Matnni tarkiblashda kishi uni talqin etish hamda tushunish yo'llan va
usullarini ham hisobga oladi. Axborot matni o‘quvchi uchun oson va qulay
boigan talqin usuliga muvofiqlashtiriladi. Matbuotda bu jumalistdan alohida
mas’uliyami talab qiladi. Chunki bu jarayonda faqat grammatika qonun-
qoidalarigina emas, aloqa vaziyati maqsadi va mazmunining fahmlanish
imkoniyatlariga ham amal qilinadi.
Jumalist voqelikni tasvirlashda, eng awalo, uni qanday shaklda berishni
o‘ylaydi. Shu ma’noda
matn va uning turlari, matn yaratishning asosiy tamoyillari
va uning mukammalligmi ta’minlashda asos bo'ladigan jihatlar haqida bilim va
malakaga ega bo‘lishi shart. Muharrir uchun esa, matn, uning tarkibiy qismlari,
uslubiy-janriy xususiyatlarini aniqlash va tahrir jarayonida ularni e’tiborga olish
muhim sanaladi. Tahrir ilmi va talimida matn tah.lili va tahriri: mavzu va
mazmun, matn qurilishi va qismlarga bolinishi, matn va nashr turlari,
mazmuniy-mantiqiy birliklar, ulaming o‘ziga xos xususiyatlari turli xil sifatdagi
xato va nuqsonlami aniqlash va bartaraf etish kabilar bilan bogiiq muammolarga
alohida e’tibor beriladi. Demak, tahrir ilmi va ta’limi alohida-alohida til hodisalari
va birliklari xususida emas, balki yaxlit bir matn tuzilishi, tarkiblanishi,
lisoniy-uslubiy unsurlaming muayyan bir mazmun, maqsadga, o‘quvchilar
toifasiga muvofiqlashtirilishi tnuammolari haqida bahs yuritadi.
Samarali matn yaratishning 10 qoidasi:
Samarali matn yaratishning qoidalari bormi? Balki faqat bittagina qoida
bordir? Yoki matnni yozma ifodalashni o‘zi kifoya qiladimi? Bu borada biz o‘z
fikrlarimizni 10 ta qoida asosida ifodalab berishga harakat qildik:
1. Ko‘p o ‘qish
0 ‘qish nafaqat dunyoni kashf etish, balki til dunyosiga kirishga ham
yordam beradi. Agarda siz mikrobiologiya yoki sirli qotillik haqidagi kitobni, yo
jurnaldan axborot matnini, yoki bolmasa fantaziya janridagi asami o‘qisangiz,
asta-sekin so‘zlar yordamida ularning olamiga kirib borasiz. O'qish jarayonida
inson o‘zi bilmagan holatda tilni ham o‘rganadi. Bu jarayonda o‘quvchining
70
nafaqat so‘z boyligi, balki gap tuzish mahorati ham oshib boradi. Siz til
vositalaridan qanday foydalanish kerak yoki kerak emasligini o‘rganasiz. Bundan
yaxshi yoki yomon dars olishingiz (xulosa chiqarishingiz) mumkin. Bu jarayon
sizni o‘zga olam, o‘zga vaqtga olib boradi va qalbingizda turli xil qarama-qarshi
hissiyotlami uyg'otadi. Yozuvchi so‘zlar yordamida bergan fikrlar siz kitobni
o‘qib bo‘lib, yopganingizdan keyin ham sizni tark etmaydi. Qancha ko‘p
o‘qiganingiz sayin hayotda tajribangiz oshib boradi va tilingiz yanada go‘zal va
aniq shaklga kira boshlaydi.
Matnnnig “yomon dars” berish holatlari ham mavjud: Mataning yarim betini
o ‘qib bo‘lmasingizdan uyquga tortadigan maqolani birinchi abzasidan keyin
o‘qishga boigan ishtiyoqning so‘nishi bunga sabab bo‘ladi. Lekin bunday holatda
ham inson o‘zi uchun nimadir oladi. Qanday qilib kerak bo‘lmagan so‘zlarni
ishlatmaslikni, o‘z fikrlar ini bunday shaklda bermaslikni, gap tuzishdagi xatolarga
y o i qo‘ymaslikni anglab oladi.
Tasawur qilib ко‘ring, musiqachi bo‘lishni istagan inson umuman
musiqa eshitmasa musiqa ijod qila olmaydi. Xuddi shunday, yozuvchi bo‘lishni
xohlagan inson o‘ qishni xush ko'rmasligmi tasawur qilib bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: