Bur respublikasining taslim bo’lishi; Yaponiya bilan shartnoma imzolab, unga katta moliyaviy yordam ko’rsatishi;
275. Buyuk Britaniya va Afg’oniston o’rtasida "Buyuk Britaniyaning Afg’onistonda temir yo’l qurishiga rozilik berish, ingliz fuqarolarining Afg’onistonga erkin kirib-chiqishiga ruxsat berish" talablari ko’zda tutilgan bitim qachon imzolangan?*1907-yilda
276. Buyuk Britaniyada “bekor o’tgan 13 yil” davomida hukumatni qaysi siyosiy partiya boshqargan?* konservatorlar
277. Buyuk Britaniyada birinchi ”Milliy besh yillik iqtisodiy dasturi” qachon qabul qilindi? *1965-yilda
278. Buyuk Britaniyada ikkinchi parlament islohoti o’tkazilgan yilda sodir bo’lgan voqealarni toping. *Buyuk Britaniyaning aralashuvi bilan Efiopiyada imperator Kasa hokimiyati ag’darildi; Liberiya ozod davlati tuzilganligi e’lon qilindi;
279. Buyuk Britaniyada irland muxolifat guruhi hamjamiyati hukumatdan qanday agrar islohot o’tkazishni talab qilgan edi? *ijaraning qat’iy bo’lishi, ijara haqining insof bilan olinishi va ijaraga olingan yerning qo’ldan qo’lga erkin o’tishini ko’zda tutuvchi agrar islohot
280. Buyuk Britaniyada J.Meyjor Bosh vazirligi davrida ilgari surilgan dasturni aniqlang. *"Teng imkoniyatlar jamiyati"
281. Buyuk Britaniyada kimning davrida "narx-navo va daromadlar" siyosati bekor qilingan? (XX asrning II yarmi) *E. Xit
282. Buyuk Britaniyada qaysi qonunga ko’ra ish tashlashlar vaqtida korxonalar ko’rgan zararni tred-yunionlardan undirilishi taqiqlangan?*"Ish haqi minimumi to’g’risida"gi qonun
283. Buyuk Britaniyada qaysi soha ishchilarining 1911-yildagi ish tashlashlari 6 hafta davom etgan? *ko’mir qazuvchilar
284. Buyuk Britaniyada U.Gladston bosh vazir bo’lib turgan davrda tarixda sodir bo’lgan voqealar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.* Avstriya va Vengriya hukmron doiralari o’rtasida bitim imzolandi. Xiva xonligi Rossiyaning vassaliga aylandi. Fransiyada T’yer boshchiligida yangi hukumat tuzildi.
285. Buyuk Britaniyaning qaysi bosh vazir boshchiligidagi hukumati kamomadsiz budjetni uzoq vaqt ushlab turish maqsadida daromadidan qat’i nazar 18 yoshdan yuqori barcha fuqarolarni soliqqa tortish siyosatini qo’lladi? *M. Tetcher
286. Buyuk Fransuz burjua inqilobi davrini eslang va qaysi voqeadan so’ng saylovda qatnashish uchun talab etiladigan mulk senzi bekor qilinganligini aniqlang. *1792-yil 22-sentyabrda Fransiya Respublika deb e’lon qilingach
287. Buyuk geografik kashfiyotlarni amalga oshirgan quyidagi dengizchilardan qaysi biri portugaliyalik emas?*Amerigo Vespuchchi
288. Buyuk Karl davriga oid voqeani aniqlang. *xalq maktabi joriy etilgan
289. Buyuk Karl hayoti va faoliyati haqidagi ma’lumotlarni kimning asarlari orqali bilib olish mumkin?*Eyngard
290. Chan Kayshi 1936-yil qayerda asirga olindi? * Sianda
291. Chexoslovakiyadagi “Praga bahori” nomi bilan tarixga kirgan voqea yuz berganda hokimiyat tepasida kim turgan edi?A.Dubche
292. Chig’atoy ulusi davriga oid me’moriy obidalarni aniqlang *To’rabekxonim maqbarasi; Bayonqulixon maqbarasi;
293. Chingiziylardan bo’lgan To’xtamishxon va Amir Temur o’rtasidagi hal qiluvchi jang qayerda bo’lib o’tgan?*Shimoliy Kavkazda
294. Chingizxon qo’shinlari Dashti Qipchoq yerlariga qaysi hududlar orqali chiqqan? *Afg’oniston, Sharqiy Eronni egallab, Kavkaz orqali
295. Chor Rossiyasi qo’shinlari O’ratepa va Jizzaxga qarshi harbiy harakatlar olib borgan davrda Orenburg general-gubernatori bo’lgan shaxsni aniqlang * N.Krijanovskiy
296. Chor Rossiyasining O’rta Osiyodagi harakatlarini olib borishdagi harbiy markazini aniqlang.* 1865-yilda tashkil qilingan Turkiston viloyati
297. Chor Rossiyasining O’rta Osiyodagi istilochilik yurishlarining to’rtinchi bosqichi amalga oshirilgan davrda tarixda sodir bo’lgan voqearni toping. *Braziliyada qullikka qarshi kuchlar "Ozodlik manifesti"ni e’lon qildi.
298. Dastlab Xorazmni xorazmshoh unvoni bilan idora qilgan shaxsni aniqlang. *Kayxusrav
299. Davlat hokimiyatini bo’lish, ya’ni ijro etuvchi hokimiyatni qonun chiqaruvchi hokimiyatdan ajratish haqidagi ta’limotni ilgari surgan jamoat arbobini aniqlang.*Jon Lokk
300. Dehli sultonligida kimning hukmronligi davrida Panjob, Sind va Bengaliya hududlari bo’ysundirildi?* Shamsiddin Eltutmish
301. Dehqon va chorvadorlarning eng qadimgi manzilgohlaridan biri bo’lmish Zamonbobo manzilgohi qayerdan topilgan? *Buxoro viloyatidan
302. Dengizchi admiral Xristofor Kolumb vafot etganidan qancha vaqt o’tib, lotaringiyalik xaritashunos olim M.Valdzemyuller Kolumb kashf etgan yangi qit’ani “Amerika” deb atashni taklif etdi? *1 yil
303. Do’st Muhammadxon ingliz-afg’on do’stlik shartnomasini imzolagan yilda sodir bo’lgan voqeani belgilang. *o'zbeklar va tojiklar yashaydigan Amudaryo janubiy sohilidagi hududlar Afg'oniston viloyatiga aylantirildi
304. Edmund Brek va Jozef de Mester haqida quyidagi ma’lumotlarning qaysi biri to’g’ri berilgan? *XVIII asrda paydo bo’lgan konservatizm ta’limotining ko’zga ko’ringan arboblari
305. Eftaliylar davrida O’rta Osiyo aholisining madaniy an’analari qo’shni mamlakatlar, xususan,. . . * Hindiston va Eron tasviriy uslublari bilan uyg’unlashib ilk o’rta asrlar madaniyatining shakllanishida mustahkam poydevorga aylandi
306. Eftallar davlati qulagach, Amudaryodan Suriyagacha qadar Ipak yo’li ustidan kimlar nazorat o’rnatgan?* eronliklar
307. Erkin kishilarga qirol amaldorlari o’zboshimchaliklari va ortiqcha jarimalardan himoya qilish va’da qilingan hujjatni aniqlang. *«Buyuk ozodlik xartiyasi»
308. Ernazarbiy qo’zg’oloni . . . hukmdorligi davrida bostirilgan. *Said Muhammadxon
309. Eron hukmdori Nodirshoh qo’shinlari Xivani o’ziga bo’ysundirgan yili sodir bo’lgan voqeani aniqlang. *Muhammad Ali Misr va Sudanni boshqarishni meros qilib qoldirish huquqini qo’lga kiritdi.
310. Eron hukmdori Nodirshoh qo’shinlari Xivani o’ziga bo’ysundirgan yili sodir bo’lgan voqeani aniqlang.(1740) A)Xiva va Rossiya o’rtasida "Majburiyatlar akti" imzolandi.(1842) B)Muhammad Ali Misr va Sudanni boshqarishni meros qilib qoldirish huquqini qo’lga kiritdi.(1840) C)Muhammad Alixon Qo’qon xonligi taxtidan voz kechdi.(1841) D)Rim Papasi Koreya yepiskopligi tuzilganligini e’lon qildi.(1831)
311. Eron shohi Nodir Quli o’ldirilgan yilda . . .*afg’on qabila xonlarining jirg’asi afg’onlarning abdali qabilasi sardori Ahmadxonni Afg’oniston shohi deb e’lon qildi
312. Eron va Rossiya o’rtasida imzolangan qaysi shartnomadan keyin Eron Kavkazorti hududlariga bo’lgan da’vosidan voz kechdi? *Turkmanchoy
313. Eronda dehqonlarning boshqa joylarga ketishlariga yo’l qo’ymaslik maqsadida 1710-yilda qaysi hukmdor tomonidan dehqonlarning yerni tashlab ketishlarini ta’qiqlovchi farmon chiqarildi? *Sulton Husayn
314. Eronda Ismoil Safaviy hukmronligi tugagan yilda bo’lib o’tgan voqeani belgilang. *Germaniyada katolik cherkovi zulmiga qarshi boshlangan harakat yer egalari zulmiga qarshi urushga aylanib ketdi.
315. Eronliklar yordamida Hindiston taxtini egallagan Boburiy hukmdorni aniqlang.* Humoyun
316. Eshimxon boshchiligida qoraqalpoqlar davlati tashkil topgan davrda Qo’qon hukumdori bo’lgan shaxsni aniqlang. *Shohruxbiy
317. Etrusklar Italiyaning qaysi qismida yashaganlar? *shimoli-g’arbiy qismida
318. Farg’ona qachon yuksak taraqqiy etgan davlatga aylandi?*mil.avv. II-I asrlarda
319. Fashistlar Germaniyasi tomonidan Avstriya va Chexoslovakiya bosib olingan vaqtda Buyuk Britaniya bosh vaziri kim edi?*N.Chemberlen
320. Faysal o’zini Suriya qiroli deb e’lon qilgan vaqtda jahon sahnasida bo’lib o’tgan voqeani aniqlang. *Germaniyada monarxist B.Kapp va general Lyudendorf boshchiligida davlat to’ntarishi o’tkazish uchun isyon ko’tardilar.
321. Finikiyaliklar Kipr orollari va Kichik Osiyo sohillarida koloniyalarga asos solgan davrda tarixda yuz bergan voqeani toping. *Misrda Amon Ra xudosi fir’avnlarning bosh ilohi va homiysiga aylangan
322. Fon Kaufman Turkiston generalgubernatori lavozimini egallab turgan davrda jahon tarixida quyidagi voqealardan qaysilari yuz bergan?*Fransiya-Prussiya urushi bo’lib o’tdi; Buyuk Britaniya hukumati irlandlarga “Yer-suv akt”ni taklif qildi; Porfilio Dias Meksika prezdenti deb e’lon qilindi; Rim Italiya qirolligining poytaxti deb e’lon qilindi
323. Fosfor olish jarayoni quyidagi qaysi olim tomonidan soddalashtirilgan?* Tomson
324. Franklar qirolligini imperiya deb e’lon qilinishiga olib kelgan imkoniyat. *Rim mahalliy zodagonlarining papaga qarshi isyon ko’tarishi
325. Fransiya hukmron doiralari norozi bo’lgan Buyuk Britaniya-Fransiya savdo shartnomasi qachon tuzilgan edi? *1860-y.
326. Fransiya hukumati 1919-yilda Jazoir uchun chiqargan alohida dekretiga asosan mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlariga o’tkaziladigan saylovlarda qatnashish huquqi berilgan qatlamlarni aniqlang. *dehqonlaran; savdogarlar; ziyolilar; sobiq harbiy xizmatchilar; amaldorlar
327. Fransiya hukumati Buyuk Britaniyani qaysi davlat bilan haddan tashqari bog’langanlikda ayblab, uning “Umumiy bozor”ga qabul qilinishiga qarshlik ko’rsatgan? *AQSh bilan
328. Fransiya hukumati kimning rahbarligi davrida Suriyaga mustaqillik berishga majbur bo’lgan edi? *Sh. de Goll
329. Fransiya Lokarno shartnomasini imzolash orqali o’z ittifoqchisi hisoblangan qaysi davlatlarga nisbatan xiyonat qilgan? *Polsha va Chexoslovakiyaga
330. Fransiya qirollarining an’anaviy toj kiyish marosimi qaysi shaharda o’tkazilgan? (O’rta asrlar) *Reyms shahri
331. Fransiya tomonidan 1891-1896-yillar davomida quyidagi qaysi hududlar bosib olingan?*Mavritaniya; Gvineya; Senegal; Madagaskar;
332. Fransiyada 1881-1882-yillarda qabul qilingan ta’lim tog’risidagi qonunga ko’ra…..*Maktab cherkovdan ajratildi; Ta’limning dunyoviyligi ta’minlandi; 13 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun majburiy bepul ta’lim joriy etildi;Maktablarda ta’lim maxsus davlat dasturlari asosida olib boriladigan bo’ldi;
333. Fransiyada Filipp IV hukmronligi davri bilan bog’liq to’g’ri ma’lumotlarni ko’rsating. * Shampan grafligi va Lion viloyati qirol domeniga qo’shib olindi;cherkov yerlari soliqqa tortildi; General Shtatlar chaqirildi;
334. Fransiyada Filipp IV hukmronligi davri bilan bog’liq to’g’ri ma’lumotlarni ko’rsating. *Shampan grafligi va Lion viloyati qirol domeniga qo’shib olindi; cherkov yerlari soliqqa tortildi; General Shtatlar chaqirildi;
335. Fransiyada gotika uslubida bunyod etilgan ibodatxonalarni ko’rsating. *Ruan; Reyms; Bibi Maryam; Shartr;
336. Fransiyada hukumatni R.Puankare boshqargan davr bilan bog’liq ma’lumotlarni toping *soliqlarning 9 mlrd frankka ko’paytirilishi; davlat xarajatlarining qisqartirilishi; urush nogironlariga to’lanadigan nafaqalarning kamaytirilishi;
337. Fransiyada Iyul monarxiyasi qulagan vaqtda tarixda yuz bergan voqeani toping. *Berlinda qo’zg’olon boshlandi.
338. Fransiyada Leon Blyum hukumati qabul qilgan qarorlar to’g’ri korsatilgan javobni toping.* ish haqini oshirish; 40 soatlik ish haftasini joriy qilish; korxonalarda jamoa shartnomalari tuzish; kasaba uyushmalari huquqlarini himoya qilish;
339. Fransiyada monarxiya ag’darilib, qirol Lyudovik XVI qatl qilingan yilda . . . *Nepal davlati Sin sulolasiga vassallikni majburan tan oldi
340. Fransiyada qirol Lyudovik XVI qatl etilganidan so’ng qaysi davlat monarxlarining bosqinchilik hujumlari kuchaygan? * Prussiya; Ispaniya; Angliya; Avstriya
341. Fransiyada Uchinchi Respublika davrida manarxiyachilar kurashning terror usulini qo’llab bir qator qo’poruvchilik harakatlarini amalga oshirganlar. Fransiyaning qaysi prezidenti terror qurboniga aylangan edi?*S. Karno
342. Fransiyada Uchinchi Respublika davrida monarxiyachilar ikki marta o’z nomzodlarini prezidentlikka saylashgan. Ammo monarxiyani tiklay olmagan. Bunga sabab nimada bo’lgan? *Fransiya aholisining katta qismi monarxiyaga qarshi bo’lganligi
343. Fransiyaning markazlashuviga olib kelgan tasarrufdagi yerlarni birlashtirish jarayonini boshlab bergan qirol Lyudovik VI nechanchi asrda hukmronlik qilgan?* XII asrda
344. Fransiyaning markazlashuviga olib kelgan tasarrufidagi yerlarni birlashtirish jarayonini boshlab bergan qirol Lyudovik VI nechanchi asrda hukmronlik qilgan?* XII asrda
345. Fransiya-Prusiya urushi bo’lib o’tgan davrida Rim papasi bo’lgan shaxsni aniqlang *Piy IX
346. Fransuzlarning 100 ming kishilik qo’shini Mets qal’asida mag’lubiyatga uchragan yilda bo’lib o’tgan voqeani aniqlang. *AQSh Konstitutsiyasiga irqiy kamsitishlarni bekor qiluvchi tuzatish kiritildi.
347. G.Prinsipning qaysi harakati keskinlik keltirib chiqarib, oxir-oqibat kata siyosiy o’zgarishlarga olib keldi?*shahzoda Frans Ferdinandni o’ldirilishi
348. G’arbiy Yevropada XIX asrning II yarmida o’rta qatlam vakillari orasida, ayniqsa, qaysi toifa ajralib turardi? *huquqshunoslar
349. G’arbiy Yevropaning qator davlatlarida reformatsiya yoyilgan davrda Vatanimiz tarixi bilan bog’liq bo’lgan voqeani belgilang.* Imomqulixon markaziy davlat hokimiyatini nisbatan mustahkamladi.
350. G’azna viloyati noibi (Somoniylar davrida) Alptegin qaysi viloyatlarni mustaqil boshqarishga intilib, G’aznaviylar davlatiga asos solgan edi?*Qobul va G’azna
351. G’aznaviy hukmdorlar davriga mos keluvchi ma’lumotlar to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang.*1) Mahmud G’aznaviy- mamlakat hududi kengayib Sharqning eng qudratli davlatlaridan biriga aylandi 2) Ma’sud G’aznaviy- mamlakat viloyatlari birin-ketin qo’ldan chiqib, tanazzulga yuz tutdi; 3) Alptegin- G’aznaviy davlatiga Nasos solindi; 4) Sobuqtegin- mamlakatning siyosiy nufuzi ortib, somoniylar tomonidan e’tirof etildi
352. G’arbiy Rim imperiyasi qulagan vaqtda sosoniylar davlati hukmdori kim bo’lganligini aniqlang?*Pero’z
353. G’arbiy Yevropada qaysi davrga kelib savdogar (negosiant) va bank egalari burjuaziyaning yuqori qatlamiga aylandi?*XVII asr o’rtalariga kelib
354. Ganada marokashliklar hukmronligiga qachon chek qo’yildi? *1087-yilda
355. Gandamak bitimi imzolanganidan keyin Afg’oniston mustaqilligini yo’qotdi va Qobulga ingliz rezidensiyasi ochildi. Rezidensiyaning vazifasiga nima kirgan edi?*afg’on amiri hatti-harakatlari hamda Buyuk Britaniyadan yuborilgan qarzlar qanday sarflanayotgani ustidan nazorat qilish
356. Ganza ittifoqi Shimoliy dengizda savdodagi raqobatchisi Daniya qiroliga jiddiy zarba bergan davrda Osiyo tarixida yuz bergan voqeani toping.*Amir Temur davlati tashkil topib, mustahkamlandi.
357. German qabilalaridan bo’lgan langobardlar qaysi hududda davlat tuzishgan? *Italiyada
358. Germaniya aholisi katolik cherkovini isloh qilish talabi bilan chiqqan yilda (I) va cherkov eshigiga “95 tezis” deb atalgan xitobnoma yopishtirib qo’yilgan yilda (II) Buyuk Britaniyada kimlar hukmdorlik taxtida o’tirganligini aniqlang. *Genrix VIII;
359. Germaniya Bag’dod temir yo’li loyihasining Izmir-Anqara qismini qo’lga kiritgan va bu loyihani to’la qo’lga kiritgan yillar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.*1888-, 1903-yillar
360. Germaniya imperiyasi tarixida nechanchi yildan boshlab yakshanba dam olish kuni deb belgilandi? *1891-yildan
361. Germaniya Reyxstagi lyuterchi-knyazlar o’zi va fuqarosi uchun xohlagan dinni tanlash huquqiga ega ekanligi to’g’risida qaror qabul qilgan yilda. . . *Hindistonda Boburiylar saltanatiga asos solindi
362. Germaniya va Italiya Lotin Amerikasi davlatlarida hokimiyatni fashistlar egallashlarida qaysi davlatda amalga oshirilgan usulga umid bog’lagan edilar? *Ispaniya
363. Germaniyada davlat boshqaruvining burjua demokratik shaklidan totalitar diktatura shakliga o’tish qachon yuz berdi? *1933-yil
364. Germaniyada Federativ davlat maqomi bekor qilingan yilda. . . *SSSRda 10 yillik ta’lim joriy etildi
365. Germaniyada prezident P.Gindenburg tomonidan imzolangan va A.Gitlerga favqulodda vakolatlar bergan hujjatni aniqlang. *“Xalq va davlatni muhofaza qilish to’g’risida”gi dekret
366. Germaniyada protestant knyazlar Rim Papasi bilan bitim tuzib, unga ko’ra har bir knyaz o’z fuqarolari uchun istagan dinni tanlash huquqiga ega bo’lgan yilda(1526) Angliyada kim qirol(icha) edi?*Genrix VIII (1509-1547)
367. Germaniyadagi "Birlashuv jarayonining otasi" degan nom olgan arbobni aniqlang.*G.Kol
368. Germaniyaning birinchi Prezidenti etib saylangan siyosatchini aniqlang. *F.Ebert
369. Germaniyaning birlashuviga qadar Gabsburglar sulolasidan bo’lgan imperatorlar Germaniyaning qaysi hududida hukmronlik qilgan? *Avstriyadagi yerlarida
370. GFR tarixiga oid quyidagi voqealar yillari bilan to’g’ri ko’rsatilgan javobni belgilang. *1. Okkupatsiya tartibi bekor qilindi-1951-yil. 2. GFR da 12 ta diviziya, harbiy aviatsiya va harbiy flotning cheklangan kuchlaridan iborat armiyaga ega bo’lishga ruxsat etildi-1954-yil. 3. "Xalshteyn doktrinasi" e’lon qilindi-1955-yil. 4. Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyatiga a’zo bo’ldi-1958-yil.
371. GFRning XX asr 50-yillaridagi tarixiga doir to’g’rima’lumotni toping?*Oziq-ovqat muammosi to’la hal etildi va sanoat ishlab chiqarishi 1936-yil darajasiga yetdi.
372. Gitlerni “tinchlantirish” siyosatining tashabbuskori bo’lgan siyosiy arbobni aniqlang*Buyuk Britaniya bosh vaziri N.Chemberlen
373. Gollandiya Respublikasi to’liq ozodlikka erishgan vaqtda Xiva xoni bo’lgan shaxsni aniqlang.*Arab Muhammad
374. Gumbazining balandligi 22 metrni tashkil etadigan Baroqxon madrasasini qurdirgan Baroqxon aslida kim bo’lganligini toping. *Suyunchxo’jaxonning o’g’li
375. Harbiy diktatorlik hukumatlarining tarix sahnasidan ketishi yillari to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping. *Peru-1980; Gvatemala-1985; Boliviya-1982; Argentina-1983; Salvador-1989;
376. Hindiston hukmdori Avrangzeb Olamgir bilan elchilik munosabatlarini olib borgan Buxoro hukmdorini toping. *Subhonqulixon
377. Hindiston hukmdori Shohjahon davrida Hindiston-Buxoro munosabatlarida keskinlik yuz bergan bo’lib, bu nima bilan bog’liq? *Buxoro xoni Nodirmuhammad va uning o’g’li Abdullaziz o’rtasida yuz bergan nizo bilan bog’liq
378. Hindistonda 1890-yilda shakllangan "so’l" radikal oqimga kim rahbarlik qilgan? *Bal Gangadxara Tilak
379. Hindistonda Buyuk Britaniya hukumati tomonidan tuz solig’i joriy etilgan yili O’rta Osiyoda…Turkiston viloyati tashkil etildi
380. Hindistonda La’l Bahodir Shastri Bosh vazir lavozimida ishlagan davrda jahon tarixida yuz bergan voqealarni aniqlang. * SSSRda hokimiyat L.I.Brejnev qo’liga o’tdi. Ruminiyada G.Georgiu-Dej vafotidan so’ng partiyada uning o’rnini N.Chaushesku egalladi. M.Ayubxon Pokistonda yangi muddatga Prezident etib saylandi.
381. Hindistonda sipohilar qo’zg’oloni bostirilgach, inglizmustamlakachilari qanday islohotlar o’tkazishga majbur bo’lganlar?* yangi soliqlar joriy etildi; mahalliy knyazlarning o’z yerlariga egaligi daxlsiz deb e’lon qilindi; “Ost-Indiya” kompaniyasi tugatildi;
382. Hindistonning shimoliy hududlariga o’rta asrlarda (XI-XII) kimlarning hujumlari, ayniqsa, kuchaygan? *turk va afg’on qabilalarining
383. Hirot hokimi Abulqosim Bobur 1454-yilda Movarounnahrga bostirib kirib Samarqandni qamalga olganida kim bu mojaroga qat’iyan aralashib, raqiblarni yarashtirgan? *Xo’ja Ubaydulloh Ahror
384. Hozirda Shanxay hamkorlik tashkiloti nomi bilan tanilgan tashkilot dastlab qanday atalgan? *≪Shanxay forumi≫
385. I jahon urushi yillarida Fransiya armiyasi saflariga chaqirilgan jazoirliklardan . . . foydalanishgan. *front orti ishlarida
386. I.Lazarev boshchiligidagi rus qo’shinlarining turkman qabilalariga qarshi dastlabki harbiy harakatlari boshlangandan ularning batamom bo’ysundirilishigacha bo’lgan yillar oralig’i to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. *1879-1885-yillar
387. Ibrohim Bo’ritegin 1038-yilda Amudaryo bo’yi viloyatlari -Chag’oniyon, Xuttalon va Vaxshni kimlardan tortib oldi? *g’aznaviylardan
388. II jahon urishidan so’ng mamlakat iqtisodiyotini tezroq tiklash maqsadida iqtisodiyotning “Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor xo’jaligi” modeli tanlangan davlatni aniqlang*GFR
389. II jahon urushi arafasida Buyuk Britaniya qaysi davlatlarga Germaniya hujum qilsa, unga harbiy yordam ko’rsatish haqida kafolat bergan? *Polsha; Ruminiya; Gretsiya;
390. II jahon urushi boshlangach, Germaniya va Italiya bilan yaqinlashish yo’lini tutgan Misrdagi siyosiy kuchlar rahbarini aniqlang. * qirol Faruh
391. II jahon urushi davrida Germaniya armiyasi qaysi jangdan so’ng sharqiy frontda hujum qilish qobiliyatini butunlay yo’qotdi?* Kursk
392. II jahon urushidan keyin Lotin Amerikasida latifundiyachilikning qulashi sabablarini aniqlang.* dehqonlar kurashi ta’sirida hukumatning agrar islohot o’tkazishga majbur bo’lishi; milliy sanoatning gurkirab rivojlanishi; kuchli demografik o’zgarishlar yuz berganligi;
393. Ikki jahon urushi oralig’ida Meksika iqtisodiyotiga mustahkamlanib olgan davlatlarni ko’rsating.*Buyuk Britaniya va AQSh
394. Ikki jahon urushi oralig’ida Uzoq Sharqda Buyuk Britaniya, AQSh va Yaponiya munosabatlari keskinlashgan maydonga aylangan hududni toping. *Xitoy
395. Ikkinchi jahon urushi boshlangandan o’tgan ikki yarim yil orasidagi nemislarning birinchi yirik mag’lubiyati qaysi shaharda bo’lib o’tdi?*Moskva
396. Ikkinchi jahon urushi davrida sanoat shahri sifatida vujudga kelgan respublikamizdagi shaharni toping. *Bekobod
397. Ikkinchi jahon urushi davrida Yevropadagi ittifoqchi qo’shinlarga qo’mondonlik qilgan, urush tugagandan keyin AQSHda prezident etib saylangan shaxsni aniqlang?*D.Eyzenxauer
398. Ikkinchi jahon urushi voqealarini eslang va Moskva ostonalarida hayot-mamot janglari bo’lib o’tgan davrni to’g’ri toping*1941-yil kuz qish oylarida
399. Ikkinchi jahon urushi yillarida fashizm kirdikorlari fosh etilib, g’alaba qozonishga bo’lgan ishonch aks ettirilgan asarlarni mualliflari bilan to’g’ri juftlab ko’rsating.*1) “Maktub”- Uyg’un; 2) “Jangchi Tursun”-Hamid Olimjon; 3) “Ona kuzatmoqda”-Maqsud Shayxzoda; 4) “Nayzamiz”- Sulton Jo’ra
400. Ikkinchi jahon urushi yillarida O’zbekistonda tuzilgan, milliy qo’shilma askarlari va zobitlariga yaxshi harbiy ta’lim berishda katta rol o’ynagan zaxiradagi diviziyani toping. *24-o’qchi diviziya
401. Ikkinchi jahon urushi yillarida O’zbekistondagi qaysi viloyatlar qand lavlagi yetishtirish bo’yicha ixtisoslashtirildi? *Toshkent; Farg’ona; Samarqand; Qashqadaryo;
402. Ikkinchi jahon urushi yillarida O’zbekistonning qaysi shaharlarida yangi teatrlar ochilgan edi?*Andijon va Toshkent
403. Ikkinchi jahon urushi yillarida samolyot va tanklarga kerakli mahsulotlar yetkazib beradigan ≪Kommunar≫ va ≪Stroymashina≫ zavodlari respublikamizning qaysi shahrida joylashgan edi? *Andijon
404. Ikkinchi jahon urushi yillaridan keyin O’zbekistonda barpo etilgan kimyo sanoati korxonalarini ular qurilgan yillari bilan muvofiqlashtiring. *Farg’ona azot o’g’iti zavodi-1962-yil; Navoiy kimyo kombinati-1965-yil; Olmaliq kimyo zavodi-1969-yil;
405. Ikkinchi jahon urushidan keyin Buyuk Britaniyaning dunyo siyosatidagi o’rni alohida 3 yo’nalishda bajargan vazifasi bilan belgilanadigan bo’ldi. Bular. .
Do'stlaringiz bilan baham: |