Shou biznesda menejment va uning funksiyalari


Musiqami o‘zi bu yo shovqin? -



Download 74 Kb.
bet2/4
Sana06.03.2022
Hajmi74 Kb.
#483715
1   2   3   4
Bog'liq
SHOU BIZNESDA MENEJMENT VA UNING FUNKSIYALARI

 Musiqami o‘zi bu yo shovqin? - Shou-biznes, yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, insonlarning moddiy emas, ma’naviy ehtiyojlarini qondiradi. Ammo, bashar farzandi, yaxlit bir mavjudot, unda moddiy va ma’naviy, jis­moniy va ruhiy jihatlar uzviy bog‘lanib ketgan. Buni shou-biznes misolida ayniqsa yaqqol ko‘rish mumkin. Xususan, zamonaviy texnika rivoji tufayli, aniqrog‘i texnika yutuqlaridan nomaqbul tarzda foydalanish natijasida shou-biznesning jismoniy jihatdan ham odam salomatligiga salbiy ta’siri oshib bormoqda.
Zero, musiqaning texnik vositalar yordamida to‘yu-tomoshalarimizda, konsertlarda, qahvaxona va restorandagi ziyofat va o‘tirishlarda, ta’lim muas­sasalarida o‘tkaziladigan musiqiy tadbirlarda haddan tashqari baland yangrashi, ko‘cha-ko‘yda quloqlik (naushnik) tutib musiqa-qo‘shiq eshitib, o‘zi bilan o‘zi ovora yoshu yalang, hatto katta yoshlilar kundan-kunga ko‘payib borayotgani, ko‘cha transporti shov­qini kamlik qilganday ayrim betamiz haydovchilarning yetti mahalla eshitadigan qilib mashinasida musiqa taratishlari, to‘g‘rirog‘i, musiqiy shov­qin zamonaviy shou-biznesning ko‘pchiligimiz chidashga majbur bo‘layotgan mahsuloti sifatida, ming afsuski, turmushimizdagi odatiy holga aylanib bo‘ldi.
Musiqiy shovqinning zarari xususida olimu mutaxassislarimiz ommaviy axborot vositalarida ko‘p bora bong urdilar. «HURRIYAT» gazetasining 2014 yil 7 may sonida e’lon qilingan «Bolalarimizni shovqindan asraylik» nomli maqola bunga misol bo‘la oladi. Maqola mualliflari turmushimizda o‘zimizga o‘zimiz yaratayotgan musiqiy shov­qin illati haqida kuyunchaklik bilan fikr bildirib, yosh avlodni tarbiyalash sohasidagi madaniy tadbirlar doirasida ro‘yobga chiqarishimiz zarur bo‘lgan taklifni ham o‘rtaga tashlaganlar. «Mahallalar, maktab, kollej, litseylarimizdagi musiqiy tadbirlarni shovqin-suronli elektron ohanglar ostida va disklarda yozilgan fonogramma «asarlarini» namoyish etish uchun kelgan guruhlar ishtirokida emas, balki tabiiy musiqa asboblarida yuqori professional darajada yaratilgan musiqiy asarlarni jonli, ovoz yetkazuvchi (kuchaytiruvchi emas, ayni yetkazuvchi) texnik vositalarni sanitariya talablariga, ya’ni tovush kuchini sog‘liqqa zarar yetkazmaydigan darajada sozlangan holda ijro etish maqsadga muvofiqdir».
Aslida, qonun hujjatlarimizda shovqin borasida sanitar normalar, hamma rioya qilishi zarur bo‘lgan muayyan qoidalar bor, bu sanitar normalar va qoidalarga rioya qilmaganlik uchun javobgarlik choralari ham belgilangan. Masalan, ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning «Maishiy shov­qinga qarshi kurash talablarini buzish» deb nomlangan 192-moddasida tungi vaqtda – soat 23:00 dan 06:00 gacha bo‘lgan vaqtda baland ovoz bilan qo‘shiq aytish, musiqa chalish, ovoz chiqaruvchi apparaturalardan foydalanish singari xatti-harakatlar bilan fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzish fuqarolarga eng kam ish haqining uchdan bir qismi (ayni vaqtda bu 39 ming so‘mga teng), mansabdor shaxslarga esa – uchdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha (39 ming so‘mdan 59 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Shou-biznesmenlik qilib, non topayotganlar «sharofati» bilan kundalik turmushimizda musiqiy shov­qin holatlari urchib-ko‘payib, ko‘pchilikning salomatligiga uning salbiy ta’siri xavfli darajaga yetganligini hisobga olib, ushbu qonun normalarini yanada kuchaytirish lozim ko‘rinadi. Fikrimizcha, tungi vaqtlardan bo‘lak vaqtlarda ham musiqiy shovqinga yo‘l qo‘yish fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini, ish sharoitlarini yomonlashtirish, yo‘l harakati xavfsizligini buzish, ular sog‘ligiga zarar yetkazish deb baholanib, yanada qattiqroq javobgarlik choralari qo‘llanilishiga sabab bo‘lishi lozim.
Nazarimizda, to‘y-hashamlarga xizmat ko‘rsatish tariqasida qo‘shiq aytish, musiqa asbobini chalish va bunda ovoz chiqaruvchi apparaturadan foydalanishda tovush kuchi me’yorlariga rioya qilishni nazorat qilish va bunday me’yorlarni buzish holatlarini aniqlash bo‘yicha ta’sirchan tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni ham amalga oshirish vaqti keldi. Xususan, musiqiy asarlar ijro etiladigan barcha joylarni – konsert zallari, to‘yxona, restoran, qahvaxona va shu singarilarni tovush kuchini o‘lchovchi vositalar bilan majburiy tartibda jihozlash va bu vositalarni shahar miqyosida yagona tizimga ulab, maxsus nazorat qiluvchi tashkilot ixtiyoriga topshirishning hozirgi texnika taraqqiyoti zamonida, shak-shubhasiz, imkoniyati bo‘lsa kerak. Bunda ushbu nazorat idorasiga qachon, qaysi to‘yxona yoki konsert zalida tovush kuchi me’yorlari buzilganligi haqida aniq ma’lumot avtomatik ravishda tezkorlik bilan kelib tushadi va qonunbuzilishni sodir etgan shaxslarga nisbatan jazo choralarini qo‘llashda bu asos bo‘lib qoladi.


Download 74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish