Shoshlik fikhlar



Download 21,53 Kb.
bet1/2
Sana23.05.2022
Hajmi21,53 Kb.
#606963
  1   2
Bog'liq
Abu Bakr Shoshiy hayoti va faoliyati haqida TURAEV KAMOLIDDIN


Abu Bakr Qaffol Shoshiy hayoti va faoliyati haqida so‘zlashdan oldin, ungacha ham Shosh vohasida yuksak ilmiy muhit yaratgan olimlar haqida muxtasar gapirmasak, adolatdan bo‘lmaydi. Zero, ana shu ilm muhiti Qaffol Shoshiy qatorida nafaqat yurtimizda, balki Islom olamida mashhur va buyuk iste’dod sohiblari yetishib chiqishidaunutilmas xizmat qilgani shubhasiz.
IX—XII asrlarda Shosh adabiyot, tilshunoslik, mantiq fanlari qatorida hadis va fikh ilmlari ham rivojlangan markazlardan biri bo‘lgan. Imom Abdulloh ibn Abu Avona Shoshiy, Imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Homid Shoshiy, Abu Said Iso ibn Solim Shoshiy, Abu Muhammad Ja’far ibn Shuayb Shoshiy, Abu Is'hoq Ibrohim ibn Xuzaym Shoshiy, Abu Ali Hasan ibn Sohib ibn Hamid Hofiz Shoshiy, Abulays Nasr ibn Hasan ibn Qosim Shoshiy-Tunkatiy, Abu Is'hoq Ibrohim ibn Xuzaym ibn Qumayr ibn Hoqon Shoshiy kabi ko‘plab toshkentlik muhaddislar Islom olamining turli shaharlaridagi madrasalarda hadis ilmidan saboq berishgani, kutubxonalarda diniy-islomiy ilmlarning ayrim masalalari bo‘yicha munozaralarda yetakchilik qilishgani arab manbalarida yozib qoldirilgan.
Shulardan biri - Imom Abdulloh ibn Abu Avona Shoshiydan buyuk muhaddis Imom Muhammad ibn Ismoil Buxoriy, Ja’far ibn Muhammad Faryobiy va boshqalar hadis ilmini o‘rganishadi. O‘z navbatida, Abu Avonaning jiyani Abu Ali Fazl ibn Abbos Shoshiy ilm talabida Marv va Iroqda bo‘lib, Ali ibn Hajar, Ahmad ibn Hanbaldan hadis sabog‘ini oladi. Yurtga qaytib, ilmini Shosh ahliga yetkazadi va Abu Bakr Qaffol Shoshiy dunyoga kelishlaridan besh yil avval (899 yil) vafot etadi.
Shoshlik fikhlar
Fiqh ilmi rivojlanish bosqichlarida arab bo‘lmagan, ayniqsa, Movarounnahrdan yetishib chiqqan olimlar xizmati ila yuksak darajalarga ko‘tarildi. Abu Bakr Qaffol Shoshiy qatorida Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad Shoshiy, Abulhasan Qosim ibn Imom Abu Bakr, Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Homid Shoshiy, Tohir ibn Abdulloh Iloqiy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Dovud Rizvon Iloqiy, Abu Rajo Mu’mil ibn Masrur ibn Abu Saxl Shoshiy-Xumrakiy kabilar ham ulug‘ allomalar jumlasidandir.
