Sho‘ba yig‘ilishlarida



Download 38,5 Kb.
Sana01.02.2017
Hajmi38,5 Kb.
#1555
Kimyo

Ilm-fan, texnika va sanoat jadal rivojlanayotgan, ekologik holat keskinlashib borayotgan ayni davrda maktablarda kimyo fanini mazmun jihatdan yangicha o‘qitish, zamon talabidir.

Kimyo fanining ahamiyati uning fan, texnika taraq­qiyotida, ishlab chiqarish sohalari va kundalik hayotda tutgan o‘rni bilan belgilanadi. Xalqaro miqyosdagi fan olimpiadalarida erishayotgan yutuqlarimiz esa yurtimizda bu fanni o‘qitishga e’tibor yuqo­riligidan dalolat. Jumladan, yaqinda poytaxtimizda kimyo fanidan o‘tgan 47-xalqaro Mendeleyev olimpiadasida O‘z­bekiston terma jamoasi 2ta oltin, 5ta kumush, 8ta bronza medali bilan taqdirlangani bilan faxrlansak arziydi.

Ammo har bir sohada bo‘lgani kabi bu borada ham yechimini kutayotgan muam­molar yo‘q emas. Misol uchun, 2012—2013-o‘quv yilida o‘tkazilgan monitoring nati­jalari tahlili shuni ko‘rsatdiki, kimyo fanidan o‘quvchilarning 58,4 foizi molyar massa, molyar hajm, modda miqdori, nisbiy molekulyar massa, absolyut massa va Avogadro doimiysi, tarkibning doimiylik qonuni, 74,6 foizi oddiy va mu­rakkab moddalarning valent­liklari va oksidlanish darajalari, 80,5 foizi esa elementlarning elektron formulasiga oid top­shiriqlarni bajarishda va ma­salalar yechishda qiynalganlar.

“Virtual laboratoriyadan qaysi sinfda va qaysi mavzularda foydalanasiz?” degan so‘rov­nomaga olingan javoblardan ko‘pchilik o‘qituvchilar virtual laboratoriya va elektron darslik farqini yaxshi ajrata olmasligi aniqlandi.

Sho‘ba yig‘ilishlarida:

 ishtirokchilar bilan o‘zaro ijo­diy fikrlashgan holda yuqo­ridagi bo‘shliqlarni to‘ldirish uchun shu mavzularga oid masalalar yechishga e’tiborni kuchaytirish;

 o‘tiladigan har bir mav­zuni laboratoriya tajribalari asosida ko‘rgazmali o‘tish hamda jihozlanmagan yoki imkoni bo‘lmagan laboratoriya mash­g‘ulotlarini olib borishda virtual laboratoriya shaklidan foydalanish;

 yangi darslik hamda metodik qo‘llanmalar xususida fikr­lashish;

 elektron darsliklar, fan xo­nalarining o‘quv-laboratoriya jihozlari bilan ta’minlanishi va ulardan foydalanib amaliy hamda laboratoriya ishlarini o‘tkazish, o‘quvchilarda tejamkorlikni tarbiyalash, o‘tkazilayotgan taj­ribalarning xavfsizligini ta’min­lash, kimyoviy moddalardan unumli foydalanish (mikro usul) to‘g‘risida amaliy mash­g‘ulotlar o‘tkazish, belgi­langan muddatlarda o‘rnini qayta to‘ldirish uchun buyurtmalar berish bo‘yicha yo‘riqnomalar tuzish;

 pedagogik texnologiyalar, kimyoviy modellar va plakatlar to‘plamlaridan foydalanib dars o‘tish usullari va ularning malakali o‘qituvchilar tomo­nidan ko‘rsatib berilishi;

 kimyo fanini o‘qitishda yangiliklar va ijobiy natijalarga erishgan tajribali o‘qituvchilar bilan davra suhbatlari tashkil etish hamda ularning ta’lim-tarbiya berishning yangi, samarali, interfaol usullaridan foydalanishdagi tajribalarini o‘rganish va ommalashtirish maqsadga muvofiqdir.

2013—2014-o‘quv yilida mu­al­­liflar I.Asqarov, N.To‘x­ta­boyev, K.G‘opirov ham­muallifligidagi amaliyotchi-o‘qituvchilar, fan mutaxassislari tomonidan bildirilgan fikr va takliflar asosida qayta nashr qilingan 7-sinf darsligidan, 8–9-sinflar amaldagi «Kimyo» darsligi va metodik qo‘llan­masidan foydalanadilar. Shu­ningdek, «Mo‘jizalar olamiga sayohat» (B.Akbarov), «Qizi­qarli kimyo», «Kimyodan masala va mashqlar yechish» kabi qo‘llanmalardan, fanga oid internet ma’lumotlaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Umumta’lim maktablarida kimyo fani bo‘yicha chop etilayotgan jurnallar va ularda taqdim etilayotgan metodik materiallar haqida ham fikr almashishlari foydadan xoli emas.

Shuningdek, jurnal yuritish, o‘quvchilar tomonidan daftar tutishda quyidagilarga e’tibor berish lozim:

1) jurnalga mavzularni yozganda, iloji boricha, shu mavzuga tegishli laboratoriya ishining (taqvim-mavzuiy rejada belgilangan mavzular ichida o‘tkaziladigan laboratoriya ishlari) tartib raqami yoki no­mi qayd etib qo‘yilishi maq­sadga muvofiq;

2) umumta’lim maktablarida kimyo fani o‘quv dasturi asosida amaliy mashg‘ulot, laboratoriya ishlari va turli tajribalar o‘tkaziladi. Shunga asosan, o‘quvchi bir o‘quv yili davomida amaliy ish, oraliq nazorat ishi, kundalik ish daftarlari tutadi. Daftarda mavzular ichida o‘rganiladigan laboratoriya ishlari, ko‘rsa­tiladigan tajribalar yozilishi kerak (buning uchun alohida daftar tutilmaydi). Daftar faqatgina amaliy ishlar uchun tutiladi.



Sho‘ba yig‘ilishlarida yana alohida e’tiborga olish kerakki, amaliyotchi o‘qituvchilarimizga metodik yordam sifatida Xalq ta’limi vazirligining www.uzedu. uz elektron saytiga vazirlik qoshidagi Multimedia umum­ta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi tomonidan 7-,8-,9-sinflar uchun laboratoriya ishi bajarilgan videolavhalar, ani­matsion tajribalar, mavzularga oid o‘zini-o‘zi tekshirish uchun testlar, boshqotirmalar, elektron resursdan foydalanish yo‘riq­nomalari joylashtirilgan.

Respublika ta’lim markazi
Download 38,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish