Shisha va Keramika xomashyosi va sifati



Download 28,26 Kb.
bet1/3
Sana21.04.2022
Hajmi28,26 Kb.
#569320
  1   2   3
Bog'liq
Shisha va Keramika xomashyosi va sifati Sultonov Oyatilla 2-20


Shisha va Keramika xomashyosi va sifati
Shisha qattiq amorf moddadir. Shisha odatda moʻrt va shaffof boʻladi.Shisha — tarkibi Shisha hosil qiluvchi komponentlar (kremniy, bor, alyuminiy, fosfor, germaniy oksidlari va boshqalar) va metallar (litiy, kaliy, natriy, kaltsiy, magniy, qoʻrgʻoshin va boshqalar)ning oksidlaridan iborat aralashmani qizdirish yoʻli bilan suyuqlantirib sovitishdan hosil boʻlgan amorf moʻrt material. Shisha qizdirilganda kristall moddalar kabi maʼlum bir trada suyuqlanmaydi va qotmaydi, balki asta-sekin qattiq holatdan choʻziluvchan yumshoq holatga va nihoyat suyuq holatga oʻtadi. Suyuqlantirilgan Shisha eritmasi sovitilganda maʼlum tralar oraligʻida avval plastik holatga oʻtadi, soʻngra qotadi. Shisha — izotrop, yaʼni uning fizik xossalari (yorugʻlik nurini sindirish koʻrsatkichi, issiqlik oʻtkazuvchanligi va boshqalar) turli yoʻnalishlari boʻyicha oʻlchanganda bir xil boʻladi. Tarkibidagi anorganik birikmalarning turiga koʻra, Shisha quyidagi sinflarga boʻlinadi: elementar Shisha, oksid Shisha, galogenid Shisha, xalkogenid Shisha va aralash Shisha.Elementar Shisha — faqat bir element atomlaridan iborat. Oltingugurt, selen, margimush, fosforni, oʻta tez sovitilganda esa baʼzi metallarni ham shishasimon holatda olish mumkin.Ishlatilishiga koʻra, qurilish Shishasi (deraza oynasi, Shisha bloklar va boshqalar), meʼmorlik qurilish Shishasi, avtomobil Shishasi, termik barqaror Shisha, kimyoviy lab. Shishasi, tibbiyot Shishasi, optik Shisha, elektrovakuum Shishasi, yorugʻlik texnikasi Shishasi, idish Shishasi, navli Shisha, shuningdek Shisha tola va Shisha plastiklar farqlanadi. Ionlovchi nurlardan saklaydigan Shisha, yorib oʻtuvchi radiatsiya indikatorlari Shishasi, oʻzgaruvchan yorugʻlik oʻtkazuvchi fotoxrom Shisha, lazer materiallari sifatida qoʻllanadigan Shisha, eruvchan Shisha va h.k. ishlab chiqariladi.Eng tavsifli xossasi uning shaffofligidir (deraza oynasining shaffofligi 83— 90%, optik shahriniki esa 99,95% gacha). Shisha moʻrt jism, mexanik taʼsirlarga juda sezgir. Zichligi 2200-8000 kg/m³.Tabiatda perlit, obsidian kabi tabiiy Shishalar mavjud (qarang Vulkan shishasi). Sunʼiy shishaning paydo boʻlishini, odatda, kulolchilik bilan bogʻlaydilar. Kulolchilikda loydan yasalgan mahsulotni kuydirishda unga soda va qum tushgan boʻlishi, natijada buyum sirtida shishasimon sir (glazur) hosil boʻlgan boʻlishi mumkin.Shisha sanoatda, asosan, vanna pechlarida va maxsus xumdonlarda pishiriladi. Shisha pishirish jarayoni Shisha massasini suyuqlantirish, tiniqlashtirish (havo va boshqalar gazlardan tozalash), gomogenlash va sovitishni oʻz ichiga oladi. Shisha 1400— 1450°da pishiriladi, 14601500°da tiniqlashtiriladi va gomogenizatsiya qilinadi, 1200— 1300°da sovitiladi. shahriga shakl berish va undan buyumlar yasash presslash, puflash, choʻzish va prokatlash yoʻlibilan amalga oshiriladi.Keramika (yun. keramos — tuproq) — tuproq (gil, kaolin) yoki anorganik moddalarni yuqori t-ralarda pishirish yoʻli bilan olinadigan nometall materiallar va buyumlar. Barcha sohalarda: uy-roʻzgʻorda (idish-tovoqlar), qurilishda (gʻisht, cherepitsa, quvurlar, koshinlar, devorlarni bezash buyumlari), texnikada (radiotexnika, elektrotexnika, kosmonavtika), t. y.da, suv va havo transportida, haykaltaroshlik va amaliy sanʼatda K. keng tarqalgan. Tuzilishiga koʻra, dagʻal (notekis tarqalgan yirik zarralardan tashkil topgan, gʻovakligi 5 — 30%) va nafis (tekis tarqalgan mayda zarralardan tashkil topgan, gʻovakligi 5% gacha) turlarga boʻlinadi. D agʻal K.gakoʻpchilik qurilish materiallari, mas, gʻisht va koshin, nozik K.ga sopol, chinni, fayans, pyezo va segnetokeramika, ferritlar, kermetlar, baʼzi olovbardosh materiallar, yarim chinni va mayolika kiradi. Kimyoviy tarkibiga koʻra, K. oksid, karbid, nitrid, silitsid, optik va b. turlarga boʻlinadi.Keramik buyumlar tayyorlash uchun avval tuproq, kaolin, kum, dala shpati, metallurgiya va baʼzi sanoat chiqindilari sharli tegirmonda kukun holiga keltiriladi, suv qoʻshib aralashtiriladi; olingan oquvchan qolatdagi qorishma aralashtirgichli hovuzchalarga quyiladi; qoliplash usuliga qarab uni filtr-presslar yoki maxsus purkash qurilmalarida maʼlum miqdorgacha suvsizlantiriladi. Soʻngra namligi 6 — 12% boʻlgan kukun holidagi qorishmalardan presslar yordamida, 15—25% li qorishmalardan yoyish, bosish yoki kulollik charxit shakl berish yoʻli bilan buyumlar tayyorlanadi. Tarkibida 25—45% suvi boʻlgan qorishmalar esa gips, gʻovak plastmassa va metall qoliplarga quyish yoʻli bilan qoliplanadi. Qoliplangan buyumlar quritilib maxsus pechlarda 900° dan (qurilish K.si uchun) 2000° gacha (olovbardosh K. uchun) qizdirib pishiriladi. K.ning baʼzi turlariga pishirilgandan soʻng qoʻshimcha mexaniq ishlov va pardoz beriladi. Sopol, chinni, fayans va nafis K.ning boshqa turlaridan ishlangan buyumlarga suv va gaz oʻtkazmaydigan shishasimon qatlam hosil qiladigan sir qoplanib, 1000 — 1400° da qayta pishiriladi. Issiqlikni saqlovchi gʻovak materiallar tayyorlashda loyga yuqori t-rada yonib ketadigan yonuvchan qoʻshimchalar (koʻmir, qipiq, organiq moddalar) qoʻshiladi, koʻshimchalar yonib ketgach, oʻrnida qolgan kovaklar gʻovaklikni hosil qiladi.Fayans olish va sirkorlik sirlari qadimda misrliklarga mil. av 15-asrdayoq maʼlum boʻlgan Ular milodning 3— 4-asrlarida Xitoyda yana kashf qilindi, 9—10-asrlarda Yaqin Sharq mamlakatlarida, oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyoda, 16-asrda Fransiyada, 18-asrda Germaniya, Angliyada, 19—20-asrlarda Rossiyada rivojlangan. K. taraqqiyotining jahon tarixida Xitoy chinnisi va fayansi muhim oʻrin tutgan. U Yevropa va Osiyoning koʻpgina mamlakatlarida K. rivojiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan. Oʻrta Osiyoda, Eron, Ozarbayjon, Turkiya, arab mamlakatlarida binolarni bezashda, qabariq terrakotani qoʻllashda, idish-tovoqlar yasashda K.ning ahamiyati beqiyos boʻlgan. 10—15-asr meʼ-morligida Xiva, Samarqand, Buxoro, Qoʻqon, Toshkentda qurilgan binolarning polixrom mozaika koshinkorlik qoplamlari meʼmorlik sanʼatining eng yuqori yutuqlari hisoblanadi (qarang K. mahsulotlarini pishirish texnikasi va texnologiyasi koʻp asrlar mobaynida oddiy gulxandan xumdongacha, oddiy oʻchoqdan mexanizatsiyalashtirilgan pechlargacha boʻlgan taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtdi.

TEST
1.Shisha qanday kimyoviy ta'sirlarga chidamli?


A) elektr issiqlik tovush o'tkazmaslik B) chidamlilik xususiyati yo'q C) A va B Jacob to'g'ri
2. Maishiy xo'jalik shishasi nechaga bo'linadi?
A) 3 ta B) 5ta C) 6 ta
3. Bo'g'zi tor shisha tarasi og'zining ichki diametri qancha?
A) 60 mm dan kam B) 80 mm dan kam C) 30 mm dan kam
4. Bo'g'zi keng shisha tarasi og'zining ichki diametri qancha?
A) 30 mm dan katta B) 40 mm dan katta C) 80 mm dan katta
5. «Keramika» so'zi qaysi so'zdan olingan?
A) Arabcha B) Grekcha C) Lotincha
6. Keramika tovarlari nechaga bo'linadi?
A) 4 B) 6 C) 8
7. Keramika tovarlari klassifikatsiyasi?
A) qurilish materiallari B) dag'al va yupqa keramika C) TJY
8. «Keramika» so'zining ma'nosi?
A) chinni idishlar B) qumli idishlar C) kulollik san'ati
9. Keramika va sopol tovarlari vazifasiga ko'ra nechaga bo'linadi?
A) 4 B) 3 C) 7
10. Shisha tara tarkibiga asosan nechta oksid kiradi?
A) 3 ta B) 2 ta C) 6 ta



Download 28,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish