Қўшма корхоналарда маркетинг фаолиятини такомиллаштириш



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/26
Sana15.12.2022
Hajmi1,21 Mb.
#887083
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
d89b27885e0f06f5a7971384920b17d5 oziq-ovqat sanoati korxonalarini rivojlantirishda faol marketingdan foydalanish (1)

Kirish 
 
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi
. Mamlakatimizda bozor 
iqtisodiyoti shakllanishi, iste’mol talabiga oid yangi muammolarni kelib 
chiqishiga sabab bo’ladi. Bozor munosabatlariga o’tish bozor ishtirokchilariga 
yangi talablarni qo’ymoqda – ularni ma’lum iste’mol talabi uchun foydalanilgan 
mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotishga majbur qilmoqda.
O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga 
bosqichma-bosqich o’tishiga asoslangan hozirgi siyosati korxonalar, firmalar va 
tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil qilish, ularning ichki va tashqi iqtisodiy 
munosabatlarining bozor talablariga moslashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. 
«Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamon davom etayotganiga 
qaramasdan, hisobot yilida yalpi ichki mahsulot 8 foiz, sanoat mahsulotlari ishlab 
chiqarish hajmi 8 foiz, qishloq xo’jaligi mahsulotlari qariyb 7 foiz, qurilish-
montaj ishlari hajmi salkam 18 foizga oshdi. 
Yillik byudjet yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz profitsit bilan 
bajarildi. Inflyatsiya darajasi 5,6 foizni tashkil qildi, ya’ni prognoz ko’rsatkichlari 
doirasida bo’ldi. 
Xalqaro miqyosda katta nufuzga ega bo’lgan Jahon iqtisodiy forumi 
reytingiga ko’ra, O’zbekiston 2014-2015 yillardagi rivojlanish yakunlari va 
2016-2017 yillarda iqtisodiy o’sish prognozlari bo’yicha dunyodagi eng tez 
rivojlanayotgan beshta mamlakat qatoridan joy olgani albatta barchamizga 
mamnuniyat yetkazadi. 
Aholi daromadlarining ortishi natijasida ichki iste’mol talabi kengaymoqda. 
Chakana savdo aylanmasi bir yilda 15 foizdan ziyod, pullik xizmatlar hajmi esa 
10,8 foizga o’sdi. 
Aholining uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar bilan ta’minlanish 
darajasida ham sifat o’zgarishlari ro’y berdi. Bugungi kunda ushbu tovarlarning 
aksariyati mamlakatimizda ishlab chiqarilmoqda. Xususan, har 100 oilaning 42 
tasi engil avtomobillarga ega bo’lib, bu besh yil avvalgi ko’rsatkichdan 1,5 



barobar ko’p, 47 ta oila shaxsiy kompyuterlar bilan ta’minlangan va bu davrda 
o’sish 3,9 barobarni tashkil etdi. Shuningdek, har 100 ta oiladan 31 tasi 
konditsionerga ega yoki bu boradagi o’sish 1,7 barobarga teng, har 100 ta oilaga 
234 ta mobil telefon to’g’ri kelmoqda yoki bu sohadagi o’sish 1,6 barobarni 
tashkil etmoqda. 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligida mustaqil tashkilotlar guruhi va 
xalqaro ekspertlar ishtirokida 2015 yilda 158 ta davlatda «Dunyoning eng baxtli 
mamlakatlari» degan mavzuda tadqiqot o’tkazildi. Har qaysi mamlakatning o’z 
fuqarolarini baxtli hayot bilan ta’minlash qobiliyatini ifoda etadigan ushbu indeks 
bo’yicha O’zbekiston 44-o’rinni egalladi. Aytish joizki, yurtimiz 2013 yilda bu 
reytingda 60-o’rinda edi. 
Ta’kidlash kerakki, iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarida tarkibiy 
o’zgarishlarni amalga oshirish va bu sohalarni diversifikatsiya qilishga 
qaratilayotgan ulkan e’tibor eksport hajmi, uning tarkibi va sifatiga ijobiy ta’sir 
ko’rsatdi.
Jahon bozorlarida raqobat tobora kuchayib borayotgan bugungi sharoitda 
iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini tubdan oshirish, eksportga mahsulot 
chiqaradigan korxonalarni qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish, fermer xo’jaliklari, 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksport faoliyatidagi 
ishtirokini har tomonlama rag’batlantirish ustuvor ahamiyat kasb etadi. 
Aynan ana shu sohalarda hali foydalanilmagan ulkan imkoniyat va salohiyat 
ko’p. Eksportga mahsulot chiqaradigan sanoat korxonalaridan farqli ravishda 
kichik biznes sub’ektlari va fermerlar o’z mahsulotlarini eksport qilishdan olgan 
valyuta tushumlarining 50 foizini banklarga sotish majburiyatidan ozod qilingani 
va ularning eksportga mahsulot yetkazib berishdan, avvalo, o’zlarining 
manfaatdor bo’lishini e’tibordan chetda qoldirmasligimiz darkor. 
Birinchi navbatda, eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalar uchun 
taqdim etilayotgan imtiyozlar tizimini yana bir marta tanqidiy ko’rib chiqish, 
bojxona tartib-taomillarini yanada soddalashtirish, ularni amalga oshirish 
muddatlarini qisqartirish va tashqi savdo operatsiyalarini bajarish uchun tariflarni 



pasaytirishga doir qo’shimcha choralar ko’rish lozim. Mahsulot eksporti bilan 
bog’liq barcha hujjatlar va ruxsat berish tartib-taomillarini rasmiylashtirishning 
elektron shaklini keng joriy etish kerak. 
Bu masalalarni hal etishda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo 
vazirligining qayta tashkil etilgan tuzilmalari zimmasiga jiddiy mas’uliyat 
yuklanadi. 
Bugungi kunda ana shu tuzilmalar eksportni muvofiqlashtirish va eksport 
faoliyatiga yangi ishtirokchilarni jalb qilish, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlarni eksportga yetkazib berish ko’lamini kengaytirish va yangi 
bozorlarga kirib borish uchun mas’uldir.»
1
Prezidentimizning ushbu ma’ruzasida belgilab berilgan O’zbekiston 
iqtisodiy rivojlanishning yuqori va barqaror sur’atlarini, samaradorligini hamda 
makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlash, bank-moliya tizimining barqarorligini 
oshirish, strategik ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun faol 
investitsiya siyosatini olib borish, xalqimizning hayot darajasi va farovonligini 
yanada oshirish borasidagi vazifalarni to’liq va samarali amalga oshirish eng 
avvalo jamiyatimiz a’zolari tomonidan ularning mazmun-mohiyatini teran va 
chuqur anglab etilishini taqozo etadi. 
Iqtisodiyotda erishilgan yutuqlarimizni yanada mustahkamlash uchun 
mamlakatimizda bozor islohotlarni jamiyat miqyosida yanada chuqurlashtirish 
hamda erkinlashtirish zarur. Ana shundagina butun mamlakatni modernizatsiya 
qilish zaminida aholi turmush darajasini yuksaltirish mumkin bo’ladi.
Korxona faoliyati avvalo bozorni bilishga, oxirgi natijani bashorat qila 
olishga to’g’ridan to’g’ri bog’liq bo’lgan xo’jalik faoliyati asosiy yo’nalishlarini, 
oxirgi foyda miqdorini baholagan holda bozorga mo’ljallanadi. Bozor 
qonunlarini bilmaslik korxona egasini moliyaviy inqirozga olib keladi, yoki 
aksincha kim o’z vaqtida bozorning istiqboliga taraqqiyotni oldindan bashorat 
qila olsa ular o’z imkoniyatlarini shunga yo’naltirsa, xo’jalik faoliyatlarining 
1
Islom Karimov. Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, 
iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka 
yanada keng yo’l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir.//Xalq so’zi, 2016 yil 16 yanvar, N11 (6446) 



yuqori samaradorligi ta’minlanadi.
Mamlakatimiz Prezidenti I.A. Karimov shunday ta’kidlagandilar: 
«Korxonalarni korporativ boshqarish bo’yicha ilg’or xalqaro tajribani o’rganish 
asosida aktsiyadorlik jamiyatlarining yangi namunaviy tuzilmasi ishlab chiqildi 
va tasdiqlandi. Shu tariqa, zamonaviy korporativ boshqaruv tizimi talablarini 
inobatga olgan holda, Lavozim va kasblarning yangi klassifikatori ishlab chiqildi 
va tasdiqlandi, unga bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladigan 566 ta yangi 
toifa kiritildi.
Ana shu klassifikator asosida rahbarlar tarkibi attestatsiyadan o’tkazildi. 
Rahbar kadrlarning korporativ boshqaruvning zamonaviy usul va printsiplari, 
menejment va marketing bo’yicha bilimlarini baholash ushbu sinovning asosiy 
maqsadi qilib qo’yildi. Uning natijalariga ko’ra, attestatsiya qilingan 721 nafar 
rahbar xodimning yarmi – 49 foizi attestatsiyadan o’tgan bo’lsa, ularning har 
uchinchisi attestatsiyadan shartli ravishda o’tkazilgan, 20 foizi yoki har beshinchi 
rahbar esa egallab turgan lavozimiga loyiq emas, deb topilgan. 
Bu raqamlar, tabiiyki, ko’p narsadan darak beradi va aktsiyadorlik 
jamiyatlarini boshqarish tizimini tubdan o’zgartirishdek muhim ishni o’z vaqtida 
boshlaganimizni yana bir bor tasdiqlaydi. 
Bo’shab qolgan rahbarlik lavozimlariga puxta bilimga ega bo’lgan, 
zamonaviy menejment va marketing usullarini amalda qo’llay oladigan yosh 
mutaxassislar tayinlandi. Shu borada Germaniyada joylashgan Evropa 
menejment va texnologiyalar maktabining faol ishtirokida aktsiyadorlik 
jamiyatlarining rahbar xodim va mutaxassislarini tizimli asosda tayyorlash va 
malakasini oshirishni tashkil qilish, ularning zamonaviy korporativ boshqaruv 
usullarini egallashini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda Korporativ 
boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi tashkil etildi.»
2
Bozor iqtisodiyoti ichki va tashqi savdo sharoitining muttasil o’zgarib 
2
Islom Karimov. Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, 
iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka 
yanada keng yo’l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir.//Xalq so’zi, 2016 yil 16 yanvar, N11 (6446) 



borishi bozor munosabatlariga o’tish shart-sharoitini, uning o’ziga xos 
xususiyatlarini atroflicha o’rganishni taqozo etmoqda. Pirovard maqsadda 
bozorni, tayin bir iste’molchini ko’zlash, raqiblar va raqobat usullarini puxta 
o’rganish yutuq va barqarorlik garovi bo’lib bormoqda. Bozor talabini bilish 
korxonalarga iste’molchilarning talabiga muvofiq ravishda tovar resurslarini 
shakllantirish imkoniyatini beradi. 
Milliy iqtisodiyotimizni shakllantirish jarayoni nazariy jihatdan qayta ko’rib 
chiqilmoqda hamda sog’lom aql-idroq, jahon xo’jaligi tajribasi, umuminsoniy 
qadriyatlarning ustuvorligi va jamiyat hayoti barcha qirralarini demokratiyalash 
talablariga muvofiq ravishda o’zgarib bormoqda. Qisqa muddat ichida tijorat, 
axborot va reklama ramzi bo’lgan marketing ommaviyligi juda kuchayib ketdi.
Bozor munosabatlarining ravnaq topishida erkin raqobat va aholi turmush 
farovonligini ta’minlashda marketing muhim ahamiyat kasb etadi. oziq-ovqat 
sanoati 
korxonalarini 
rivojlantirishda 
faol 
marketingdan 
foydalanish, 
avvalambor, marketing sohasidagi izlanishlarning mohiyatiga, mazmuniga va 
yo’nalishiga asoslanadi. oziq-ovqat sanoati korxonalarini rivojlantirishda faol 
marketingdan foydalanishning yalpi faol marketingdan foydalanishda, uni 
boshqarishda, rejalashtirishda va nazorat etishda muhim ahamiyatga ega bo’lishi 
zamonaviy marketing asosiy xususiyatlaridan biri sifatida namoyon bo’lmoqda. 
Oziq-ovqat sanoati korxonalarini rivojlantirishda faol marketingdan 
foydalanishni yuqori darajada bo’lishi, uning ko’lami, tahliliy va qayta ishlash 
jarayonlarida foydalaniladigan uslublar yig’indisi, bevosita korxonaning 
marketing strategiyasini belgilashda hamda amalga oshirishda tayanch 
nuqtalardan biri hisoblanadi. 
Korxonalarining ichki bozorda munosib o’rinlarni egallashlarida marketing 
faoliyatini samarali tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Chunki, zamonaviy 
raqobat nafaqat maqsadli bozorni topish, balki potentsial xaridorni aniqlash, 
uning shakllanishi va ko’lamining ortishi borasidagi urinishlar bilan ajralib turadi 
Ishlab chiqarishda faol marketingdan foydalanish ahamiyatining oshib 
borishiga yana bir sabab, bu mamlakatimizda barcha mulkchilik shakllariga 



asoslangan iqtisodiyotning shakllanishi va uning tobora jadal sur’atlar bilan 
rivojlanishidir.
Korxonalar oldida turgan asosiy vazifalardan biri bu potentsial xaridorni 
aniqlash, faol marketingdan foydalanishni shakllantirish va bozorda yuqori 
mavqega ega bo’lish hisoblanadi. Bu vazifani hal etishda muntazam va samarali 
faol marketingdan foydalanish korxonalar ravnaqini belgilashda muhim 
ahamiyatga ega.
Iqtisodiy jihatdan rivojlangan ilg’or davlatlarning yirik firmalari tajribasi 
shuni ko’rsatadiki, marketing nazariyasi va amaliyotining ravnaqi faol 
marketingdan foydalanishning darajasiga bevosita bog’liqdir. 

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish