Rektor virtual qabulxonasi. www.rektor.uz (Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori virtual qabulxonasi) – 2011 yil 28 fevralda ishga tushgan bo’lib. www.rektor.uz veb sayti orqali Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori bilan bevosita bog’lanib, xat orqali murojaat etishlari mumkin. Rektor virtual qabulxonasiga talabalar poraxo’rlik, nohaqlik, e’tirozlar, takliflar to’g’risidagi ma’lumotlarni masofadan turgan holda berishlari mumkin. Ushbu virtual qabul salbiy jarayonlarni oldini olishga vositachi vazifasini bajaradi.
Interaktiv proyektor . Toshkent pediatriya tibbiyot instituti innovatsiya markazida interaktiv proyektor o’rnatilgan bo’lib, ushbu proyektor orqali professor o’qituvchilarning axborot kommunikatsiya texnologiyalari bo’yicha malakasini oshirishda ijobiy samarasini berdi. Ushbu interaktiv proyektorning imkoniyatlari quyidagilardan iborat:
interaktiv proyektorni markazlashgan mahalliy tarmoqga simli va simsiz ulash imkoniyati; mavjudligi;
istalgan komyuterni dastur orqali proyektordan yorug’lik tushib turgan doskada, maxsus proyektor ruchkasi orqali boshqarish;
doskada ko’rsatilgan chizmalar, jadvallar, grafiklar, rasmlarni to’g’ridan- to’g’ri bosmaga berish imkoniyati;
doskada ko’rsatilgan chizmalar, jadvallar, grafiklar, rasmlarni bevosita rasm formatida yoki .pdf formatida markazlashgan mahalliy tarmoq serverida saqlash va har bir malaka oshiruvchi ushbu ma’lumotni tarmoq orqali o’zlarigi yuklab olish imkoniyati.
Masofaviy ta’lim – 2011 yil aprelda tadbiq etilgan bo’lib A-tutor platformasi asosida ishlaydi. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti masofaviy ta’lim tizimi zaminida «Professor-o’qituvchilarning axborot kommunikatsiya texnologiyalari bo’yicha ma’lakasini oshirish» hamda «Ta’limda axborot kommunikatsiya texnologiyalari texnologiyalari» nomli o’quv kurslari kiritilgan bo’lib, professor o’qituvchilar, talabalar mustaqil ravishda ushbu kurslarni o’tishlari hamda malakalarini oshirishlari mumkin. Masofaviy o’qitish markazlashgan mahalliy tarmoq orqali Toshkent pediatriya tibbiyot instituti asosiy binosida hamda asosiy binodan tashqarida joylashgan, VPN texnologiyasi orqali bog’langan, kafedra, kurs, markaz, tarkibiy bo’limlarni masofaviy o’qitish imkoniyati ham mavjud. Masofaviy o’qitishda eng so’nggi innovastion texnologiyalardan foydalanilgan bo’lib, ushbu tizimning qulaylilik tomoni quyidagilarda namoyon bo’ladi:
har bir malaka oshuruvchi o’ziga kerakli bo’lgan kurslarni individual o’rganishi mumkin;
shaxsiy o’zlashtirish imkoniyati borligi;
erkinlik va tanlash imkoniyati mavjudligi;
mustaqil ravishda dars vaqti, joyini tanlash mumkin va hokazo.
Keyinchalik ushbu loyiha Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filialida ham tadbiq etilishi ko’zda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |