Крючкова Т.Б., Нарумов Б.П. Зарубежная социолингвистика. Германия. Испания. -М.: Наука, 1991.— С.7. bilan bir qatorda aynan “uchinchi o'lchov” (dritte dimensionjning, ya’ni dialektning ijtimoiy variantliligini tahlilga tortilishi sof dialektologik tadqiqotlardan ijtimoiy-dialektologik tadqiqotlarga, xuddi sobiq GDRda yuz bergandek, asosiy sotsiolingvistik tadqiqotlardan biriga qonuniy o‘tish yuz bergan bo‘lardi'. Biroq GFRda sotsiolingvistikaning rivojlanishi dastlab boshqa yo‘ldan bordi, dialektlaming vazifalari va qo'llanishi kabi sotsiolingvistik jihatlarga nisbatan qiziqish keyinroq paydo boTdi.
Nemis tilshunosligidagi ikkinchi yo‘nalish sotsiolingvistik muammolarga ma’lum ma’noda tegishli boTgan, tilga “xalq ruhi”, milliy tafakkur ifodasining mahsuli sifatida qaraydigan V. Gumboldt va. uning izdoshlarining nazariy fikrlaridir. Ammo V.Gumboldtning g‘©yalari GFR tilshunoslarining emas, balki faylasuflarining asosiy tadqiqotlarida o‘z rivojini topib, ulaming idealistik tomoni haddan tashqari bo‘rttirildi. Til va jamiyat, til va madaniyatning aloqasi kabi muhim masalalar o‘sha davrdagi va undan keyingi tilshunoslaming e’tiborini tortmadi.
Ayrim g‘arbiy yevropalik sotsiolingvistlaming fikricha, 60-yillarda GFRda sotsiolingvistikaning rivojlanishi umumgerman an’analaridan butkul uzilgan, birinchi navbatda mamlakatdagi siyosiy va ta’lim sohasidagi ahvoldan kelib chiqqan holda yuz bergan20 21.
O‘tgan asming 50-60-yillarida nemis tilshunosligi og‘ir ahvolni boshidan kechirdi va nazariy tilshunoslikning yangi ta’limotlari doirasida o‘z o‘mini topishga harakat qildi. Bu bir tomondan, transfonnatsion grammatika, ikkinchi tomondan, B. Bemstaynning sotsiolingvistik ta’limotining tanqidsiz qabul qilinishiga olib keldi22. Shu bilan birga, GFRda sotsiolingvistikaning rivojlanishi uzoq vaqt mobaynida bu o‘ta yuzaki nazariyaning ham lingvistik, ham ijtimoiy jihatlari singari tor doiralari bilan chegaralanib qoldi.
GFRning AQSh bilan iqtisodiy, siyosiy va ilmiy jihatdan o‘ta mustahkam aloqalariga qaramasdan, sotsiolingvistika o‘zining dastlabki bosqichlarida nazariy teranligi va empirik asosining kengligi nuqtayi nazaridan B. Bemstaynnikidan afzal boTgan Amerika ta’limotini deyarli qabul qilmadi23.
B.Bemstayn gipotezasining o‘ziga tortadigan asosiy tomonlaridan biri uning amaliy yo‘nalishi edi. U “ijtimoiy hayotni yaxshilash haqida muayyan tavsiyalami bergandek”, ijtimoiy ziddiyatlami mutlaqo og‘riqsiz yo‘l bilan yumshatishga unngandek ko‘rinar edi. Tabiiyki, mazkur gipoteza nafaqat tilshunoslarni, balki siyosatshimoslar, sotsiologlar va ta’lim sohasidagi mutaxassislami ham qiziqtirgandi. A.I. Domashnev bu haqida shunday yozgan: “B. Bemstayn kodlar nazariyasining qizg'in muhokama qilinishiga sabab, awalo, uning ihniy ahamiyati etnas, ko‘proq ta’lim ehtiyojlari uchun jozibador bo'lgan uning pragmatik jihati edi. Bu davrda aksariyat kapitalistik davlatlardagi qashshoqlik shu darajaga yetgan ediki, endi bu haqida sukut saqlash, bu sohada hech bolmaganda ozgina o‘zgarishlar qilishga urinmaslik mumkin bo‘lmay qolgan edi”. Shuningdek, I. Radtkening qayd qilishicha, GFRda turli siyosiy partiyalar “ijtimoiy islohotlar” o'tkazish talabini ilgari surdilar. Ta’lim boshqaruvidagi rasmiy idoralar sotsiolingvistikaning maktabdagi “quyi tabaqa” bolalarining lisoniy tengsizliklar tufayli boshqa bolalarga nisbatan “teng imkoniyatlar”dan mahrumligi haqidagi xulosasiga tezda munosabat bildirishdi”1. Bunday sharoitda quyi ijtimoiy tabaqaga mansub bolalaming til salohiyatlarini kengaytiradigan “til o‘qitishning kompensator” dasturlari ishlab chiqildi. Mualliflaming fikricha, mazkur dasturlar bunday bolalaming ijtimoiy imkoniyatlarini o‘rta ijtimoiy qatlamga mansub bolalar bilan tenglashishiga, ya’ni ulaming ham ta’lim olish va xizmat pog‘onalaridan ko'tarilish imkoniyatlariga ega bo‘lishiga olib keladi24 25.
Niina uchun kodlar nazariyasi aynan GFRda bunchalik katta qiziqish uyg'otgan degan savolga B. Shliben-Lange ikki jihat bilan javob beradi. Birinchidan, B.Bemstayn gipotezasining tashviqoti 1967-1969-yillardagi talabalar harakatiga mos kelgan: bu gipoteza filologiyaning jamiyat amaliyoti bilan aloqasini namoyish qilganligi bilan talabalami o'ziga jalb qilgan.
Ikkinchidan, 60-yillaming oxirida GFRda yuqorida qayd qilingan siyosiy va ijtimoiy sabablarga ko‘ra, pedagogika eng asosiy fanlardan biriga aylangan. Pedagogika fani tomonidan tarbiya jarayonidagi natijalaming, asosan, til vositasida amalga oshiriladigan muhim ijtimoiylashuv shakllariga bogTiq bo‘lishi belgilangan edi. Shunga ko‘ra, pedagogika uchun til to‘siqlari muammosi markaziy masalalardan biri hisoblanar edi. Shunday qilib, GFRda sotsiolingvistik muammolar majmuyi vujudga kelgan paytdanoq pedagogik nazariyalar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, uning rivojlanishida muhim o‘rin egalladi26.
'/O yillardagi G'arbiy Germaniya sotsiolingvistikasida B.Bemstayn (iiiazunng asosiy mazmunini empirik tekshirish va tanqid qilish salmoqli o'i in tutdi. Biroq mazkur muammolar bilan birga, tadqiqotchilar boshqa miimlakatlaming sotsiolingvistlari an’anaviy shug'ullangan masalalar bilan ham qiziqa boshladilar. Ayniqsa, AQSh sotsiolingvistlarining, xususan, II l.abov, D. Xayms, J. Gampers, M. Kultard va h.k.ning tadqiqotlariga qiziqish ortdi, ular nemis tiliga tarjima qilindi27.
Bu davrga kelib, umumnazariy masalalar muhokama qilina boshlandi, ya’n i sotsiolingvistika fan sifatida o‘z mavqeyini belgilashga boshladi. B. Shliben-Langening ta’kidlashicha, bir tomondan, til jamoalari va ijtimoiy guruhlar hayotidagi sotsiolingvistik muammolami, ikkinchi tomondan, iotsiolingvistikaning fan sifatidagi muammolarini farqlab olish lozim edi. U solsiolmgvistikaning predmeti, tadqiqot metodlari, nazariyanmg tizimi, shuningdek, sotsiolingvistikaning boshqa fanlarga munosabatini ikkinchi tuidagi muammolar qatoriga kiritdi2.
70-yillarda GFR sotsiolingvistlari tomonidan qizg‘in bahslarga sabab bo'lgan umumnazariy masalalar orasida lingvistik materialni tasvirlash usullari muammosi ham bor edi. Til jamoalari hayotidagi sotsiolingvistik muammolar orasida ijtimoiy vaziyat va rollarga ko‘ra variantlilik ko‘proq c’tibomi jalb qilar edi. Bu o‘rinda tadqiqotlar, asosan, GFRning nemis 111 idagi materiallari negizida amalga oshirildi.
Ushbu davrda qator keng qamrovli sotsiolingvistik tadqiqotlar dunyo yuzini ko‘rdi. Maktab o‘quvchilari so‘zlashuv tilini o‘rganish maqsadida yozilgan “Maktabda til", fan va texnikaning rivojlanishi ta’sirida texnik- kasbiy tilning paydo bo‘lish xususiyatlarini yoritishga qaratilgan “Kasbiy va tnaxsus tillar", nemis tili struktur xususiyatlarining tahlili hamda til muomalasining ijtimoiy strukturalar bilan aloqasini belgilash maqsadida yozilgan “Quyi Germaniya so‘zlashuv tilining tadqiqi” kabi asarlar shular jumlasidandir.
Xuilas, GFRda sotsiolingvistik muammolarga bo'lgan qiziqish yildan- yilga ortib bormoqda. Mazkur fikmi monografiyalar, to'plamlar hamda lingvistika va sotsiologiyaga doir jumallardagi maqolalar sonining ko‘payib borishi bilan quvvatlash mumkin. 1987-yilda GFRda U. Ammon, K. Mattxayer va P. Neldning tahriri ostida “Sociolinguistica. Internationales Yahrbuch fur Europeische Soziolinguistik” jumali nashr qilina boshlandi. Chida muntazam ravishda G‘arbiy Germaniya va xorijlik mualliflaming maqolalari, ko‘pchilik mamlakatlarda amalga oshirilgan sotsiolingvistik tadqiqotlaming bibliografiyasi c’lon qilinib boradi.
Sotsiolingvistikaning umumiy nazariyasi
GFR tilshunoslari til va jamiyat o‘zaro munosabatlarining turli jihatlarini tasvirlaydigan fanni nomlash uchun “sotsiolingvistika" va “til sotsiologiyasi” terminlaridan foydalanishdi. X.Gipper sotsiolingvistika doirasiga jamiyat turli qatlamlarining o'ziga xos nutqiy muomalasi bilan bog'liq masalalami, til sotsiologiyasi doirasiga esa til va jamiyatning o‘zaro ta’siri bilan bogiiq masalalar majmuyini kiritishni taklif qildi'. B. Shliben- Lange tomonidan boshqa bir qarash sotsiolingvistika va til sotsiologiyasi, awalo, masalani qo'yish mohiyatiga ko‘ra bir-biridan farq qilshi ilgari surildi. Ya’ni har ikkala fan ham lisoniy va nolisoniy ta’sirlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni tadqiq qiladi28 29. GFR sotsiolingvistlarining aksariyati mazkur tushunchalami yo umuman farqlashmagan, yo ularni sinonim sifatida qo‘llab, ular orasidagi farqni aniq ko‘rsatishmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |