.
Хulоsa
Inson - oliy mavjudot. Hayotining mazmuni inson borlig`idagi o`zaro qarama-qarshi ikki qutb - ong va tafakkur orqali belgilanishi barchamizga ma'lum.
Mustaqil O`zbekiston Respublikasi e'lon qilingan birinchi qadamlaridanoq insonning odob-axloqi, bilimi, dunyoqarashi, ma'naviyati rivojiga katta ahamiyat berilganligi uning kelajagi buyuk ekanligiga yaqqol dalildir. Ma'navii kamolot, bilim, odob-axloq, iymon-e'tiqod, falsafiy dunyoqarash inson uchun ham, jamiyat uchun ham bebaho boylikdir.
Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish -uning g`oyaviy-madaniy yuksalishining omili Inson huquqlari va erkinliklari ko`p qirrali muammo bo`lib, uz ichiga kishilarning fuqarolik, shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari va erkinliklarini qamrab oladi.
Kishilarning fuqarolik huquq va erkinliklari ustida so`z yuritganimizda shuni e'tiborga olishimiz kerakki, xalqimiz tarixida birinchi marta O`zbekiston Respublikasi xududida yagona fuqarolik uni ko`zdan kechirishi, yozishmalar va telefonda so`zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas.
O`zbekiston Respublikasi fuqarosi O`zbekiston Respublikasi xududida bir joydan ikkinchi joyga ko`chish, O`zbekiston Respublikasiga kelish va undan chiqib ketish huquqiga ega. Qonunda belgilangan cheklashlar bundan mustasnodir.
Har kim fikrlash, so`z va e'tiqod qilish, uzi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega. Amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir. Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taalluqli bo`lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin.
O`zbekiston Respublikasining barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslari fuqarolariga ularning huquq va manfaatlariga daxldor bo`lgan xujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozim.
Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xoxlagan dinga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo`l qo`yilmaydi.
Konstitutsiyada hozirga davr talabidan kelib chiqib har bir insonning siyosiy huquqlari to`la-to`kis va atroflicha ochib berilgan. Unga muvofiq O`zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o`z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o`zini o`zi boshqarish, referendumlar o`tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo`li bilan amalga oshiriladi.
Jamiyatimizda iqtisodiy va boshqa sohalarda ro`y berayotgan jarayonlarni, jumladan, bozor munosabatiga o`tish qonuniyatlarini hisobga olgan holda, unda har bir insonning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari aniq ko`rsatib berilgan.
Har bir shaxs mulkdor bo`lishga haqli. Bankka qo`yilgan omonatlar sir tutilishi va meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi.
Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko`rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir.
Barcha fuqarolar dam olish huquqiga egadirlar. Ish vaqti va haq to`lanadigan mehnat ta'tilning muddati qonun bilan belgilanadi.
Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo`qotganda, shuningdek, boquvchisidan mahrum bo`lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta'minot olish huquqiga ega. Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam va boshqa turlarning miqdori rasman belgilab qo`yilgan tirikchilik uchun za-rur eng kam miqdordan oz bo`lishi mumkin emas.
Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega.
Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta'lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir. Har kimga ilmiy, texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g`amxo`rlik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |