TEST
2016-yil variantlar. 9-sinf Jahon tarixi
Bir yilda sodir bo`lgan tarixiy voqealarni aniqlang.
1) Bur Respublikasi Buyuk Britaniya mulklari tarkibiga qo`shib olindi. 2) Kushka shahri ruslar tomonidan bosib olindi.
3) Yaponiya Buyuk Britaniya shartnomasi imzolandi. 4) San-Stefanoda Rossiya-Turkiya shartnomasi imzolandi.
5) Xiva xonligi Rossiyaning vassaliga aylantirildi
A) 1, 3 B) 2, 1 C) 1, 5 D) 2, 5
Quyidagi qaysi davlatda XX asr boshlarida qabul qilinayotgan qonunlarning shariatga muvofiqligini nazorat qilish ustidan besh ulug` ulamolar tayinlangan?
A) Eron B) Turkiya C) Hindiston D) Afg`oniston
1886-yilda Britaniya hukumati Irlandiyaga gomrul berishga qaror qildi. Biroq, parlament uni rad etdi. Shunday sharoitda, Irlandiya burjuaziyasining bir qismi Irlandiyaga muxtoriyat berish talabi bilan chiqdi. Burjuaziyaning savdo-sanoat doiralari manfaatlarini ko`zlovchi qismi qanday keskin talabni o`rtaga tashladi?
A) Irlandiyaning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash B)
Irlandiyaning siyosiy mustaqilligini ta’minlash
C) Britaniyalik pomeshchiklarni Irlandiyadan chiqarib yuborish
D) Irlandiya mustaqil parlamentini turish huquqini berish
Quyidagi atamalarning mazmuni to`g`ri ko`rsatilgan javobni toping.
1) ultimatum 2) demobilizatsiya 3) traktat 4) doktrina 5) segregatsiya
a) aholini majburiy irqiy guruhlarga bo`lish b) siyosiy rahbarlik tamoyili c) xalqaro shartnoma, bitim
d) bir tomonning ikkinchi tomonga qo`yadigan qat’iy talabi e) harbiy xizmatdan bo`shatish A) 1-d, 2-e, 3-d, 4-c, 5-a B) 1-d, 2-e, 3-c, 4-b, 5-a C) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d, 5-e D) 1-d, 2-c, 3-b, 4-e, 5-a
Chet elliklarga qarshi Xitoy, Hindiston, Misrda milliy-ozodlik harakatlari davrda vujudga kelgan siyosiy partiyalar (tashkilotlar)ni ularni nashr qilgan gazetalari mos ravishda joylashtirilgan javobni toping.
1) “Xitoy uyushmalari ittifoqi” 2) “Hindiston Milliy Kongressi so`l oqimi” 3) “Vatan” partiyasi
a) “Bayroq” gazetasi b) “Sher” gazetasi c) “Xalq” gazetasi
A) 1-b, 2-a, 3-c B) 1-c, 2-a, 3-b C) 1-a, 2-b, 3-c D) 1-c, 2-b, 3-a
1877-1878-yillarda bo`lib o`tgan Rossiya-Turkiya urushi davrida yana qaysi davlatlar urush harakatlarida qatnashganligini aniqlang.
A) Chernogoriya va Bolgariya B) Gersogovina va Bolgariya
C) Serbiya va Chernogoriya D) Serbiya va Bolgariya
XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Rossiyada og`ir sanoatning tezlik bilan o`sishi nima tufayli yuz bergan?
A) pomeshchik xo`jaligining mavjudligi B) chet el kapitalining kirib kelishi
C) pomeshchiklarning islohotlarga yo`l berishi D) burjuaziyaning siyosiy mavqeyining ortishi
1895-yilda tashkil topgan Argentina sotsialistik partiyasi qanday islohotlar o`tkazish uchun kurash olib bordi?
1) diniy ta’limni bekor qilish 2) yer islohoti 3) yagona soliq joriy etish 4) kasaba uyushmalarini birlashtirish
5) 20 yoshga to`lganlarga saylov huquqi berish 6) namoyishlarga ruxsat olish A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 5, 6 C) 2, 3, 4, 5 D) 1, 3, 4, 6
XIX asr oxirgi choragida qaysi davlatlarda ishchilar harakatiga qarshi “favqulodda qonun” joriy etilgan?
1) Germaniya 2) Avstriya-Vengriya 3) AQSh 4) Italiya 5) Fransiya
A) 1, 4 B) 2, 3 C) 3, 5 D) 1, 2
Yaponlar uchun Koreya ochiq mamlakat deb e’lon qilingan yildan to Seulda saroy to`ntarishi uyushtirib, yaponparast hukumat tuzilgan yilgacha bo`lgan vaqt oralig`ida dunyo tarixida bo`lib o`tgan voqealarni toping. 1. “Ixetuan” harakati qo`zg`olon tusini oldi. 2. Hindistonda “Musulmonlar ligasi” tashkil topdi. 3. Afg`oniston amiri Abdurahmon mamlakat janubidagi afg`on qabilalari hududi Buyuk Britaniya qaramog`ida qolishiga rozi bo`lgan shartnoma imzoladi. 4. Buyuk Britaniya Erondagi neft konlaridan foydalanish, tosh va temir yo`l qurish konsessiyalarini oldi. 5. Buyuk Britaniya va Afg`oniston o`rtasida Gandamak shartnomasi imzolandi.
A) 1, 3, 4 B) 1, 2, 4 C) 3, 4, 5 D) 2, 3, 5
Birinchi jahon urushi yillarida Mesopotamiya va Falastinda ingliz qo`shinlari harakatining kuchayishi natijasida, Turkiya boy bergan hududlarni aniqlang.
1) Mesopotamiya 2) Arabiston yarim oroli 3) Falastin 4) Bag`dod 5)
Ardagan A) 2, 3 B) 4, 5 C) 3, 4 D) 1, 5
Ma’lumki, Yaponiya 1895-yilda 10-yillik qurollanish dasturini qabul qildi. Shundan so`ng qanday shartnomalar tuzishga erishdi?
A) Rossiya bilan urush chiqqan taqdirda buyuk davlatlarning betaraf qolishini ta’minlaydigan
B) Osiyoga bosqinchilik yurishlarini ta’minlaydigan C) Koreyani anneksiya qilish huquqini beradigan
D) AQShga qarshi kurashda ittifoqchilarga ega bo`lishni ta’minlaydigan
Nima uchun Germaniya XX asr boshlarida panturk va panislom mafkuralarini o`ziga shior qilib olgan “Uchlik” (Turkiya)ni qo`llab-quvvatlay boshladi.
A) Bu mafkura g`oyalari Antanta manfaatlariga zid edi
B) Bu mafkura g`oyalari “Uchlar ittifoqi” manfaatlariga zid edi
C) Turkiya mustamlakalariga ega bo`lish maqsadida
D) “Ittihodi Muhammadi” partiyasining xavfini oldini olish maqsadida
Ma’lumki, Bolqondagi mustaqil davlatlar Bolqon ittifoqini tuzishgan edi, Ittifoq tarkibida quyidagi davlatlardan qaysilari kirganligini aniqlang.
1) Bosniya 2) Bolgariya 3) Serbiya 4) Gersogovina 5) Chernogoriya 6) Gretsiya
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 4, 5, 6 C) 2, 3, 4, 6 D) 2, 3, 5, 6
Bir yilda bo`lib o`tgan voqealarni toping.
1. Buyuk Britaniya parlamenti deputati, olsterlik protestant Parnell Irlandiyaga muxtoriyat huquqi berilishi haqida qonun qabul qilishni talab qildi. 2. Buyuk Britaniyada haftasiga 54 soatlik ish vaqti belgilandi va 10 yoshdan kichik bolalarni ishga qabul qilish ta’qiqlandi. 3. Hukumat Turkiyani moliyaviy bankrot deb e’lon qilishga majbur bo`ldi. 4. Yaponiya Janibiy Saxalin hisobiga Kurill orollarini Rossiyadan ajratib oldi. 5. AQSh o`ziga chegaradosh Meksikaning shimoliy tumanlarida Amerika korxonalari va temiryo`llar qurish uchun Meksika hukumatidan ruxsat so`radi.
A) 2, 4, 5 B) 1, 3, 4 C) 1, 3, 5 D) 1, 2, 4
XX asr boshlarida Germaniya qanchalik gurkirab rivojlanmasin, bu mamlakat ishchilari qaysi davlat ishchilariga nisbatan kam ish haqi olar edi?
A) Buyuk Britaniya va Rossiya B) AQSh va Fransiya
C) Buyuk Britaniya va Fransiya D) AQSh va Buyuk Britaniya
Quyidagi shaxslar yaratgan ixtirolar bilan to`g`ri moslashtirilgan javobni aniqlang.
1) G. Markoni 2) A. Eynshteyn 3) M. Kucherov 4) Tomson 5) G. Mendel
a) elektr bilan payvandlash b) nisbiylik nazariyasi c) simsiz telegraf d) gidratlanish reaksiyasi e) irsiyat qonuni
A) 1-e, 2-c, 3-d, 4-a, 5-b B) 1-e, 2-d, 3-c, 4-b, 5-a C) 1-c, 2-b, 3-d, 4-a, 5-e D) 1-e, 2-b, 3-d, 4-a, 5-c
Afrikadagi milliy ozodlik harakati yo`lboshchilari qaysi hududlarga surgun qilinganligi to`g`ri ko`rsatilgan javobni toping. A) Misrdan Ahmad Orabibey Somaliga va Gerero qabilasi yo`lboshchilari Samuil Magarero Gvineyaga surgun qilingan
B) Misrlik Ahmad Orabibey Hindistonga va G`arbiy Sudanlik Samori Ture Gaitiga surgun qilingan
C) Misrlik Ahmad Orabibey Seylonga va G`arbiy Sudanlik Samori Ture Gabonga surgun qilindi
D) Misrlik Ahmad Orabibey Sudanga va namalar yo`lboshchisi Xendrik Vitboy Gabonga surgun qilingan
Germaniyada imperator Vilgelm I ga 2 marotaba uyushtirgan suiqasd bahonasida qabul qilingan qonunni aniqlang.
A) “Sotsial-demokratlarning xavfli intilishlariga qarshi qonun”
B) “Imperatorning shaxsiy daxlsizligini ta’minlash to`g`risida” qonun
C) “Katolik ruhoniylarining imtiyozlarini cheklash to`g`risida” qonun
D) “Imperiya xavfsizligiga tahdidlarning oldini olish to`g`risida” qonun
Quyidagi ta’rif XIX asr ikkinchi yarmiga oid qaysi davlatga xos? “Ushbu davlat siyosiy tuzumga ko`ra konstitutsiyaviy monarxiya. Qirol ikki palatali parlament bilan qonun chiqaruvchi hokimiyatni bo`lib olgan. Senatorlar qirol tomonidan umrbod tayinlanadi. Ijro etuvchi hokimiyat Bosh vazir qo`lida to`plangan”.
A) Avstriya-Vengriya B) Germaniya C) Italiya D) Yaponiya
Xitoyda milliy partiya Gomindan tuzilgan yili Avstriya-Vengriya imperiyasida …
A) Chexiyada sud va ma’muriy ishlar uchun ikki xil til joriy qilindi B) Sotsial-demokratik partiya tuzildi
C) Konstitutsiya qabul qilindi D) Og`ir iqtisodiy inqiroz yuz berdi
XIX asr oxirida Fransiyaning qaysi hududini bosib olinishi yangi mustamlakalar bosib olish yo`lidagi dastlabki qadam bo`ldi A) Jazoirni B) Gvineyani C) Vyetnamni D) Tunisni
1899-yili Xitoyda “Ixetuan” harakati qo`zg`olon tusini oldi. Ular Sin hukumatiga qanday talablar qo`ydilar?
1) Yaponiyaga tovon to`lashni to`xtatish 2) Gongkongni Xitoyga birlashtirish 3)
Tayvanni Xitoyga birlashtirish 4) Respublika tuzumini o`rnatish 5) Sin hokimiyatini ag`darish
A) 1, 3 B) 4, 5 C) 3, 5 D) 1, 2
1881-yil sudanliklar yo`lboshchisi Muhammad Ahmad xalqni kimlarga qarshi muqaddas urushga chaqirgan edi?
1) misrliklarga 2) turklarga 3) efiopiyaliklarga 4) yevropliklarga 5) forslarga 6) zuluslarga
A) 2, 4, 6 B) 3, 4, 5 C) 1, 2, 4 D) 1, 3, 5
Germaniyaga qarshi Sharqiy Afrikaning janubi va markazida (Tanganika) 2 yildan ortiq davom etgan qo`zg`olon ko`targan vaqtda jahon tarixida yana qanday voqea sodir bo`ldi?
A) Eronda inqilobiy harakat boshlandi
B) AQSh davlat kotibi Xey “Ochiq eshiklar va teng imkoniyatlar” siyosatini e’lon qildi
C) Rus yapon urushi boshlandi.
D) Parijda “Yosh turklar”ning birinchi qurultoyi o`tkazildi
Sudanda tuzilgan Mahdiylar davlati bilan Efiopiya o`rtasida urush harakatlari boshlangan yildan to ular o`rtasida shartnoma imzolangan yilgacha bo`lgan vaqt oralig`ida dunyo tarixida bo`lib o`tgan voqealarni toping.
1. Braziliyada Respublika tuzumi o`rnatildi. 2. Argentina sotsialistik partiyasi tuzildi. 3. Rossiya bosib olgan O`rta Osiyo hududi va Afg`oniston o`rtasidagi chegaraning Pomirdan o`tishi haqidagi shartnoma imzolandi. 4. Turkmanlar yashaydigan joylarda afg`on-rus chegaralari qat’iy belgilab olindi. 5. Buyuk Britaniya Transvaalni bosib oldi.
A) 1, 4 B) 1, 5 C) 2, 4 D) 3, 4
Sudandagi Mahdiylar davlati bilan bog`liq 1889-yilda bo`lib o`tgan voqealar to`g`ri ko`rsatilgan javobni toping.
1. Efiopiya bilan o`zlarining foydasini ko`zlovchi bitim imzolashga muvaffaq bo`ldi.
2. Buyuk Britaniya yordamida Efiopiya bilan urush harakatlarini boshlashga majbur bo`ldi.
3. Poytaxti Omdurman bo`lgan mustaqil Mahdiylar davlati tuzildi.
4. Ansorlar yetakchisi Muhammad Ahmad – Mahdiy vafot etdi va uning o`rnini Abdulloh egalladi.
5. Buyuk Britaniya va Misr birlashgan qo`shinlari tomonidan mag`lub etildi.
A) 2, 3 B) 3, 4 C) 1, 5 D) 4, 5
Efiopiya va Somali alohida savdo-iqtisodiy va harbiy-strategik ahamiyatga ega bo`lib qoldi?
A) Suvaysh kanalining ochilishi
B) Efiopiyaning o`z mustaqilligini saqlab qolishi
C) “Keyptaundan Qohiragacha Buyuk Britaniya mustamlakasi bo`lishi kerak” degan shiorning e’lon qilinishi
D) “Janubiy Afrika ittifoqi”ning tashkil etilishi
Sun Yat Sen tomonidan “Xitoy uyushmalari ittifoqi” nomli siyosiy tashkilot tuzilgan yili sodir bo`lgan voqeani aniqlang.
A) Gerero qabilalarining qo`zg`oloni boshlandi.
B) Rus-yapon urushi boshlandi.
C) Birinchi jahon urushi boshlandi.
D) Xendrik Vitboy jangda halok bo`ldi.
Avstriya-Vengriyadagi qaysi partiya arboblari “Buyuk Germaniya” g`oyasini sinfiy tinchlikni targ`ib qilish, barcha ijtimoiy nizolarni “inoqlik va muhabbat ruhida” hal etishga da’vat qilish va antisemitizmni targ`ib qilish bilan qo`shib olib borgan?
A) Avstriya sotsial demokratik partiyasi
B) Xalq sotsial demokratik partiyasi
C) Xristian sotsialistlar partiyasi
D) Pangerman partiyasi
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Rossiya-Yaponiya munosabatlari qaysi hududlar tufayli yanada keskinlashdi?
A) Kurill orollarining shimoliy qismi tufayli
B) Koreya hududlariga da’vogarlik sababli
C) Xitoy va uning provinsiyasi Manjuriya tufayli
D) Saxalin orolining janubiy qismi tufayli
Bir yilda sodir bo`lgan voqealarni toping.
1. Germaniya ikkinchi marta imperiya deb e’lon qilindi. 2. Hindistonda barcha gazetalarni inglizlar nazoratiga o`tkazish haqida qonun qabul qilindi. 3. Argentinada immigratsiya va kolonizatsiya to`g`risida qonun qabul qilindi. 4. Italiyada cherkov va davlat munosabatini tartibga soluvchi qonun qabul qilindi. 5. Fransiya ikkinchi marta Respublika deb e’lon qilindi. 6. AQSh Kongressi janubdagi sobiq isyonchilarga umumiy avf berish to`g`risida qonun qabul qildi.
A) 2, 6 B) 2, 4 C) 1, 4 D) 3, 5
Quyidagi davlatlardan qaysilarida 1880-yilda (a) va 1895-yilda (b) partiyalar tashkil topgan?
1) Fransiya 2) Germaniya 3) Meksika 4) Rossiya 5) Argentina
A) a-2, b-5 B) a-1, b-5 C) a-2, b-3 D) a-1, b-4
Shimoliy Xitoyda birinchi temir yo`l ishga tushirilgan (a) va “Xitoy uyushmalari ittifoqi” siyosiy tashkiloti tuzilgan (b) yillarda Buyuk Britaniyaning ichki siyosatida sodir bo`lgan voqealarni belgilang. 1. Buyuk Britaniyada hukumat irlandlarga gomrul o`rniga “Yer-suv akti” taklif etdi. 2. Dublinda Irlandiya ishlari bo`yicha stats-sekretar va Irlandiya lordi o`ldirildi. 3. Buyuk Britaniya parlamenti deputati Olsterlik protestant Parnell Irlandiyaga gomrul berishni talab qildi. 4. A.Griffit “Shinfeyn” (“Biz o`zimiz”) partiyasini tuzdi. 5. Buyuk Britaniya parlamenti Irlandiyaga gomrul berishga majbur bo`ldi. A) a-2, b-4 B) a-1, b-4 C) a-1, b-5 D) a-3, b-2
Buyuk Britaniyada 1911-yilda quyida berilgandan qaysilari ifodalangan qonunlar qabul qilingan? 1)
70 yoshga kirgan kishilarga pensiya tayinlash 2) ish tashlashlar vaqtida korxonalar ko`rgan zararni tred-yunionlardan undirilishini ta’qiqlash 3) parlament deputatlariga maosh joriy etish 4) Irlandiyaga gomrul berish haqidagi qonun loyihasini tasdiqlash 5) Moliyaviy masalalarni hal etishni Lordlar palatasiga yuklatish
A) 3, 4, 5 B) 1, 2, 3 C) 1, 3, 5 D) 2, 3, 4
Quyidagilardan Buyuk Britaniya Transvaalni bosib olgan yilda sodir bo`lganlarni aniqlang. 1)
San-Stefano shartnomasi imzolandi. 2) Fransiya Madagaskarda o`z pretokratini o`rnatdi. 3) Olmpiya o`yinlari qayta tiklandi. 4) Nemis geografi F. Rixtgofen “Buyuk meridian yo`l”iga “Ipak yo`li” deb nom berdi. 5) Genrix Shliman qadimgi Troya qoldiqlarini topdi.
6) Bugungi kunda Britaniya muzeyida saqlanayotgan Amudaryo xazinasi topildi. A) 4, 5 B) 4, 6 C) 1, 5 D) 2, 3
Quyidagi voqealarni ular bo`lib o`tgan yillari bilan to`g`ri ko`rsatilgan javobni belgilang.
1. Kubada qulchilik bekor qilindi. 2. Meksikada dehqonlar qo`zg`oloni bostirildi.
3. Braziliyada “Ozodlik manifesti” e’lon qilindi.
a) 1883-yil b) 1917-yil c) 1880-yil
A) 1-c, 2-b, 3-a B) 1-a, 2-c, 3-b C) 1-c, 2-a, 3-b D) 1-b, 2-c, 3-a
Berlin Kongressi Serbiyaning Turkiyadan mustaqil ekanligi tasdiqlash bilan birga unga qanday majburiyatlar yukladi? 1) Chet el tovarlaridan tranzit boj olmaslik; 2) Rossiya tovarlariga 10% li boj belgilash;
3) Turkiyadan olib berilgan yangi hududlarga teng miqdorda uning chet el davlatlari oldidagi qarzini to`lash;
4) chet el tovarlaridan tushadigan daromadning bir qismini Avstriya-Vengriya imperiyasiga 5 yil muddatda to`lab turishi kerakligi. A) 3, 4 B) 2, 4 C) 1, 2 D) 1, 3
Quyidagi qaysi javobda bir vaqtda bo`lib o`tgan voqealar keltirilgan?
A) Birinchi jahon urushi davrida Bolgariya Germaniya bilan shartnoma imzolandi; inglizlar urush tarixida birinchi bor yangi qurol-tankni ishga soldi
B) Eron inqilobi boshlandi; Bengaliya ikki qismga bo`lindi.
C) Buyuk Britaniya tomonidan Misr bosib olindi; Sharqiy Sudanda Muhammad Ahmad boshchilida qo`zg`olon boshlandi D) Xitoyda “Minbao” gazetasi chiqa boshladi; HMKning radikal oqimi tomonidan “Svaraj”, “Svadeshi” rejasi ishlab chiqildi.
Quyidagi qaysi shartnoma XIX asr 70-yillarida Bolqon yarimorolining siyosiy xaritasini tubdan o`zgartirib yubordi?
A) Vashington B) Kuchukqaynarji C) san-Stefano D) Versal
XX asr boshlarida AQSh uchun strategik va iqtisodiy jihatdan juda katta ahamiyatga ega bo`lgan ob’yektni aniqlang.
A) Panama kanali B) Samoa oroli C) Sindao orollari D) Suvaysh kanali
1884-yilda kasaba uyushmalarining erkin faoliyatiga hamda ish tashlashga ruxsat etuvchi qonun qabul qilingan davlatni aniqlang.
A) Germaniya B) Fransiya C) AQSh D) Buyuk Britaniya
Quyidagilardan bir yilda bo`lib o`tgan voqealardan ko`rsating.
1. Meksikada demokratik ruhdagi konstitutsiya qabul qilindi.
2. Britaniya o`z qirolichasi Viktoriyani Hindiston imperatori deb e’lon qilindi.
3. Bur Respublikasi inglizlarga taslim bo`ldi. 4. Italiya va Fransiya o`rtasida bitim imzolandi.
5. “Yosh turklar” Parij shahrida o`zlarining birinchi qurultoyini o`tkazdilar.
6. Braziliyada qullarni ozod qilish haqida “Oltin qonun” qabul qilindi.
A) 1, 3, 4 B) 1, 2, 6 C) 3, 4, 5 D) 4, 5, 6
Do'stlaringiz bilan baham: |