Saljuqiylarning buyuk vaziri Nizomulmulk (XI asr) Bag‘dodda Nizomiya madrasasini qurdirgan edi. Bu ilm dargohi zamonasining akademiyasi hisoblanar, o‘qish istagida arab mamlakatlaridangina emas, Samarqand, Buxoro, Shosh kabi Turkiston o‘lkalaridan ham talabalar kelishar edi. Jumladan, Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad Shoshiy (keyinchalik unga “Mustazhiriy” unvoni ham berilgan) (1038-1114) ham Bag‘dodga kelib, Nizomiya madrasasida o‘qigan, mashhur faqih Abu Is'hoq Sheroziy, Abu Nasr ibn Sabbog‘lardan fiqh ilmini o‘rgangan edi. Bir necha yildan keyin uning o‘zi ham mazkur madrasada mudarris etib tayinlanadi va “hujjatul islom” Abu Homid G‘azzoliy, ustozi Abu Is'hoq Sheroziylar qatorida talabalarga dars beradi. O‘z davrida pguhrat qozongan alloma Shoshiy-Mustazhiriy Bag‘dod faqihlari raisi bo‘lgan.
Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Shoshiy (1007-1092) ham fiqh ilmida shuhrat qozongach, «Imom» deya tilga tushdi. Uni G‘azna sultoni o‘z shahriga taklif qilib, izzat-ikrom bilan qarshilaydi. G‘aznada fiqh bo‘yicha asarlar bitadi. So‘ngra uni vazirula’zam Nizomulmulk Hirotdagi Nizomiya madrasasiga mudarrislik qilishga yuboradi. Olim Hirotda vafot etgan.
Imom Abu Bakr Kaffol Shoshiyning hayoti va ijodi
Imom Abu Bakr Qaffol Shoshiy hazratlari Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg‘inoniy kabi Islom olamining movarounnahrlik buyuk allomalari orasida alohida o‘rin egallaydi. Zamondoshlari Hazrati Imom deb ulug‘lagan bu zotningto‘liq ismi Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Qaffol Shoshiy bo‘lib, arab manbalarida u kishiga alohida xurmat ko‘rsatilib, nomiga “katta”, “ulug‘” ma’nosini ifodalovchi “kabir” so‘zini qo‘shib yozadilar.
Qaffol Shoshiy hijriy 291 (milodiy 903) yili Shoshda tug‘ilib, bolaligi va yoshligi shu yerda o‘tgan. Muftiy Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon (rahmatullohi alayh) ta’kidlashicha, dastlabki ilmni zamonasining mashhur muhaddisi va faqihi Haysam ibn Kulaybdan olgan. Keyinroq u ilm talabida Movarounnahrdagi ma’rifat o‘choqlari - Samarqand, Buxoro, Termiz kabi shaharlarda bo‘ladi. O‘zidan oldinroq yashab, bebaho diniy-ilmiy meros qoldirgan Imom Buxoriy, Imom Termiziy kabi ulamoi kiromlar asarlarini qunt bilan o‘rganadi.
Alloma mohir hunarmand ham bo‘lib, qulfsozlikda shuhrat qozongan. Shu bois “qaffol”, ya’ni qulfchi, qulfsoz degan nom bilan tanilganlar. Bu haqda mashhur tarixchi Abu Sa’d Abdulkarim ibn Muhammad Sam’oniy (1113-1167) “Al-Ansob” (“Nasabnoma”) asarida bunday yozadi: “Qaffol” - qulfsozlik kasbiga nisbat berilgan. Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Qaffol Shoshiy Shosh ahlidan bo‘lib, qulfsozlikda shuhrat qozongan. U zamonasining imomi (peshvosi) bo‘lib, fiqh, hadis, usul, tilshunoslik ilmlari bo‘yicha tengi yo‘q olim edi. Qaffol Shoshiyning nomi mag‘ribu mashriqqa yoyilgan”.
Shayx Muhyiddin Navaviy (1233-1277) ta’kidlashicha, agar Qaffol Shoshiy esga olincha, demak, gap buyuk imom Abu Bakr Qaffol Shoshiy haqida ketayotgan bo‘ladi, agar Qaffol Marvaziy yodga olinsa, keyinroq yashab o‘tgan Kichik Qaffol haqida so‘z borayotgan bo‘ladi. Shoshiy (Katta Qaffol) nomi tafsir, hadis, usul, kalom ilmlarida takror-takror zikr etiladi. Ammo Marvaziy (Kichik Qaffol) ismi esa fiqhga taalluqli asarlardagina uchraydi “Tahzibul asmo”, 2-jild 556-bet).
Milodiy X asrda yashagan Qaffol Shoshiy hazratlari ulug‘ qomusiy allomalardan bo‘lgan. Islom olamidagi obro‘-e’tibori, ilmiy salohiyati xaqida mashhur arab tarixchilari asarlarida ko‘p yaxshi gaplarni bitib qoldirishgan. Jumladan, Ibn Xallikon (1211-1282) “Vafoyotul a’yon” (“Ulug‘ kishilar vafoti sanalari”) kitobida: “Abu Bakr Qaffol Shoshiy zamonasining imomi (peshvosi) bo‘lgan. U fiqh, hadis, usul, tilshunoslik fanlari va she’r san’ati bo‘yicha Movarounnahrda olimlar orasida tengsiz edi. U Xuroson, Iroq, Hijoz, Shom va Sugur (Shimoliy Suriya)ga safar qilgan, uning dong‘i bu o‘lkalarda keng tarqalgan”, deb qayd etadi.
Misrlik tarixchi Tojuddin Subkiy (1370 yil vafot etgan) “Tabaqotush shofi’iya al-kubro” (“Shofi’iyaning ulug‘ darajalari”) asarida: “Abu Bakr Qaffol Shoshiy tafsir, hadis, kalom, usul, furu’, lugat va she’riyat ilmlarida hamda zuhd va taqvoda, ochiqqo‘llikda zamonasining peshqadamlaridan bo‘lgan. U ko‘p ilmlar muhofazasida jonkuyar, o‘zi keltirgan narsalarni tahqiq etib, ularni go‘zal tasarruf qiluvchi zamon shaxslaridan biri edi”, deb ta’riflaydi.
Abu Sa’d Abdulkarim ibn Muhammad Sam’oniy “Al-Ansob” (“Nasabnoma”) kitobida: “Sayxun daryosi ortidagi, turklar bilan chegaradosh shahar “Shosh” deb ataladi. Bu yerdan ko‘plab imomlar yetishib chiqqan”, deya shoshlik olimlar to‘g‘risida ma’lumotlar keltirib, jumladan, Qaffol Shoshiy haqida bunday yozadi: “Imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Qaffol Shoshiy bo‘lib, tafsir, hadis, fiqh, tilshunoslik ilmlari bo‘yicha zamonasida unga teng keladigan olim yo‘q edi... Naql:
Bu Abu Bakr qulfsoz faqih,
Fiqh bilan qiyin qulflarni (masalalarni) ochuvchidir.
Usulul fiqh ilmi diyorimizda milodiy X asrda shakllana boshlagani ma’lum. Axdi sunna val jamoaning peshvolaridan bo‘lmish Qaffol Shoshiy ilk bor bu ilmga doir asar yozgan. Bu mazhabning fiqhiy masalalarini dastlab Imom Shofi’iy ishlab chiqib, asar yozgan bo‘lsa-da, uni Qaffol Shoshiy taraqqiy ettirdi. Uning huquqshunoslikka doir “Kitob fi usulil fiqh” asari o‘z davrida Islom dunyosida keng ko‘llanilgan.
Movarounnahrda shofi’iy va hanafiy olimlari o‘rtasida do‘stona munosabatlar qaror topganining asosiy omillaridan biri shundaki, shofi’iy mazhabi asoschisi Imom Muhammad ibn Idris Shofi’iy bir necha yil Bag‘dodda yashab, Imom Abu Hanifaning eng yaqin shogirdi Muhammad ibn Hasan Shayboniydan hanafiylik ta’limotini o‘rgangan va o‘zlashtirgan. Imom Shofi’iyning Muhammad Shayboniyga katta ehtirom bildirib: “Undan bir tuyaga yuk bo‘ladigan narsalarni yozib olganman”, degani qayd etiladi.

Download 21,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish