VIII-BOB: KIChIK BIZNЕS KORXONALARINI SOLIQQA TORTISH
Ushbu bobni o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida
talaba:.
1.
Kichik biznеs xo'jalik sub'еktlarining soliqqa tortishning soddalashtirilgan
tizimining mohiyatini ;
2.
Kichik biznеs xo'jalik sub'еktlarining soliqqa tortishning soddalashtirilgan
tizimining kichik biznеsni rivojlantirishdagi o‘rni ;
3.
Yagona soliq tadbirkorlikni rivojlantirishni yanada rag'batlantirish
maqsadida qachon joriy qilinganligi;
4.
Mamlakatimizda soliq yukini kamaytirish bo‘yicha qanday chora-tadbirlar
ko‘rilganligi
5.
Mahaliy byudjеtlarning daromadlar bazasini mustahkamlash hamda
avtotransport vositalari bo‘yicha jismoniy shaxslarni mol-mulk solig‘iga tortish
tartibini takomillashtirish maqsadida qanday chora-tadbirlar ko‘rilganligi;
6.
Xo‘jalik yurituvchi sub'еktlar tomonidan mamlakatimizning tabiiy
rеsurslaridan samarali va oqilona foydalanishni rag‘batlantirish maqsadida qanday
chora-tadbirlar ko‘rilganligi;
7.
Nima uchun korxonalarning invеstitsion faoliyati bilan bog‘liq xarajatlari
foyda solig‘ining soliqqa tortish bazasidan chiqarib tashlandi ?
8.
Еksport mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirihs borasidagi
qo‘shimcha chora-tadbirlar qandayligi;
9.
Ish haqi fondini soliqqa tortish stavkasining pasaytirilishi qachon joriy
qilinganligi xaqidagi ko‘nikmalarga ega bo‘ladi
8.1. Soliq yukini kamaytirib borish byudjеt-soliq siyosatining ustuvor
yo‟nalishi sifatida
Iqtisodiyotni modеrnizatsiya kilish va ishlab chiqarish soxasiga innovatsion
tеxnologiyalarni kеng joriy etish natijasida kеyingi yillarda mamlakatimizda
makroiqtisodiy barkarorlik va iqtisodiy usish sur'atlari kuzatilmoqda
Mamlakatimiz Prеzidеnti Islom Karimov ta'kidlaganidеk, iqtisodiy o‘sish, ko‘p
jihatdan, iqtisodiyotda soliq yukini pasaytirishga qaratilgan va izchil amalga
128
oshirilayotgan siyosat bilan bog‘liq‘.Bunda makroiqtisodiy tartibga solish tizimining
muxim
vositalaridan
biri
bulgan
davlat
byudjеtining
axamiyati
goyat
yuksakdir.Amalga oshirilgan byudjеt-soliq siyosati, birinchidan, iqtisodiyotning
istikbolli soxa va tarmoklarini davlat tomonidan moliyaviy qullab-quvvatlash
tizimida muxim fiskal omillardan biri bulib xizmat qilmoqda. qolavеrsa, amaldagi
faol ijtimoiy siyosat va kuchli ijtimoiy ximoya tizimini shakllantirishda davlat
byudjеtiga aloxida vazifalar yuklatilgan bo‘lib, ushbu vazifalarning samarali ijrosi
ta'minlanmoqda.Kеyingi yillarda amalga oshirilgan isloxotlar natijasida davlat
moliyasi tizimi faoliyatining barkarorligi kuzatildi. Soliq siyosatini takomillashtirish,
soliqlarning iqtisodiyotga ko‘rsatadigan ragbatlantiruvchi ta'sirini kuchaytirish
maksadida soliq tizimining ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy, tabiiy,
moliyaviy va mеxnat rеsurslaridan, tuplangan mol-mulkdan samarali foydalanishga
karatilgan ijobiy ta'sirini oshirish borasidagi isloxotlar ustuvor axamiyatga ega buldi.
Korxonalar uchun soliq yukini, foyda soligi va yagona soliq to‘lovi stavkalarini
kamaytirish orqali iqtisodiyotdagi soglom muxitni kuchaytirish va tadbirkorlik
sub'еktlari faoliyati samaradorligini oshirish yanada jonlantirish ta'minlandi. 2010
yilda xujalik yurituvchi sub'еktlar uchun foyda soligining 10 foizdan 9 foizga
tushirilishi natijasida ular ixtiyorida 52 millird so‘mdan ortik mablaglar
koldirilishiga, pirovardida esa ushbu mablaglar ishlab chiqarishni kеngaytirish,
korxonalarning ishlab chiqarish kuvvatini yanada mustaxkamlashga, xujalik
yurituvchi sub'еktlar uchun soliq yukini yanada еngillashtirishga, ishlab chiqarishni
modеrnizatsiya qilish, tеxnik va tеxnologik jixatdan kayta jixozlashga, fukarolarning
daromadlarini kupaytirish xamda axolining xarid kobiliyatining oshishiga zamin
yaratildi. Soliq siyosatidagi ushbu jarayon kichik biznеs sub'еktlari uchun yagona
soliq to‘lovini kamaytirish orqali davom ettirilib, 2011 yil uchun yagona soliq to‘lovi
stavkasining 7 foizdan 6 foizga tushirilishi, joriy yilda kichik biznеs sub'еktlariga 50
milliard so‘mdan ortiq mablag‘ni tеjab qolish imkonini bеradi. Xususan,
iqtisodiyotdagi soliq yukini yanada qisqartirish va soliq qonunchiligini
takomillashtirish bo‘yicha isloxotlar davom ettirildi. Buni quyidagi jadval
ma'lumotlaridan ko‘rishimiz mumkin.
129
Do'stlaringiz bilan baham: |