Shisha qattiq amorf moddadir. Shisha odatda moʻrt va shaffof boʻladi. Shisha



Download 103 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi103 Kb.
#206584
  1   2
Bog'liq
Shisha - Vikipediya



Shisha

Shisha qattiq 

amorf


 moddadir. Shisha

odatda 


moʻrt

 va shaffof boʻladi.



Shisha — tarkibi Shisha hosil qiluvchi

komponentlar (kremniy, bor, alyuminiy,



Yashil shishadan tayyorlangan 

kuldon

.


fosfor, germaniy oksidlari va boshqalar)

va metallar (litiy, kaliy, natriy, kaltsiy,

magniy, qoʻrgʻoshin va boshqalar)ning

oksidlaridan iborat aralashmani qizdirish

yoʻli bilan suyuqlantirib sovitishdan hosil

boʻlgan amorf moʻrt material. Shisha

qizdirilganda kristall moddalar kabi

maʼlum bir trada suyuqlanmaydi va

qotmaydi, balki asta-sekin qattiq

holatdan choʻziluvchan yumshoq holatga

va nihoyat suyuq holatga oʻtadi.

Suyuqlantirilgan Shisha eritmasi

sovitilganda maʼlum tralar oraligʻida avval

plastik holatga oʻtadi, soʻngra qotadi.

Shisha — izotrop, yaʼni uning fizik

xossalari (yorugʻlik nurini sindirish

koʻrsatkichi, issiqlik oʻtkazuvchanligi va



boshqalar) turli yoʻnalishlari boʻyicha

oʻlchanganda bir xil boʻladi. Tarkibidagi

anorganik birikmalarning turiga koʻra,

Shisha quyidagi sinflarga boʻlinadi:

elementar Shisha, oksid Shisha,

galogenid Shisha, xalkogenid Shisha va

aralash Shisha

Elementar Shisha — faqat bir element

atomlaridan iborat. Oltingugurt, selen,

margimush, fosforni, oʻta tez sovitilganda

esa baʼzi metallarni ham shishasimon

holatda olish mumkin.

Oksid shishaning asosiy komponentlari

kislorodli birikmalardan tashkil topgan.

Kremniy, germaniy, bor, fosfor,



margimush oksidlari juda osonlikcha

Shisha hosil qiladi.

Xalkogenid Shisha sulfidlar, selenidlar va

telluridlar asosida olinadi. Margimush

sulfid (A8,83), surma sulfid (8253),

selenidlar (Az28e3), (828e3), telluridlar

(A$2Te3) asosidagi Shishalar maʼlum.

Galogenid Shisha berilliy ftorid VeGʻ2va

rux xlorid 2pS12asosida olinadi.

Oksid Shisha tarkibidagi Shisha hosil

qiluvchi oksid xiliga koʻra quyidagi

guruhlarga boʻlinadi (qavslarda Shisha

hosil qiluvchi komponent koʻrsatilgan):

silikat Shisha (8YU2), borat Shisha (V,03),

fosfat Shisha (R2b5), germanat Shisha,



(Oye02), borosilikat Shisha (V20, va

8YU2), alyumosilikat Shisha (A1203va

8YU2).

Ishlatilishiga koʻra, qurilish Shishasi



(deraza oynasi, Shisha bloklar va

boshqalar), meʼmorlik qurilish Shishasi,

avtomobil Shishasi, termik barqaror

Shisha, kimyoviy lab. Shishasi, tibbiyot

Shishasi, optik Shisha, elektrovakuum

Shishasi, yorugʻlik texnikasi Shishasi,

idish Shishasi, navli Shisha, shuningdek

Shisha tola va Shisha plastiklar

farqlanadi. Ionlovchi nurlardan

saklaydigan Shisha, yorib oʻtuvchi

radiatsiya indikatorlari Shishasi,

oʻzgaruvchan yorugʻlik oʻtkazuvchi




fotoxrom Shisha, lazer materiallari

sifatida qoʻllanadigan Shisha, eruvchan

Shisha va h.k. ishlab chiqariladi.

Eng oddiy tarkibli bir komponentli kvars

Shishasi sanoatda kremniy dioksid

8YU2asosida olinadi. Me20p 8YU2(bu

yerda Me — №, K; p=2*4) tarkibli

eruvchan binar ishqoriysilikat Shisha

ham sanoat ahamiyatiga ega. Deraza

oynasi, meʼmorlikqurilish, navli, idish va

boshqalar sanoat Shishalari asosini №20

—SaO—8YU2uchlik sistemadagi

kompozitsiyalar tashkil etadi. Bu

oksidlardan tashqari ular tarkibiga

Shishaiing kristallanishga moyilligini

susaytiruvchi M§0 va kimyoviy




barqarorligini oshiruvchi A120, kiradi.

Baʼzi Shisha turlarining kimyoviy tarkibi

jadvalda keltirilgan.

shahrining xossalari uning tarkibidagi

komponentlarga bogʻliq. Eng tavsifli

xossasi uning shaffofligidir (deraza

oynasining shaffofligi 83— 90%, optik

shahriniki esa 99,95% gacha). Shisha

moʻrt jism, mexanik taʼsirlarga juda

sezgir. Zichligi 22008000 kg/m³.

Tabiatda perlit, obsidian kabi tabiiy

Shishalar mavjud (qarang Vulkan

shishasi). Sunʼiy shishaning paydo

boʻlishini, odatda, kulolchilik bilan

bogʻlaydilar. Kulolchilikda loydan

yasalgan mahsulotni kuydirishda unga




soda va qum tushgan boʻlishi, natijada

buyum sirtida shishasimon sir (glazur)

hosil boʻlgan boʻlishi mumkin.

Shisha mil. av. 4 ming yillarda qadimiy

Misr va Markaziy Osiyoda ishlab chiqarila

boshlagan. Dastlab boʻgʻiq Shisha ishlab

chiqarilgan. Tarkibidagi moddalar asta-

sekin oʻzgartirila borgan. Undagi ishqoriy

metallarning oksidlari 30% dan 20%

gacha kamaytirilgan. shishaga

qoʻrgʻoshin va qalay oksidlari

qoʻshiladigan boʻlgan, rang kiritish

maqsadida marganets va kobalt

birikmalari qoʻshilgan. Mil. av. 2

minginchi yillarda Misrda hajmi 0,25 l li

sopol koʻzalarda Shisha eritilgan.




Qadimgi Shishalar 1000—1100°da

pishirilgan.

2 muhim masala — shaffof Shisha

tayyorlash va mahsulotga puflab shakl

berish hal qilingandan boshlab

shishasozlik texnologiyasida muhim

oʻzgarish roʻy berdi. 19-asr oxirigacha

shishasozlikda qoʻl mehnati ustun edi,

20-asrning 20-yillaridan boshlab turli xil

Shishalar ishlab chiqarish

avtomatlashtirildi.

Badiiy Shisha badiiy idish va buyumlar,

meʼmorlik qismlari, manzarali

kompozitsiyalar, haykaltaroshlik (asosan,

kichik shakllarda), yoritqichlar, sunʼiy

bezak toshlar, Shisha mozaika va




boshqalardan iborat. Dastlab qadimiy

Misr (mil. av. 4—1-asrlar), Suriya, Finikiya,

Xitoyda rivojlangan. Bu davrdagi

shishasozlik maktablarining ish tajribalari

yozilgan asar va kitoblarning eng

qadimgisi mil. av. 2 ming yillarga oid

boʻlib, ular qadimiy Mesopotamiyat

topilgan. Aynan shu mamlakatda loyga

mixxatlar yordamida yozib qoldirilgan

mil. av. 7-asrga taalluqli jadvallarda eng

qadimgi rangli Shishalar tarkibi va

tayyorlash usullari bayon etilgan.

Arxeologik izlanishlar qadimgi sunʼiy

Shisha buyumlar mil. av. 4-ming yillik

oʻrtalariga mansubligini, ular ilk bor Misr

yodgorliklarida, keyinroq

Mesopotamiyada uchrashini koʻrsatadi.



Mil. av. 3-ming yillik oʻrtalariga mansub

Shisha mahsulotlar koʻpgina

mamlakatlar yodgorliklarida topilgan.

Qadimgi dunyo sanʼatida Shisha

mahsulotlar (guldon, munchoq, isirgʻa,

tamga va boshqalar), asosan, sopol

qoliplar yordamida tayyorlangan, lekin

ular boʻgʻiq (noshaffof), yashil, zangori,

feruza rangli boʻlgan. 6-asrdan badiiy

shishachilik markazi sifatida Vizantiya

shuhrat qozondi, Gʻarbiy Yevropada

gotika davrida vitraj sanʼati yuksak

darajaga koʻtarildi.

Musulmon Sharqida 12—14-asrlarda

Suriya Shishasi mashhur boʻldi. 15—16-

asrlarda Venetsiya Shishasi, 17-asrda




Chexiya Shishasi dongtaratdi. 1770-

yillardan (dastlab Angliyada) billursimon

Shisha ishlandi. 18-asrdan sunʼiy

qimmatbaho toshlar tayyorlash avj oldi.

19-asr oxiri va 20asr boshida shahridan

amaliy bezak sanʼatida keng foydalanila

boshlandi.

Oʻrta Osiyoda bronza va temir davrlarida

shaffof va turli rangli Shisha mahsulotlar

tayyorlangan. Tuxolo (Toxarisgon)

(hozirgi Oʻzbekistonning janubi va

Tojikistonning bir qismini oʻz ichiga olgan

davlat)da havorang , qizil rangli Shisha

tayyorlangan. Arxeologiya yodgorliklari

oʻsha davrlarda Samarqandda ham

shahridan bezak buyumlari




ishlanganligini qoʻrsatadi. Bolaliktepadan

topilgan nok shaklidagi medalon (2,5x2

sm) Shishasi yashil boʻlib, gardishga

oʻrnatilgan. Movarounnahr 9—10-asrlarda

Shishasi bilan ham shuhrat qozongan. 10

— 12asr shishasozlari metall qoliplar,

qirquvchi, randalovchi dastgohlardan

foydalanib badiiy Shisha mahsulotlari

tayyorlaganlar. Tabiblarning idishlari,

pardoz butomlari shahridan ishlangan.

Oʻrta asrlarda Shisha meʼmorlikda ham

ishlatilgan. Venetsiyalik sayyoh Klavixo

oʻz xotiralarida Samarqandning ulugʻvor

binolarida rangli Shisha ishlatilganini

yozgan.



Ulugʻbekning Chinnixona koʻshki,

Ishratxona maqbarasining ganch

panjaralarida rangli Shisha ishlatilgan.

Buxoro ham qadimdan oʻz Shishasi bilan

mashhur boʻlgan. Marv, Nisoda oʻrta

asrlarda Shisha tayyorlovchi ustalarning

doʻkonlari boʻlgan.

Xitoy manbalarida Oʻzbekiston

hududidan Xitoyga borgan ustalarning

mil. 424 yilda shu yerli xalqni

shishasozlik sirlari bilan

tanishtirganliklari, shahridan imperator

uchun maxsus taxt yasab berganliklari

haqida maʼlumotlar keltirilgan. Amerika

olimi E. Sheferni "Samarqandning oltin

shaftolilari" nomli kitobida (1881 yil)




Xitoyga Tan Imperiyasi davrida (7—10-

asrlar) Fargʻonadan (675 va 761 yillar),

Toxaristondan (hozirgi Surxondaryo

viloyati) (730 va 741 yillar) va Keshdan

(hozirgi Shahrisabz) (746 yil) qizil va koʻk,

havorang , tiniq va shaffof Shishalar

(xitoycha "boli") va qimmatbaho tabiiy

toshlar singari nur oʻtkazmaydigan rangli

Shishalar (xitoycha "lyuli") olib

borilganligi qayd etilgan. Bu maʼlumotlar

ilk oʻrta asrlarda shishasozlik Oʻzbekiston

hududida yuqori darajada

rivojlanganligini qoʻrsatadi.

Shisha ishlab chiqarish jarayoni xom

ashyo (tabiiy yoki sunʼiy) komponentlarini

tayyorlash, aralashtirish (shixta hosil




qilish), pishirish, Shisha massasini

sovitish, shakl berish, qizdirish va ishlov

berish (termik, kimyoviy va mexanik)dan

iborat. Asosiy xom ashyo sifatida kvars

qumlari, soda, potash, ohaktosh, kaolin,

dala shpatlari, turli oksidlar, yordamchi

materiallar oʻrnida boʻyagichlar (kobalt,

nikel, temir, xrom, mis oksidlari va

boshqalar), oksidlovchilar (natriy yoki

kaliyli selitra va boshqalar) va

qaytaruvchilar (koʻmir, koks, vino toshi,

qalay birikmalari) ishlatiladi.

Shisha sanoatda, asosan, vanna

pechlarida va maxsus xumdonlarda

pishiriladi. Shisha pishirish jarayoni

Shisha massasini suyuqlantirish,




tiniqlashtirish (havo va boshqalar

gazlardan tozalash), gomogenlash va

sovitishni oʻz ichiga oladi. Shisha 1400—

1450°da pishiriladi, 14601500°da

tiniqlashtiriladi va gomogenizatsiya

qilinadi, 1200— 1300°da sovitiladi.

shahriga shakl berish va undan buyumlar

yasash presslash, puflash, choʻzish va

prokatlash yoʻlibilan amalga oshiriladi.

shahrini 500—600"da (shishalanish

trasidan 20—30° yuqori) astasekin

sovitish yoki sovitish trasidan keskin

sovitish (toblash) yoʻli bilan undagi ichki

kuchlanishlarning bir tekis

taqsimlanishiga erishiladi. Shisha

toblanganda mexanik mustahkamligi

ortadi.



Shisha xalq xoʻjaligida (sanoat

inshootlari qurilishida), Shisha tola va

Shisha plastiklar ishlab chiqarishda,

texnikaning turli sohalarida — optika,

asbobsozlik, yorugʻlik texnikasi,

elektrovakuum sanoatida kimyoviy

laboratiya jihozlari, Shisha idishlar, badiiy

va maishiy buyumlar ishlab chiqarishda

keng qoʻllanadi.

Abdurazakov A.A., Bezborodov M.A.,

Zadneprovskiy Yu.A., Steklodeliye

Sredney Azii v drevnosti i

srednevekovye, T., 1963; Amindjanova

M., Sayko E., Keramika, steklo i farfor v

Adabiyot



Sredney Azii, T., 1968; Artamonova

M.V., Aslanova M.S., Bujinskiy I . M . i

dr., Ximicheskaya texnologiya stekla i

sitallov, M., 1983; Abdurazakov A. A.,

Bezborodov M.A., Srednevekovme

stekla Sredney Azii, T., 1966.

Abdugʻani Abdurazeoqov, Rustam

Maʼrupov.

Eng keng tarqalgan shisha tarkibining

taqriban 75%i 

SiO

2

, qolgan qismi 



Na

2

O



,

CaO


 va boshqa mayda qoʻshimchalardan

iborat boʻlgan silikat shishadir, undan

deraza

 oynalari va shisha idishlar



tayyorlanadi.


Biroq fanda shisha atamasi har qanday

shishalanuvchi

 kristallmas amorf qattiq

jismni bildiradi. Bunday taʼrif bilan baʼzi

qotishmalar, 

suvli eritmalar

, molekular

suyuqliklar va polimerlar ham shisha, deb

qaraladi. Polimer shishalar nisbatan

yengil va egiluvchan boʻlgani uchun

koʻzoynak va 

avtomobil oynalari

 ishlab

chiqarishda qoʻllaniladi.

Vikiomborda Shisha 

haqida turkum mavjud




Download 103 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish