaydigan, terini ifloslantirmaydigan bo’lishi kerak.
Bulardan tashkari ular bo’tun ish kuni davomida kulokni ogritmasligi va kishining gashiga
tegmasligi lozim.
Himoya vositalarini tanlash ish joyidagi shovqining chastota bo’yicha spektoriga,
mikroiklim sharoitlariga va ishchining shaxsiy xususiyatlariga boglik. Ular shovqinni
GOST 12.1. 003-76 da ko’rsatilgan, yo’l kuysa bo’ladigan kiymatlarigacha pasaytira
olsagina, to’g’ri tanlangan hisoblanadi.
Tikinlar turiga tolali, govak va yushmok plastik materiallardan yasalgan zaglushkalar,
vtulkalar, tamponlar va probkalar mansubidir. Ular yushmok va elastikligi tufayli eshitish
kanaliga kirib u yerni zichlab berkitadi. Ular kuzoynak takishga, bosh kiyim kiyishiga
xalakit bermasligi bilan kulaydir, yengil va ixcham, gigiyena nuqtai nazaridan toza va
ishlatilishda kulay. Lekin ularni odatda, ish joylarida umumiy shovqin satxi 100 dB dan
katta bo’lmagan xollarda ishlatiladi. Bir marta ishlatishga yaraydigan (O’TV va FPP tolali
materiallardan yasalgan “Berushi”) tikinlar, bilan odatda, bir varakayiga kup ishchilar
bo’tun ish smenasi davomida ta’minlanadi.
O’TV tolasidan kilingan tikinlar kuyidagicha tayyorlanadi: ulchamlari 4x4 sm li tola
katlamini diagonali bo’yicha bir necha marta ketma-ket buklab konus xoliga keltirilgan va
kulokning tashki kanaliga tikib kuyiladi. Kulokning tashki kanal terisi yalliginlagan paytda
bu tikinni qo’llash mumkin emas. Bunday xollarda naushniklar qo’llagan ma’kul.
FPP tolali materiallaridan kilingan bir marta ishlatiladigan “Berushi” tikini oxirgi
paytlarda keng qo’llanilmokda. Bu tikining ulchamlari 40x40-1,4 mm, massasi 140-220 mg
bulib, terini kichitmaydi va antiseptik xossalari bilan ajralib turadi (
rasm).
Kup marrta ishlatiladigan tikinlar “Antifonlar” eshitish a’zolarini yukori chastotali
ishlab chiqarish shovqinlaridan himoya kiladi
rasm. Ular yumshok rezina kapsula
shaklida bulib, ichki urta qismiga kichkina plastmassa uzak kirgizib kuyilgan bo’ladi.
Kamida bir xaftada ularni sovunli ilik suv bilan yuvib turish tavsiya etiladi.
Xozirgi paytda ilgor to’qimachilik korxonalarida monoton va bir xil ritmli ishlarda
(tukuvchi, yigiruvchi, kalavalovchi va sh.u) ishchilarni shovqin ta’siridan saqlash uchun
20
radiolashtirilgan naushniklar qo’llanilmokda. Bu ishlarda funksional muzika dasturlarini
qo’llash asab, psixik kuchlanish, xolatini kamaytiradi, charchokni oladi, ishchining
kayfiyatini yaxshilaydi va ish unumdorligini oshiradi.
Radiolashtirilgan “Melodiya” uskunalari VSNIIOT - 2M turidagi naushniklarga
o’rnatilgan bulib, uning himoya xususiyatini saqlagan xolda, past chastotalarda beriladigan
muzikali ridioeshittirishlarni xam olib boradi.
Xozirgi paytda ishlab chiqarish sexlarida 90 dB gacha va 90-120 dB gacha
qo’llanadigan radioshtirilgan VSNIIOT - 4FM va VSNIIOT - 2FM naushniklari keng
qo’llanilmokda. Ishlab chiqarish operatsiyasi doimo yurib bajariladigan ishlarda maxsus
ixcham priyomnikli “Orfey-1” ridionaushniklardan foydalanish tavsiya etiladi.
Ishchini shovqinning to’g’ridan-to’g’ri ta’siridan himoyaladigan ekranlar shovqinning
yukori chastotali tarkibiy qismlarini pasaytiradi. Tovush soyasi yuzaga kelishi natijasida
ekran ortida shovqin pasayadi. Bu soya tovush to’lqini uzunligining ekranning kundalang
ulchamiga nisbatiga boglik.
Agar texnik usullar bilan shovqinni sanitariya meyorlariga kadar pasaytirib bo’lmasa,
u xolda shovqindan yakka tartibda himoyalag vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Bunday vositalarga kulok tikmalari (vkladishlar), kulok kopkoklar (naushniklar) shlyomlar
kiradi.
Kulok tikmalar juda ingichka toladan kilingan, ba’zan mum va parafin aralashmasi
shimdirilgan, kulokka tikib kuiladigan aralashmasi shimdirilgan, kulokka tikib kuyladigan
paxta yoki doka bulagidir. Konus shaklidagi kattik (ebonit, rezina) tikmalar xam bo’ladi
(shovqinni 5-20 dB ga pasaytiradi).
Kulokkopkoklar. Sanoatimizda kulokkopkoklar keng qo’llaniladi. Ular yoysimon
prujina hisobiga kulok chiganogiga zich tegib va uni berkitib turadi, yukori chastotalarda
eng samarali ishlaydi (shovqinni 20-30 dB ga pasaytiradi).
Tovush kuvvati 120 dB bo’lgan shovqindan himoyalanish uchun shlyomalardan
foydalaniladi.
21
Do'stlaringiz bilan baham: |