SHIMOLIY VA MARKAZIY ARABISTON HUDUDIDAGI QADIMGI DAVLATLAR Janubiy Arabiston davlatlari qadimgi dunyo savdosida qanday rolg' o'ynagan bo'lsa, xuddi shunday vazifani Arabiston yarim orolining shimoliy va markaziy qismida vujudga kelgan qadimgi davlatlar ham ado etdi. Bu davlatlar ko'proq g'arbiy Osiyo va O'rta dengizning sharqiy sohilida joylashgan qadimgi davlatlarga yaqin turganligi tufayli ular bilan uzviy aloqada bo'lgan. Siyosiy jihatdan ular hech qachon katta harbiy uyushmalar tashkil qilmagan, ammo qadimgi dunyoning ikki buyuk davlati - Rim (keyinchalik Vizantiya) va Eronning o'rtasida joylashganligi sababli bu davlatlar ob'ektiv ravishda regiondagi xalqaro jarayonlardan xoli bo'la olmagan. Tarixan vujudga kelish tartibiga ko'ra mazkur davlatlar quyidagilar: 1) Nabotiylar davlati; 2) Tadmur; 3) Laxmiylar (Ҳira) davlati; 4) Ғassoniylar davlati.