O A V D A Y O Z M A M A T N
1. Til, nutq va matn tushunchasi.
2. Matn yozma nutqning asosiy koVinishi.
3. Matn turlari: mikromatn va makromatn.
4. Matnning tarkibiy qismlari.
5. Mass-mediada beriladigan matn turlari.
6. Samarali matn yaratish talablari.
Tayanch so‘zlar:
Til, nutq, matn, matn turlari, samarali matn, mikromatn,
makromatn, poligrafiya, ilmiy matn, badiiy matn, rasmiy matn, ommabop matn,
kirish, asosiy qism, muallif nutqi, qahramon nutqi.
Til - ulkan xazina. Har bir ijodkor bu xazinadan o‘z ruhiy ehtiyoji va
ijodiy mahorati doirasida foydalanadi. “Aslida o‘zbek tilining tasvir
imkoniyatlari,
ichki potensial quwati juda katta. Buni faqat va faqat iste’dodli yozuvchilar
ko‘rsata oladi. 0 ‘lik tilni tiriltiradigan ham, tirik tilni o‘ldiradigan ham
yozuvchilar dir”. Darhaqiqat, bu jihatdan juda katta mas’uliyat shoir va adiblar
hamda jumalistlaming zimmasiga tushadi. Zotan, muayyan fikming moddiy
ko‘rinishi olaroq yaratilgan matn yuzlab hatto minglab nusxada tarqalishi va shu
asno o'quvchining ruhiy dunyosiga kirib borishi mumkin.
Jumalistning matn ustida ishlash mahorati til rivoji va tafakkumi
kengaytirisli yo'lidagi harakatning amaliy ifodasi bolgani uchun ham muhim
aliamiyat kasb etadi. Shu ma’noda har qanday publitsistik asaming til taraqqiyoti
va jumalistik jarayonda tutgan o‘ziga xos o‘mi boiadi. Albatta, barcha ijod
namunalari ham estetik voqelik maqomiga ko‘tarila olmaydi. Masalaning ayni
jiliati yozuvchining matn ustida ishlasli mahoratiga, so‘zni his qila bilish
qobiliyatiga va uning barcha ijodiy o‘ziga xosliklarini qamrab oluvchi uslubiga
borib taqaladi. Ayni paytda tilshunosligimizda lisoniy vositalardan foydalanish
hamda jurnalistning matn yaratish mahorati bugungi kunning dolzarb masalasidir.
64
Jumalist matni tili va uslubi, til estetikasi xususida fikr yuritishdan awal
matnning o‘zi nima ekanligiga oydinlik kiritib olish lozim. Aytish joizki, matn
atamasi bir qator adabiyotlarda turlicha izohlangan. 0 ‘zbek tilining izohli lug'atida
matn so‘zining arabchadan o‘zlashganligi, eskirgan kitobiy so‘z ekanligi va aynan
tekst so‘zi anglatgan ma’noga teng ekanligi ta’kidlangan. Izohli lug'atning 156-
betida tekst so‘ziga quyidagicha ta’rif beriladi:
1. Yozilgan, ko‘chirilgan yoki bosilgan ijodiy, ilmiy asar, nutq, hujjat va
shu kabilar yoki ulaming bir parchasi; matn.
Maqolaning teksti
2. Musiqa asariga, masalan, biror kuyga, opera, romans va shu kabilarga
asos bo‘lgan she’r, so‘z.
3. Poligrafiyada yirik shriftlardan birining nomi.
Albatta, yuqoridagi bandlar matnning to‘liq ta’rif va xususiyatini qamrab
olgan deyish qiyin. Chunki axborot-kommunikatsiya vositalarining rivoji bilan
bevosita bog‘liq ravishda Word matn, RTF matn, oddiy matn, formatlangan matn,
gipermatn kabi yangi atamalar ham paydo boidi. Demakki, matn atamasi
anglatgan ma’noning ko‘lami yanada kengaydi.
Bilamizki, nutq og‘zaki va yozma shaklda ifodalanadi. “Nutqning yozma
shakli matn atamasi ifodalaydigan mazmunga muvofiq keladi”. Demak, nutqning
yozma shakl olishi - bu matn. Shu ma’noda har qanday nutq muayyan fikming
ifodasi boTgani kabi har qanday matn ayni bir munosabatining yozma ko‘rinishda
moddiylik kasb etishidir. U “faqat obyektiv informatsiyadan iborat'bo‘lmay, balki
o‘ziga pragmatik mazmunni ham qamrab olgan nutqning material ko‘rinishidir”.
“Umuman matn, deyilganda nutqiy jarayon mahsuli bo‘!gan, tugallangan,
yozma shaklda mavjud boigan, adabiy shakllangan, superfrazali birliklardan
tuzilgan, leksik, grammatik, logik, stilistik aloqalar bilan bogTangan, aniq
maqsadli va pragmatik qurilmali nutqiy asarni tushunmoq kerak”.
Do'stlaringiz bilan baham: