Shofirkon maishiy xizmat kasb hunar kolleji «dasturlash asoslari»



Download 0,81 Mb.
bet36/53
Sana29.12.2022
Hajmi0,81 Mb.
#896990
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   53
Bog'liq
Ma\'ruza matn

set, of - rezerv so`zlar (to`plam, … dan)j
- elementlarning to`plamdagi bazaviy turi, bu tur sifatida WORD, INTEGER, LONGINT turlaridan boshqa ixtiyoriy tartib turini ishlatish mumkin.
To`plamni berish uchun to`plam konstruktori ishlatiladi. To`plam konstruktori, bu bir-biridan vergullar bilan ajratiluvchi to`plam elementlari xususiyatlari ro`yxatidir, ro`yxat to`rtburchakli qavslarga olinadi (Yuqoridagi misolga qarang). O`zgarmaslar, bazali turdagi ifodalar, shuningdek shu bazali turdagi tur-soha elementlar xususiyati bo`lishi mumkin.
To`plamlar ustida quyidagi amallar aniqlangan:
* to`plamlarning kesishishi; natija ikkala to`plam uchun umumiy bo`lgan elementlarga ega bo`ladi; masalan, s4*s6 [3] ga ega, s4*s5 - bo`sh to`plam (Yuqoridagi misol);
+ to`plamlarning birlashishi; natija birinchi to`plamning hamma va ikkinchi to`plamning etishmagan elementlaridan iborat bo`ladi:
s4+s5 [0,1,2,3,4,5,6] ga ega;
s5+s6 [3,4,5,6,7,8,9] ga ega;
- to`plamlar farqi, natija birinchi to`plamning ikkinchi to`plamda bo`lmagan elementlaridan iborat bo`ladi:
s6-s5 [3,6,7,8,9] ga ega;
s4-s5 [0,1,2,3,6] ga ega;
= teng kuchliligini tekshirish, agar ikkala to`plam teng kuchli bo`lsa, TRUE ni qaytaradi;
<> teng kuchlimaslikni tekshirish; agar ikkala to`plam teng kuchli bo`lmasa, TRUE ni qaytaradi;
<= kirishni tekshirish; agar birinchi to`plam ikkinchisiga kiritilgan bo`lsa, TRUE ni qaytaradi;
>= kirishni tekshirish; agar ikkinchi to`plam birinchisiga kiritilgan bo`lsa, TRUE ni qaytaradi;
IN tegishlilikni tekshirish, bu binar amalda birinchi element ifoda, ikkinchisi bir xil o`sha turdagi to`plam, agar ifoda to`plamga tegishli qiymatga ega bo`lsa. TRUE ni qaytaradi:
3 in s6 TRUE ni qaytaradi;
2*2 in s1 FALSE ni qaytaradi.
Bu amallarga qo`shimcha qilib ikkita protsedurani ishlatish mumkin.
INCLUDE – to`plamga yangi elementni kiritadi. Protseduraga murojaat: INCLUDE (S, I)
bu erda:
S – bazali TSetBase turidagi elementlardan iborat to`plam,
I – TSetBase turidagi, to`plamga kiritilishi zarur bo`lgan element.
EXCLUDE – to`plamdagi elementni o`chiradi. Unga murojaat:
EXCLUDE (S,I)
Murojaat parametrlari xuddi INCLUDE protsedurasidagi kabi.
Ikki to`plam ustida + va - amallariga o`xshash ishlarni amalga oshiruvchi bu protseduralar + va - amallari to`plamining yakka elementlari bilan ishlash uchun optimallashtirilganligi bilan farqlanadi va shuning uchun Yuqori bajarish tezligi bilan ajralib turadi.
To`plamlar bilan ishlash yo`llarini namoyish etuvchi 9.8-dasturda, natural sonlarning birinchi Yuztaligidan hamma oddiy sonlarni ajratib olish amalga oshiriladi. Uning asosiga «Eratosfen elagi» deb ataluvchi usul etadi. Bu algoritmga ko`ra, avval 2 dan N gacha bo`lgan sohadagi hamma butun sonlardan iborat BEGINSET to`plam tashkil topadi. Izlanayotgan oddiy sonlardan iborat bo`lishi kerak bo`lgan PRIMERSET to`plamga 1 joylashtiriladi. Keyin quyida keltirilgan ishlar bir necha marta takrorlanadi:

  • BEGINSET dan birinchi NEXT soni olinsin va PRIMERSET ga joylashtirilsin;

  • BEGINSET dan NEXT soni va unga bo`linuvchi boshqa sonlar, ya`ni 2*NEXT, 3*NEXT va hokazo yo`qotilsin.

Ish BEGINSET to`plam bo`sh bo`lgunicha takrorlanadi.
Nazorat savollari:

  1. Ma`lumotlarning murakkab turlariga nimalar kiradi?

  2. Massivlar nima?

  3. Necha xil massivlar bo`ladi, ular Paskal tilida qanday bayon etiladi?

  4. Massivlarni saralashning qanday usullari bor, ularga qanday guruhlar kiradi?

  5. Kiritish yo`li bilan saralash usulining mohiyati?

  6. Ikki ulchovli massivlarning uziga xos xususiyatlari nima?

  7. Satrlar Turbo Paskalda nimani ifodalaydi?

  8. Satrlarning massivdan farqi nima?

  9. Satrlar ustida qanday amallar bajarish mumkin?

  10. Yozuv nima, yozuv turi qanday e`lon qilinadi?

  11. Yozuvlar ustida qanday amallar bajarish mumkin?

  12. Tuplam nima?

X BOB.
PROTSEDURA VA FUNKTSIYALAR


10.1. Protsedura va funktsiyalar tarkibi
Murakkab masalani echishda bu masalani ichki masalalarga bo`lib, ichki masalalarni esa o`z navbatida kichikroq masalalarga, ular yana ham kichikroqlariga va shunday tarzda, dasturi oson tuziladigan masalalarga borib etguncha, bo`lib echish amalga oshiriladi.
Turbo Paskal dasturni qismlarga bo`lishning har xil vositalariga
ega. Bo`linishning eng Yuqori pog`onasida (katta masalalarda) modullar, quyi pog`onada (eng oddiy ichki masalalarda) protsedura va funktsiyalar (ko`p hollarda) joylashgan bo`ladi. Ob`ekt-yo`naltirilgan uslubiyot dasturlar ishlab chiqishning Yuqori va shuningdek quyi pog`onalarini o`z ichiga oladi.
Turbo Pascal tilida qismiy dasturlarni qo’llash protsedura va funktsiyalar orqali amalga oshiriladi.
Protsedura - bu dasturning nomlangan kismi xisoblanib, uni nomi bilan chakiriladi va ular ustida ishlash yoki ma`lum operatsiyalar bajarish mumkin. Protsedura strukturasi dastur strukturasiga uxshash buladi. Protsedura ifodada operant xolatda uchrashi mumkin emas.
Protsedura protsedura sarlavxasi (nomi) va tanasidan iborat. Protseduraning sarlavxasi PROCEDURE rezervlashgan suzdan boshlanib, protseduraga nom berilib, kavs ichida xar bir parametrlarning tiplari kursatilgan formal parametrlar ruyxati keltiriladi. Protseduraning nomi - programma chegarasidagi identifikator. Protsedura tanasi strukturasi buyicha dasturga uxshagan lokal blokdan tashkil topadi. Belgi, konstanta, tiplar va boshkalar shu protsedura chegarasida xakikiydir.Protsedura tanasida turli global konstanta va uzgaruvchilar kullanilishi mumkin.
PROCEDURE (Formal parametrlar);

CONST ...;


TYPE ...;


VAR ...;


BEGIN




END;

Funktsiya protseduraga uxshash lekin ikki xil farki bor, birinchisi funktsiya chakirish tugmasiga skalyar kiymatlarini uzatadi va ikkinchisi, funktsiyaning nomi ifodada operant sifatida katnashadi.
Funktsiya sarlavxa va tanadan iborat buladi.Sarlavxa FUNCTION suzidan boshlanib, kavs ichida funktsiyaning identifikatori, formal parametrlarning majburiy bulmagan ruyxati va funktsiya tomonidan kaytarilgan kiymatning tipi kursatiladi. Funktsiyaning tanasi strukturasi buyicha dasturga uxshagan lokal blokdan tashkil topadi:

FUNCTION (Formal parametrlar) : ;


CONST ...;
TYPE ...;
VAR ...;
BEGIN

END;

Protsedura va funktsiyalar ko`pchilik dasturlash tillarida muhim vosita bo`lib hisoblanadi. Ular yordamida, qandaydir bir yagona harakatni bajarish uchun, operatorlar guruhini tashkil qilish mumkin. Protsedura (funktsiya) ni dasturning har xil joylaridan chaqirish mumkin. Protsedura (funktsiya) hisoblangan natijalarni qaytaradi va hisoblashlarni bajarishda ishlatiladigan axborotlarni qabul qiladi. Protsedura (funktsiya) ishni boshlashi uchun, uni chaqirish (faollashtirish) kerak. Protsedura va funktsiyalar operatorlar, kichik ma`lumotlar va ichki protsedura va funktsiyalardan iborat. Protsedura va funktsiyalarni bayon etish tasnifi quyidagi ko`rinishga ega:




Keltirilgan tasnifdan ko`rinib turibdiki, protsedura va funktsiyalarni bayon etishdagi farqlar faqat sarlavha va operatorlar bo`limiga tegishli.


10.2. Protsedura va funktsiyalardan foydalanishda identifikatorlarning faoliyat sohasi
Identifikator faoliyat sohasi deb, identifikator ishlatilishi mumkin bo`lgan dastur qismiga aytiladi.
Identifikator faoliyati sohasi ularni e`lon qilish o`rni bilan aniqlanadi. Agar identifikatorlar bitta protsedura yoki funktsiya doirasida ishlatilishi mumkin bo`lsa, ular lokal deyiladi. Agar identifikatorlar ta`siri bittadan kam bo`lmagan (bir nechta) ichma-ich kiritilgan protsedura va (yoki) funktsiyalarga tarqalsa, bunday identifikatorlar global deyiladi.
«Lokal» va «global» tushunchalar, ma`lum protsedura (funktsiya) ga ko`ra, nisbatan deb tushunilishi kerak.
Buni quyidagi misol bilan namoyish etamiz:
B u misolda dasturda ishlatilayotgan hamma protsedura va funktsiyalar uchun AO, VO, SO global bo`ladi.
R1 protsedura ichida (bu misolda R2 protsedura uchun) bayon etilgan hamma protsedura va funktsiyalar uchun A1, V1, S1 global, bir vaqtda R1 protseduraning o`zi uchun lokal bo`ladi.
R2, eng ichki, protsedurada e`lon qilingan A2, V2, S2 ma`lumotlar faqat lokal bo`ladi.
Protsedura va funktsiya identifikatorlari uchun ta`sir sohasini aniqlash qoidasini keltiramiz:

  • protsedura (funktsiya) ichida aniqlangan hamma identifikatorlar faoliyat ko`rsatadi;

  • protsedura (funktsiya) ichida e`lon qilingan ismlardan ismlari bilan farq qiluvchi hamma identifikatorlar faoliyat ko`rsatadi;

  • protsedura (funktsiya) lokal identifikatorlari tashqi muhitda hech qachon faoliyat ko`rsatmaydi;

  • lokal va global identifikator ismlari mos kelgan paytda, faqat ichki lokal identifikator faoliyat ko`rsatadi.

Birinchi uchta qoida ko`rilgan misol bilan tushuntirilgan bo`lsa, to`rtinchisini tushuntirish uchun yana bir misol keltiramiz:

Ya`ni, ismiga ko`ra tashqi protsedura ismlari bilan mos keluvchi identifikatorli ma`lumotlarni ichki protsedurada e`lon qilish tashqi identifikatorlar ta`sirini bekor qiladi va turi bo`yicha mos keladimi, yo`qmi o`zining lokal bayonlarini kiritadi.


Lokal ma`lumotlar protsedura (funktsiya) ni chaqirishda yaratiladi va faqat uning bajarilish vaqtida mavjud bo`ladi. Lokal ma`lumotlar uchun xotirani ajratish, avtomatik ravishda, protsedura (funktsiya) bajarilishining boshida, bu xotirani bo`shatish esa - protsedura (funktsiya) bajarilishining tugashi bilan sodir bo`ladi.
Protsedura (funktsiya) tanasida joylashgan operatorlar uning lokal ma`lumotlariga (o`zgarmas va o`zgaruvchilarga) murojaat qilishi va ularning qiymatini o`zgartirishi mumkin.
Lokal ma`lumotlar qiymati protsedura (funktsiya) ishlagan vaqtgacha mavjud bo`ladi. U tugashi bilan protsedura (funktsiya) operatorlari bilan qilingan lokal ma`lumotlar qiymatlarining barcha o`zgarishlari, xotiraning bo`shashi bilan yo`qoladi.
10.3. Parametrlarni uzatish usullarining tasnifi
Protsedura (funktsiya) faollashtirilganda unga parametrlarni uzatish mumkin. Uzatishda protsedura (funktsiya) sarlavhasida bayon etilgan parametrlarning hammasi chaqirish operatorida ko`rsatilishini kuzatish zarur.
Protsedura (funktsiya)ni bayon etishda uning sarlavhasida ko`rsatiladigan parametrlar rasmiy parametrlar deyiladi.
Protsedura (funktsiya) ni chaqirishda ko`rsatiladigan parametrlar haqiqiy parametrlar deyiladi.
Ko`p protseduralar bir nechta parametrlarga ega. dasturchining vazifasi – u chaqirishda ko`rsatayotgan parametrlarning, ma`nosiga ko`ra, rasmiy parametrlarga mos kelishiga ishonch hosil qilishdir. Kompilyator parametrlarning xato sonini va turlarning nomutanosibliginigina tekshira oladi.
Dasturlash tillarida amalga oshirilishi mumkin bo`lgan parametrlarni uzatish usullari quyidagi tasnifga ega:
Parametrlar quyidagi belgilariga ko`ra farqlanadi:

  1. Uzatish mexanizmiga ko`ra:

a) qiymatiga ko`ra uzatish (value);
b) adresiga (murojaatiga) ko`ra uzatish (addr).

  1. CHaqiruvchi va chaqiriluvchi protsedura (funktsiya)ning o`zaro faoliyatiga ko`ra:

a) faqat kiruvchi parametr sifatida (in);
b) faqat chiquvchi parametr sifatida (out);
v) kiruvchi, xuddi shunday chiquvchi sifatida (inout).
Bu farqlarga nazariy jihatdan parametrlarni uzatishning 6 usuli mos kelishi mumkin:

    1. value in;

    2. value out;

    3. value inout;

    4. addr in;

    5. addr out;

    6. addr inout;

Mavjud dasturlash tillarida, parametrlarni uzatishning 6 usuli mavjudligiga qaramasdan, odatda, ikki-uch usuligina ishlatiladi.
Turbo Paskalda parametrlarni uzatishning birinchi (value in), to`rtinchi (addr in) va oltinchi (addr inout) usullarigina amalga oshiriladi. Mana shu uch usul bilan yaqindan tanishamiz:

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish