1-boshlovchi:
Bayram dasturin boshlab,
Dillaringiz shod aylab.
Sizga yuksak ehtirom –
Xush kelibsiz, assalom!
2-boshlovchi: Bugun ozod va hur yurtimizda yana bir qutlug` tantana - buyuk shoir va mutafakkir, xalqimizning ulug' farzandi hazrat Alisher Navoiy bobomiz tavalludining shonli 573 yilligi butun yurtimizda keng nishonlanmoqda.
1-boshlovchi: Alisher Navoiy... Bu so`zni eshitgan har bir inson hayolida bobomiz yaratgan ulkan she'riy meros shunday gavdalanadiki, uni ta'riflashga til ojiz.
2- boshlovchi: Bugungi mustaqillik kunlarida jonajon yurtimizning kelajagi bo`lgan yoshlarni, barkamol avlodni tarbiyalashda ulug' dahomiz yaratgan asarlar beminnat xizmat qilmoqda.
Marhamat, tinglang va tomosha qiling! G`azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy bobomizning tavallud ayyomiga bag’ishlab «boshlang'ich»ning bitiruvchilari tayyorlagan adabiy kechani e'tiboringizga havola etamiz.
1-boshlovchi:
Jahonki, muqaddas neni ko`ribdi,
Bariga onasan, ey, qodir hayot.
Besh yuz yil naridan boqib turibdi,
Nurli bu yuzlarga nuroniy bir zot.
Shu buyuk o`g’lingni ardoqlab dildan,
Xalqim, ta'zim etsang arziydi tamom.
Uning nomi bilan birga bitilgan,
Dunyo daftariga o'zbek degan nom.
2-boshlovchi:
Boyqaro irg’ishlab istak otida,
Jahonga boqqanda misli bola sher.
Hirot darvozasin bir qanotida
She'riy lashkarini tuzgan Alisher.
1-boshlovchi:
Dunyoda biror nom qoldirmoq uchun,
Yurt burish shart emas, degan gapku rost.
Kimdir pesh qilganda nayzaning kuchin,
Alisher qalamni korsatgan, xolos.
«Munojot» kuyi balandlaydi, biroz fursat o`tgach, pastlab, bir o`quvchi muallif sifatida o`qiydi, qolgan o`quvchilar esa rollar ijro etadilar.
Muallif: Bu voqea 1441 yil 9 fevralda Hirot shahrida G’iyosiddin Kichkina oilasida sodir bo`ldi.
Ali (Alisherning tog'asi) pochchasi G`iyosiddin huzuriga yugurib kirib keladi.
Ali: (l - o`quvchi): Assalomu alaykum, Giyosiddin pochcha! Sizga xushxabar olib keldim! Suyunchi beringiz! Sizga xudoyim farzand ato qildi, o’g`il muborak!
G’iyosiddin (2 - o`quvchi): (hayolida qulog'iga chaqaloq «ingasi» eshitilgandek bo`ladi: Rahmat! Bag'oyat shodmen! Bog`oyat minnatdormen, inim! Yaxshi soatda xushxabar keltirdingiz! Jiyaningizni shu bois sizning nomingiz bilan ataymiz. Sizdek shoir, fozil odam bo’lsin. Yana «sher» so`zini ham qo`shamiz. Sherdek jasur, qudratli bo`lib o`ssin. Farzandimizning nomi Alisher bo`ladi!
Do'stlaringiz bilan baham: |