value in parametrlari. Protsedura (funktsiya) chaqirilganda:
a) rasmiy parametrlar va lokal ma`lumotlar uchun xotira ajratiladi (stekda yoki lokal ma`lumotlar uchun xotiraning maxsus joyida);
b) xotirada haqiqiy parametrlar qiymatlaridan rasmiy parametrlar uchun ajratilgan nusxa olish bajariladi.
Protsedura (funktsiya) ishi vaqtida
a) rasmiy parametrlar qiymatlarining o`zgarishi haqiqiy parametrlarning xotira yacheykalaridagi tarkibiga hech qanday ta`sir etmaydi.
Protsedura (funktsiya) ning tugashida
a) rasmiy parametrlar va lokal ma`lumotlar uchun ajratilgan xotira tozalanadi;
b) protseduraning ishi vaqtida olingan, rasmiy parametrlarning yangi qiymatlari xotira tozalanishi bilan birga tozalanadi.
addrin parametrlari Protsedura (funktsiya) ni chaqirishda
a) faqat lokal ma`lumotlar va haqiqiy parametrlar adreslarini saqlash uchungina xotira ajratish (stekda yoki lokal ma`lumotlar uchun maxsus sohada) bajariladi;
b) haqiqiy parametrlar adreslarini (lekin qiymatlarini emas!) ular uchun ajratilgan xotiraga nusxalash bajariladi.
Protsedura (funktsiya) ning ishi vaqtida:
a) rasmiy parametrlar qiymatlarini o`zgartirish mumkin emas;
b) rasmiy parametrlar qiymatlarini faqat boshlang`ich ma`lumotlar sifatida ishlatish mumkin;
v) rasmiy parametr qiymatlari, nusxalangan adreslarni ishlatib, bevosita haqiqiy parametrlar xotirasidan tanlanadi.
Protsedura (funktsiya) ning tugashida:
a) chaqirilgan protsedura (funktsiya) ning chaqiruvchiga bunday parametrlar orqali ta`siri bo`lmaydi;
b) protsedura (funktsiya) ishi uchun ajratilgan xotira tozalanadi.
a) faqat lokal ma`lumotlar va haqiqiy parametrlar adreslarini saqlash uchungina xotira ajratish (stekda yoki lokal ma`lumotlar uchun maxsus sohada) bajariladi;
b) haqiqiy parametrlar adreslarini (lekin qiymatlarini emas!) ular uchun ajratilgan xotiraga nusxalash bajariladi;
v) haqiqiy parametrlar sifatida o`zgarmaslarni ishlatish man etiladi.
Protsedura (funktsiya) ning ishi vaqtida:
a) bunday turdagi parametrlarning ishlatilishi uchun hech qanday chekliklar qo`yilmaydi;
b) nusxalangan adreslardan foydalanib, rasmiy parametrlarni o`zgartirish bevosita haqiqiy parametrlarga tegishli bo`lgan xotira yacheykalarida bajariladi.
Protsedura (funktsiya) ning tugashida:
a) natijani ataylab nusxalash talab qilinmaydi, chunki rasmiy parametrlar bilan hamma amallar haqiqiy parametrlarning xotira yacheykalari ustida bevosita bajariladi;
b) protsedura (funktsiya) uchun ajratilgan xotira tozalanadi.
10.4. Turbo Paskalda parametrlarni uzatish
Turbo Paskalda parametrlarni uzatishning Yuqorida aytilgan oltita usulidan uchtasi amalga oshiriladi:
value in ko`rinishidagi parametrlar
Turbo Paskalda bunday parametrlar parametr-qiymatlar deyiladi. Protsedura (funktsiya) sarlavhalari bayonida parametr-qiymatlar identifikatorlaridan oldin qo`shimcha kalit so`zlar qo`yilmaydi.
addr inout ko`rinishdagi parametrlar.
Turbo Paskalda bunday parametrlar parametr-o`zgaruvchilar deyiladi. Protsedura (funktsiya) sarlavhasini bayon etishda parametr-o`zgaruvchilar identifikatorlaridan oldin var kalit so`zi qo`yiladi.
addr in ko`rinishdagi parametrlar.
Turbo Paskalda bunday parametrlar parametr-o`zgarmaslar deyiladi. Protsedura (funktsiya) sarlavhasi bayonida parametr-o`zgarmaslar identifikatoridan oldin cons - kalit so`zi yoziladi.
Parametrlarning dastlabki ikki turi Paskal tilining hamma versiyalariga xos. Uchinchi, parametr-o`zgaruvchi turi esa Turbo Paskal 7-versiyasigagina yangi kiritilgan.
10.4.1. Parametr-qiymatlar Parametr-qiymatlar bayon etilgan protsedura sarlavhasi quyidagi ko`rinishga ega bo`ladi.