Foydalanigan Adabiyotlar:
1.1. Каримов И. А. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари. – Тошкент: Ўзбекистон, 1997. – 325 б.
1.2. Каримов И. А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ.. –Тошкент: Ўзбекистон, 1998. – 31б.
1.3. Каримов И. А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент: Маънавият, 2008. – 176 б.
1.4. Каримов И. А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари. – Тошкент: Ўзбекистон, 2009. – 56 б.
1.5. Каримов И. А. Мамлакатимизни модернизация қилиш йўлини изчил давом эттириш – тараққиётимизнинг муҳим омилидир. Президент И.А.Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганининг 18 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги нутқи.// Ishonch. 2010 yil 8 dekabr.
1.6. Каримов И. А. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепсияси // www. gov.uz.
1.7. Karimov I. A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – Toshkent: O’zbekiston, 2011. – 430 b.
2. X-XI asrlarda. Choch shaharlari haqida arab geograflari malumotlari.
Choch geografik tushuncha sifatida ilk bor sosoniylar shohi Shopur I milodiy 262 yilda Erondagi zardushtiylik ibodatxonasida o‘yib yozilgan bitigida tilga olingan. Bitikda Chochiston tog‘lari Sosoniylarning Sharqdagi chekka yerlari qatorida tilga olingan. Arxeologik ma'lumotlar xulosasiga ko‘ra, bu o‘lkalarning eng qadimgi poytaxti avvalda Toshkentdan 70 km janubdagi ulkan Qanqa shahri o‘rnida joylashgan bo‘lishi mumkin. Keyinchalik Toshkent shahri hududidagi suv tarmog‘i Salor bo‘yidagi Mingo‘rikda asosiy diniy markaz atrofida ko‘plab shaharlashgan manzilgohlar vujudga keldi.
Choch poytaxti "asl tosh shahri" Mingo‘rikdagi shaharning poytaxt maqomini olganligi uning hududi kengayishida va milodiy VII asrning birinchi choragidan boshlab saroy tipidagi yirik inshootlar qad ko‘tarishida o‘z aksini topgan. Bunday binolar otashparastlar tashlab ketgan diniy inshoot bilan birga tepalik ustiga qurilgan. Saroy ham, qo‘rg‘on ham shahar hududidan baland bo‘lgan. Asosiy savdo yo‘llari "Ipak yo‘li" tarmoqlarining shimolga o‘tganligini poytaxt ko‘chirilishining sabablaridan biri bo‘lgan deb hisoblash mumkin. Bu yo‘llar endilikda yettisuvdan Katta dashtlikni chekkalab to Orolbo‘yigacha cho‘zilib ketgan edi. Turk xoqonligi va Eronning Sosoniylar davlati o‘rtasida vujudga kelgan siyosiy qarama-qarshiliklar paytida mahsulotlarni Eron savdo yo‘llari orqali olib o‘tish mumkin bo‘lmay qolgandi.
Poytaxtni Mingo‘rikdagi shaharga ko‘chirilishi turli davr larga oid xitoy manbalarida aks etgan. Bu manbalariing dastlabkilarida Shi shahri aylanasiga 10 li (1 li 400 500 m) bo‘lgan deb ta'kidlansa, keyingi manbalar esa fakat 3 li deb ko‘rsatadi. Gap turli shaharlar haqida borayotgan bo‘lishi ham mumkin. Ulardan katgasi Qanqa shahri bilan qiyoslansa, kichigi uning vorisi Toshkent hududida joylashgan Mingo‘rik xisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, xitoy manbalaridagi Shi toponimi endi Toshkent qududidagi shaharga nisbatan qo‘llanila boshlangan. Mahalliy nomlarning xitoychada "Je She" va "Shi" (ieroglif "tosh" ma'nosi) tarzida ifodalanishi Toshkentning turkiy nomi "tosh shahar"da ham o‘z aksini topgan. Bu nom sof ma'noda emasligi aniq, chunki shahar hyech qachon toshdan barpo etilmagan.
Bu ta'rif Choch aholisining dushmanlarga qarshi kurashda mardlik va matonatini namoyon etganligini ifodalaydi, degan fikr ham mavjud. Shaharning Avestoda hikoya qilingan "qudratli turlar" mamlakatida vujudga kelganligini eslatib o‘tish o‘rinlidir. Bu nom o‘zagida Chatqol Qurama tog‘laridagi boylik yarim qimmatbaho feruza toshiga ishora borligi haqikatga yaqinrokdir. Xitoy matnlariga murojaat etib "shi" atamasi "tosh", "qimmatbaho tosh"ni anglatishini bilamiz, qadimgi turkiy tilda esa ses (chech) so‘zi nafaqat "qimmatbaho tosh", balki, aniq "feruza" ma'nosini beradi. Atamaning ana shu lug‘aviy ma'nosini hisobga olib, Toshkentni "asl tosh", ya'ni "feruza shahar" deb atash mumkin.
Milodiy V asr o‘rtalarida Choch, bir vaqtlar Qang‘ davlati tarkibidagi boshqa mulklar singari Eftaliylar davlatining bir qismiga aylandi. Milodiy VI asrda bu davlat janubdan Sosoniylarning, shimoldan esa turkiy qabilalarning yangi qudratli uyushmasi Turk xoqonligi zarbalariga uchradi. VI asrdan boshlab Chochning butun tarixi Turk hoqonligi tarixi bilan chambarchas bog‘landi. Mo‘g‘ulistondan Oltoygacha bo‘lgan xududni egallagan hoqonlik g‘arbga tomon kengaya bordi. 555 yilda turk hoqoni Buminning ukasi Istami (yunoncha Sizabul) katta kuch bilan g‘arbga yurish boshladi.
U o‘z ta'sir doirasini "G‘arbiy dengiz"gacha, janubda esa sosoniylar Eroni chegaralarigacha yoydi. Choch, Parak (Chirchiq)ning butun hududi, Farg‘ona, Samarqand, Kesh va Naxshab (hozirgi Qashqadaryo) Istami hoqon hukmronligi ostida qoldi. Turk hoqonligining eftaliylar bilan kurashi Chochning Sirdaryo bo‘yidagi hududlarida ham bo‘lib o‘tdi. Manbalardan ma'lum bo‘lishicha, bu harbiy janglar mamlakatni ancha xarob qildi. Bu badiiy shaklda "Shohnoma"da o‘z aksini topgan, unda yozilishicha, Chochda suvoriylarining shiddatli to‘qnashuvlari natijasida Gulzariyun (Sirdaryo) suvi "qizil gul" tusiga kirgan.
Asosiy voqyealar vohaning janubiy qismida va yanada janubroqda sodir bo‘ldi. Qanqa shahar xarobasidagi tadqiqotlar bu janglar davomida uning vayron bo‘lganligini va aholisi ko‘targan qo‘zg‘olon bostirilganligini ta'kidlaydilar. Chunonchi, shaharning V-VI asrlardagi asosiy ibodatxonasida hujum va yong‘in asoratlari yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Aksincha, bu davrda Choch vohasining shimoliy hududlari, ya'ni Chirchiqning o‘rta havzasidagi yerlar, shu jumladan, Toshkent mikrovohasi, jadal o‘zlashtirildi. VII asrning birinchi choragidan boshlab Mingo‘rikdagi shahar, chamasi, Choch poytaxti maqomini oldi. Chatqol Qurama tog‘laridagi rangli va asl metal konlarining o‘zlashtirilishi ham shaharning iqtisodiy yuksalishiga yordam berdi, bu tog‘larda "Choch kumush koni" ishlab turgan. Shuningdek, feruza va temir rudasi ham qazib olingan. Asosiy karvon yo‘llarining va xalqaro tranzit savdosi markazining shimol tomonga siljishi ham Chochning yuksalishiga qulay imkoniyat yaratdi. Uning poytaxti "Ipak yo‘li" bo‘ylab o‘tadigan savdoda faol qatnashdi.
VI-VII asrlarda Chochda urbanistik jarayonning kuchayishiga olib keldi. Tadqiqotchilarning ma'lumotlariga ko‘ra, shahar va manzilgohlar soni avvalgi davrga nisbatan 2,5 baravar o‘sgan. Hozirgacha Choch hududida zarb qilingan juda ko‘p miqdorda tangalar topildi. Ular savdoda almashuv ekvivalenti hisoblangan. Fanda dastlab salkam qirq yil muqaddam, XX asrning 70 yillaridan Choch tangalari o‘rganila boshlangan. Tadqikotchilar tangalardagi yozuvlar orqali Choch davlati hukmdorlarining nomlari va unvonlarini aniklashga erishdilar. Hukmdorlar tangalarga o‘z sulolaviy tamg‘alarini bosishgan. Juda ko‘p tangalar Chochning G‘arbiy Turk hoqonligi tarkibiga kirishi bilan bog‘liq.
VI asr oxiridan boshlab Choch Istami hoqonning o‘g‘li — Qora Churin Turk (Tardush hoqon yoki Biyabg‘u) qo‘l ostiga o‘tdi. U hoqonlikdagi eng qudratli hukmdorlardan biri bo‘lgan. VII asrning ikkinchi choragidan Choch tangalarida turkiy "tudun" unvoni paydo bo‘ldi, bu unvon VIII asr o‘rtalarigacha amalda bo‘lgan. Tadqiqotchilar bu unvonni Chochda Turk hoqonligi vakillarining merosiy boshqaruvi ifodasi deb hisoblaydilar. Tangalarda zikr etilgan tudunlar katta vakolatlarga ega bo‘lgan. Tudunlar mulklik hayotining hamma sohalarini asta-sekin o‘z nazoratiga ola boshlaganlar. Chochda boshqaruvning almashinishi tamg‘adagi o‘zgarishlarda ham aks etgan. Agar Chochning qang‘ tamg‘ali dastlabki tangalari Qang‘ va uning atroflaridan topilgan bo‘lsa, yangi tamg‘a (VII asrdan boshlab) paydo bo‘lgach, Choch tangalari hozirgi Toshkent shahri hududida ham keng tarqalgan. "Ayrisimon tamg‘a"lar numizmatika fanining so‘nggi ma'lumotlari bo‘yicha, tudunlar zarbi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. O‘ljaga o‘qdek tashlanayotgan lochinga o‘xshatilgan qush ana shu belgi asosini tashkil etadi. "Turkash Choch hukmdori" yozuvi tushirilgan tanga dikqatga sazovordir. Hukmdor lavozimi ikki xil: turkiycha "xoqon" va sug‘dcha "xvabu" ko‘rinishida berilgan. Tangalardagi bitiklar sug‘d yozuvida berilgan. VII-VIII asrlarda Choch aholisining etnik tarkibi aralash edi. Jamiyatning yuqori doiralarini sug‘d va turk zodagonla ri tashkil qilgan.
Choch G‘arbiy Turk xoqonligining nazorati ostida bo‘lsada, boshqa mulklar singari unga ham, VIII asr o‘rtalarigacha Xitoy doimiy ravishda da'vogarlik qilib kelgan. Arab istilosi arafasida O‘rta Osiyoning Ikki daryo oralig‘ida bir necha o‘nlab mulkliklar mavjud bo‘lgan bo‘lib, ularning har birini o‘z xukmdorlari bor edi. Ular Amudaryogacha bo‘lgan hududni o‘z nazorati ostida saqlab turgan Turk hoqonligi qo‘l ostida edi. O‘rta Osiyodagi mayda mulklarida birlik yo‘qligi arab istilochilariga qarshilik ko‘rsatishni qiyinlashtirdi. Arablar VIII asr boshigacha Buxo ro va Samarkandga bir necha marta yurish qilib, Choch chegaralariga yaqin kelib qolgandilar. 712 yil arab lashkarboshisi Kutayba ibn Muslim Samarqandni qamal qilgan paytda, aholi muvaffaqiyatli qarshilik ko‘rsatdi. Ular yordam berish to‘g‘risidagi iltimos bilan o‘z elchilarini qo‘shni o‘lkalarga jo‘natdi. Samarqand hukmdori Farg‘ona ixshidi, Choch tuduni. Turk xoqoni va Xitoy imperatoriga murojaat qilgan edi. Umumiy xavf qarshisida ular o‘rtasida ittifoq tuzildi. Faqat Xitoy yordam berishdan bosh tortdi. Tarixchi at-Tabariy so‘zlariga ko‘ra, qamalda qolgan Samarqandga turk hukmdori Inalhoqon o‘g‘li boshchiligida turk aslzodalaridan iborat lashkar jo‘natilgan. Lashkar Samarqandga yetib kelmasdan arablar pistirmasiga tushib qolib, qirib tashlangan. Shundan so‘ng arablar shaharni egallashga muvaffaq bo‘lgan. Chochning mard aslzoda farzandlari shu janglarda xalok bo‘lgan, lekin arablarga qarshi tuzilgan ittifoq keyingi davrlarda ham istilochilarga qarshilik ko‘rsatishdagi asosiy uyushtiruvchi va zarbdor kuch bo‘lib qolaverdi. Choch esa bu ittifoqning eng matonatli va kuchli ishtirokchilari safida bo‘lgan edi.
714 yil Qutayba qo‘shinlari Chochga istilochilik yurishini uyushtirdi. At-Tabariy so‘zlariga qaraganda, "uning katta kismi yondirib yuborilgan". Shundan keyin yana bir yurish kilindi, biroq Choch ahli arablar hokimiyatini tan olmadi. Ana shu notinch davrda ittifoqqa yordam ko‘rsatmagan Xitoy, Choch ustidan o‘z hukmronligini o‘rnatishga intildi. Xitoy qo‘shinlari 749 yilda Choch va Farg‘ona hukmdorlari o‘rtasida yuzaga kelgan nizoga aralashib, Farg‘onani qo‘llab quvvatladi. Xitoylik lashkarboshi Gao Syan chji Choch hukmdorini hibsga olib, uni Xitoyga jo‘natdi, u o‘sha yerda qatl etildi. Bu zolimlikning boisi qatl etilgan odamning boyliklarini qo‘lga kiritgan lashkarboshining ochko‘zligi ekanligi hammaga ravshan bo‘lgandi. Chochning o‘ldirilgan xukmdori o‘g‘li arablar tomonga qochib o‘tdi va Abu Muslim lashkarboshisi Ziyod ibn Solih boshchiligidagi qo‘shinni olib keldi. Ularga mahalliy qabilalar qo‘shildi. Arablar, chochliklar va sug‘dlilar qo‘shini 751 yil Talas daryosi bo‘yida Xitoy qo‘shinlari bilan jangga kirdi. Xitoy qo‘shinlarini farg‘onaliklar va qashqarliklar qo‘llab quvvatladi. Xitoy qo‘shinlari butkul tor-mor qilindi. Bu Choch taqdirini xal etgan tarixiy jang bo‘lgan edi bu jang Chochni Xitoyning bosqinchlik yurishlaridan xalos etdi. Ayni vaqtda chochliklar arablar hukmronligiga qarshi muntazam isyon qilib turdilar. Ko‘chmanchilar dashti bilan chegaradosh bu joylarga xalifalik hukmronligidan norozi bo‘lganlarning barchasi, turli isyonlarning ishtirokchilari, ayniksa, "oq kiyimlilar" deb atalganlar oqib kelgan edi. Ana shu viloyatda, bir tomondan, g‘oziylar din uchun kurashchilar, ikkinchi tomondan bu yangi dinning joriy etilishiga qarshi bo‘lgan kishilar boshpana topgan edilar. Islom dinining o‘troq aholi muhitida ildiz otish uchun yuz yilcha, Sirdaryo (Sayhun) ortidagi chorvador qabilalarning islom dinini qabul qilishiga esa ikki asrdan ko‘proq vaqt kerak bo‘ldi.
Bo‘ysunmagan mahalliy xukmdorlarga qarshi arablar bir necha jazo yurishlari uyushtirdilar, shundan so‘nggina xalifalik hokimiyati Chochda katta qiyinchilik bilan qaror topdi.
Yozma manbalar Choch shaharlari va uning poytaxti tuzilishi va xususiyatlari to‘g‘risida juda oz ma'lumot beradi. Lekin bu ma'lumotlarni arxeoyaogiya fani birmuncha to‘ldiradi. Toshkent mikrovohasida, ya'ni hozirgi Toshkent hududida ilk o‘rta asrlarda 4 shahar va 20ga yakin qal'a hamda manzilgohdan iborat butun bir majmua shakllangan edi. Ular orasida poytaxt Madinat ash-Shosh (arab manbalari bo‘yicha) markaziy o‘rinni egallagan bo‘lib, bu shahar qoldiqlari Mingo‘rik shahar xarobasida o‘rganilgan. Arab alifbosida "Ch" xarfi yo‘qligi bois, Choch nomi "Shosh" tarzida berilgan. Arablar istilosi arafasida bu hududda shaharlar barpo etish ishlari avj olgan edi. Bu Choch o‘lkasini "ming shahar mamlakati" deb atashga asos bo‘lgan.
VII asr-VIII asrning boshida Mingo‘rikdagi shahar g‘oyat gullab yashnadi. Shahar ancha kengayib, atrofi qo‘rg‘on devorlari bilan o‘rab olinganini arxeologlar qayd qilganlar. Mingo‘rik qo‘rg‘on qal'a xyamda shahristonni o‘zida birlashtirgan. Qalin paxsa va xom g‘ishtdan tiklangan devor bilan o‘ralgan qal'a zinapoya shaklidagi to‘g‘ri burchakli minoralarga ega edi. Ularning balandligi 5-6 m bo‘lganligi aniqlangan, ilgari esa, shubhasiz, yanada baland bo‘lgan. Qang‘ga xos diniy markazning mustahkamlangan xarobalarida saroyga o‘xshab qurilgan majmua hukmdorlarning rasmiy shahar qarorgohi qad ko‘targan.
Ilk o‘rta asrga oid shahar inshootlari Toshkentning zamonaviy binolari ostida qolib ketdi. Lekin tasodif tufayli saqlanib qolgan ilk shahar turar joylari yoki madaniy qatlami qoldiqlarini topish va tozalashga muvaffaq bo‘lindi. Shuningdek, VII-VIII asrning boshiga oid saroy majmuasi qoldiqlari bir muncha to‘liq o‘rganildi.
Sug‘d va Baqtriyadagi kabi boshqa mulklar, chunonchi, Buxoro hukmdorlari buxorxudotlarning ziynatlangan, devorlariga naqshlar chizilgan, yog‘och o‘ymakorligi va gul bilan bezatilgan zallarni o‘z ichiga olgan saroylari singari Choch hukmdorlari saroylari ham dabdabali bezatilgan edi.
U hakda "Shohnoma" mualli fining so‘zlari bilan shunday deyish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |