Psixoprofilaktika ishlari.
1. Ushbu yo`nalishning asosiy vazifalari har bir yosh bosqichida komil shaxs sifatida yetilishi, aqlan barkamolligini ta'minlashning shart- sharoitini yaratish.
2. Shaxs kommunikativ va intellektual taraqqiyoti bo`sag`asida vujudga kelishi mumkin bo`lgan buzilish va nuqsonlarni o`z vaqtida oldini olish. Psixologik maorif yoki ma'rifat o`quvchilar yoki xalq ta'limi xodimlari, aholining psixologik madaniy saviyasini ko`tarishga qaratilgan.
Psixologik-ma'rifat quyidagi funksiyalarni bajaradi:
1. Psixologik muammolar bo`yicha pedagogik kengashlarda, ilmiy kengashlarda ma'ruzalar bilan chiqish.
2. Xalq ta'limi xodimlari o`rtasida psixologiya fanining oxirgi yutuqlarini targ`ib qilish.
3. Ota-onalar, tarbiyachilar va psixologlar ishtirokida psixologik seminarlar o`tkazish (bog`chada, MTTda).
4. Psixoturkum, ma'ruzalar va seminarlar tashkil qilish (oliy o`quv yurtlarida).
5. Metodik qo`llanmalar ishlab chiqish.
6. Ota - onalar bilan ma'rifiy suhbatlar o`tkazish.
7. Tajriba ishtirokchilarining kasbiy faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan holda ularga psixologik ko`rsatmalar va tavsiyalar ishlab chiqish.
Psixodiagnostik ish. Mazkur ishlar o`quvchilarni MTT, kollej va litseylarda o`qitish davomida psixologik-pedagogik jihatdan chuqurroq o`rgatishga yo`naltirilgan bo`lib, ularning individual xususiyatlarini, ta'lim va tarbiyadagi nuqsonlar sabablarini yoritishga yo`naltirilgandir. Psixodiagnostika ishlari guruhda yoki yakka holda o`tkaziladi.
Bu asosda amaliy psixologlar quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. Yosh davri taraqqiyoti mezonlariga muvofiqligini MTT o`quvchilari va bilim yurti tinglovchilarini, oliy o`quv yurti talabalarini psixologik tekshiruvdan o`tkaziladi. Ularning kamolot darajasini belgilaydi. O`quvchilarning kasbiy yaroqliligini diagnostika qiladi. Ularning shaxs hissiyotlari, irodaviy sifatlari, histuyg` ulari,o`z-o`zini boshqarish imkonini, intellektual darajasini tekshiradi.
2. MTT yoshidagi bolalar, o`quvchilar kasb-hunar bilim yurti tinglovchilari, yangi tipdagi MTT, bolalarda uchraydigan o`qitish malakalari ko`nikmalarini egallashdagi nuqsonlar, xulq-atvoridagi kamchiliklar, intellektual taraqqiyot shaxs fazilatlaridagi buzilishlar sababini diagnostika qiladi.
3. Bolalarning voyaga yetganlar va tengqurlari bilan munosabatini o`rganish uchun ularni tekshiradi.
4. Iqtidorli yoshlar, talabalar, aspirantlar tanlovlarida ishtirok qilish. Ilmiy psixologik tavsiyalar ishlab chiqish va shunga asoslanib nafaqa berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |