Yuqori ishlab chiqarish quvvatli neftni birlamchi qayta ishlash qurilmasi texnologik sxemasi:
1, 24-26, 38-44, 51-55, 73, 74, 76, 77, 79, 80 - nasoslar; 2-6, 17, 20, 28, 29, 31, 34, 46, 47, 58, 63-65, 69 - havoli sovitkichlar; 7-13, 15, 16, 18, 60,
61, 78- issiqlik almashtirgichlar; 14 - elektrodegidratorlar; 19 -neftni benzinsizlantirish kolonnasi; 48-vakuum kolonnasi; 21, 32, 37, 45, 57, 66, 70– suvli kondensator-sovitkichlar; 22, 33, 67, 71, 72 – separator-eyg’gichlar; 23, 27, 56, 75 - pechlar; 30 – asosiy atmosfera kolonnasi;35, 36, 49, 50-bug’la tuvchi kolonnalar; 59 – barqarorlashtiruvchi kolonna; 62-68 – benzinni ikkilamchi fraksiyalash kolonnalari.
Qurilmadagi kolonnalar ish rejimi quyidagi 8-jadvalda keltirilgan:
Ko’rsatkichlari
|
Kolonna 6
|
Kolonna13
|
Kolonna 14
|
Qoldiq bosim, kPa
|
|
|
|
Kolonna yuqorisida ….......................
|
5,33
|
5,33
|
-
|
Xom ashyo kirish zonasida ………....
|
13,33
|
14,53
|
|
Temperatura, 0C
|
|
|
|
Kolonna yuqorida ……………….…
|
70 – 90
|
90
|
-
|
Kolonna pastida………………
|
390
|
340
|
320
|
Kolonnalardagi tarelkalar soni
|
20
|
26
|
5
|
Katalitik riforming qurilmasi.
Xom ashyo 12-nasos orqali bosim ostida (4,7 MPa) gidrotozalangan sirkulyatsiyalangan vodorod saqlovchi gaz va riformingdan ajralgan ortiqcha vodorod saqlovchi gaz bilan aralashtirishga beriladi. Bu aralashma 16- pechning aloqida bo`limida qizdiriladi (4250C gacha) va 15- gidrotozalash reaktoriga kiritiladi. Reaktordagi alyumokobal'tmolibdenli katalizator ishtirokida oltingugurtli birikmalar buzilib, so`ngra vodorod sul'fid qolatida chiqariladi. Shuningdek bir vaqtda xom ashyo azotli va kislorodli birikmalardan tozalash jarayoni boradi.
Bug’-gazli aralashma 15-reaktordan pastki qismidan chiqarilib, 10- qaynatkich va 14-sovutkichda sovitiladi va 350C harorat bilan 8-gazseparatorga kiritiladi. Bu yerda aralashma suyuq gidrogenizatga va sirkulyatsiyalanuvchi gazga ajratiladi. Gaz 2- absorber pastki qismidan monoetanolamin (MEA) yordamida vodorod sul'fiddan tozalash uchun kiritiladi, so`ngra 11-kompressor yordamida 4,7-5,0 MPa bosimgacha siqiladi va gidrotozalash tizimiga yuboriladi. Ortiqcha sirkulyatsiyalanuvchi gaz 1- kompressor yordamida 5,0 MPa bosimgacha siqiladi va qurilmadan chiqariladi.
Gidrogenizat 8-gaz separatoridan 9-issiqlik almashtirgichda sovitiladi va 7- buqlatuvchi kolonnaga kiritiladi. Kolonna yuqori qismidan chiquvchi vodorod sul'fid, uglevodorod gazlari va suv buqi 6-sovutkichda sovitiladi va 4- separatorga yuboriladi. Separator pastki qismidan 5-nasos orqali kondensat yiqib olinadi va 7- buqlatuvchi kolonnaga qaytariladi. Vodorod sul'fid va uglevodorod gazlari monoetanolamin (MEA) yordamida tozalash uchun 3- kolonnaga kiritiladi. Kolonna yuqori qismidan chiquvchi buqlar 27- fraksiyalovchi absorberga yuboriladi.
Gidrogenizat 7- buqlatuvchi kolonna pastki qismidan chiqariladi va 10- qaynatkich va 9-issiqlik almashtirgichdan so`ng 13-nasos orqali platforming blokiga yuboriladi. Gaz mahsulotli aralashma dastlab 20-issiqlik almashtirgichda qizdiriladi, keyin 16-pechda va 500-5200C haroratda 19- reaktorga kiritiladi. Aralashma 18 va 17- reaktorlardan ketma ketlikda o`tib, qar bir reaktordan so`ng 16-pechda qizdiriladi. Va niqoyat, oxirgi 17- reaktordan keyin gazmahsulotli aralashma 20-issiqlik almashtirgich va 21-sovutkichda 300C gacha sovitiladi va 22- yuqori bosimli separator (3,2-3,6 MPa) ga katalizatdan sirkulyatsiyalanuvchi gazni ajratish uchun kiritiladi.
Sirkulyatsiyalanuvchi gaz 5MPa bosim ostida 24-kompressor yordamida platforming tizimiga qaytariladi, ortiqchasi esa - gidrotozalash tizimiga. Beqaror katalizat 22-separatordan 23-past bosimli separator(1,9 MPa)ga kiritiladi. Katalizatdan ajraluvchi uglevodorodli gaz separator yuqori qismidan chiqarilib, 27-fraksiyalovchi absorberga kirishdan oldin gidrotozalashdagi uglevodorod gazlari bilan aralashtiriladi. Shu absorberga 23- past bosimli separatordan suyuq faza 25-nasos orqali beriladi. Absorbent sifatida barqaror katalizat(benzin) xizmat qiladi. Absorber 27 da 1,4 MPa bosimda yuqori qismidagi harorat 400C pastki qismida 1650C da quruq gaz ajratiladi.
Beqaror katalizat 26-nasos yordamida 31-issiqlik almashtirgich orqali 34- kolonnaga beriladi va u yerda barqarorlashtiriladi. Mahsulotning bir qismi 27 va 34 - jiqozlarning pastki qismidagi haroratni tutib turish uchun 28-pech orqali sirkulyatsiyalanib turadi. Barqarorlashtirishni bosh fraksiyasi 32-jiqozda sovitiladi va 33-yiqgichga kiritiladi, u yerdan 35-nasos orqali kolonnaga "sovuq quyilish" hosil qilish uchun qaytariladi, ortiqcha qismi qurilmadan chiqariladi.
Kolonna 34 ni pastki qismidagi barqaror benzin 31 va 30-issiqlik almashtirgichlarda sovitilgandan keyin 29-nasos orqali 27-fraksiyalovchi absorberga kiritiladi, uning ortiqcha qismi qurilmadan chiqariladi.
Qurilma ish rejimi:
Harorat, 0C 480-520
Bosim, MPa. 3-4
Xom ashyoni uzatish hajmiy tezligi, soat-1...........................................1,5-2,0 Sirkulyatsiyalanuvchi vodorodsaqlovchi gazning xom ashyoga
nisbatan karrasi 1500
Bosqichlar bo`yicha katalizator tarqatilishi 1: 2 : 4
Izomerlash jarayoni mohiyati yengil normal parafin uglevodorodlarini mos izotuzilishdagi uglevodorodlarga katalitik o’zgarishi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |