Shimoliy Qozog`iston iqtisodiy rayoni
Reja:
1. Shimoliy Qozog`iston iqtisodiy rayonining geografik o`rni, chegaralari, maydoni.
2. Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari.
3. Sanoati.
4. Qishloq xo`jaligi.
5. Shaharlari.
Shimoliy Qozog`iston Akmala,To`rg`ay,Ko`kshg`altov va Pavlodar viloyatlarini o`z ichiga oladi.Maydoni 600,9 ming km kv.Aholisi 4431 ming kishi.Shimoliy Qozog`iston respublikasining asosiy don va sut -go`sht,sut xarakteridagi chorvachiligi rivojlangan.Iqtisodiy rayonda agrosanoat majmuasi ancha to`liq tarkib topgan.Urushdan keyingi yillarda iqtisodiy rayonda tog`-kon,metallurgiya va mashinasozlik sanoati rivojlangan.
Geografik o`rni,tabiiy sharoiti va resurslari. Shimoliy Qozog`iston respublikaning eng chekka qismida Ishim,Tobol va ubagan daryolari havzalarida joylashgan.Rayonning sharqiy qismi qisman Irtish daryosi o`rta qismini egallaydi.Iqtisodiy rayon hududidan Buyuk Sibir, O`rta Sibir va Janubiy Sibir temir yo`llari hamda Transqozog`iston-Petropavlovskiy-Ostona-Qarag`anda temir yo`llari kesib o`tadi.ushbu yo`llar ural,Kuzbas va Markaziy Qozog`istonni bir-biri bilan bog`laydi.Shimoliy Qozog`istonning iqlimi mo`tadil iqlim bo`lib,rayondagi iqlimiy xususiyatlar boshoqli don va dukkakli dopn ekinlari yetishtirish imkonini beradi.Rayon hududida o`rtacha yillik yog`in 300-400 mm ni tashkil qiladi.Birgina rayonning janubiy qismida atmosfera yog`inlari 150-200 mm ni tashkil qiladi.Ushbu joylarda dehqochilik sun`iy sug`orishni taqozo etadi.
Shimoliy Qozog`iston aholi soni va aholining o`rtacha zichligi jihatidan janubiy Qozog`istndan keyin ikkinchi o`rinda turadi.
Iqtisodiy rayonda aholi 7,2 mln kishiga teng.Iqtisodiy rayonda aholi deyarli bir tekisda taqsimlangan. Shunga qaramasdan aholi temir yo`l yoqalaridan va Irtish,Tobol daryolari vodiylarida joylashgan.Shimoliy, sharqiy va g`arbiy Qozog`iston iqtisodiy rayonlari kabi shahar aholisi ko`pchilikni tahkil qiladi.Bu shuni ko`rsatadiki,iqtisodiy rayonda qishloq xo`jaligi bilan birgalikda sanoat yaxshi rivojlangan.
Shimoliy Qozog`iston xo`jaligiga xos xususiyalardan biri.Ushbu zona uzoq yillar davomida qozoqlar tomonidan yaylov sifatida foydalani kelindi.Iqtisodiy rayonda dehqonchilik XVIII asr oxirlarida bularga sibir qozoqlari,XIXasr oxiri XX asr boshlarida rus-ukrain dehqonlarining ko`chirib kelish natijasida rivojlangana boshladi.1997 yilga kelib Shimoliy Qozog`iston qishloq xo`jaligi rivojlangan rayonlardan biriga aylangan edi.Irtish bo`yi ko`larida osh tuzi,Jetig`ora,Stepniyakda oz miqdorda oltinqazib olinar edi.Petropavlovsk va Pavlodarda remont mexanika korzonasi mavjud.
Revolyutsiyadan keyingi yilarda Shimoly Qozogistonda qayta ishlovchi tarmoqlari kuchli rivojlana boshladi.Shunga qaramasdan iqtisodiy rayon iqtisodiyotida agrosanoat majmuasi maxsulotlari yetakchi o`rin egallaydi.
Shimoly Qozog`iston qishloq xo`jaligida dehqonchilik yetakchi tarmoq bo`lib,bu yerdagi yaydaladigan yerlarning 78% bahorikor don ekinlari ekiladi.Bundan tashqari bu yerda tariq,arpa va kuzgi javdar,grechixa,yashil opzuqa sifatida makkajo`xori ekiladi.Texnika ekinlaridan kungaboqar,zig`ir,gochida va tolali zig`ir ekiladi.Keyingi yillarda daryo vodiylarida sabzavot ekinlari va poliz ekinlari ham ekila boshladi.
Shimoly Qozog`istonda respublikaning boshqa rayonlariga nisbatan go`sht-sut xarakteridagi qoramolchilik rivojlangan.Rayonda qo`ychilik ham yaxshi rivojlangan.Iqtisodiy rayonning shimoliy qismida sut xarakteridagi qoramolchilik asosini Koasno stepnaya zoti tashkil qiladi.Rayon janubiga borgan sari go`sht xarakteridagi qoramolchilikning salmog`i orta boradi. Ushbu yo`nalishga mos qoramol zotlaridan Qozog`iston oqtoshli zoti katta o`rin tutadi.Iqtisodiy rayonning barcha qismida yilqichilik,shimolida esa cho`chqachilik va parrandachilik rivojlangan.
Qishloq xo`jalik maxsulotlarini qayta ishlash sanoatida g`oshtni,sutni qayta ishlash,moy ishlab chiqarish,un-tegirmon,terini qayta ishlash,po`stin mo`yna va kiygiz tayyorlash sanoat tarmoqlari rivojlangan.Yengil sanoat va oziq-ovqat sanoat tarmoqlari ichida yangi tarmoqlardan tikuvchilik,poyavzal,quruq sut tayyorlash,kambikurma ishlab chiqarish rivojlangan.
Iqtisodiy rayonda mashinasozlik sanoati keltirilgan maxsulot asosida ishlaydi va u asosan agrosanoat majmuiga xizmat qiladi.Agrosanoat majmui uchun kerakli mashina va asbob-uskunalar ishlab chiqaradigan korxonalarning asosiy qismi Ostona va Makinsk shaharlarida joylahsgan.65-yillardan boshlab rayonda tog`-kon sanoati kuchli taraqqiy eta boshladi. Ushbu sanoat Sokolova-Sarvoy,Lisakovsk,Kachar konlaridan temir rudasini qazib olish, ekibastuzdan toshk`omir, Qushmo`rin,Maykubinskiy qo`ng`ir ko`mir,Arkalikdan boksit qazib olishga asoslanadi.Iqtisodiy rayon energetikasini Qarag`anda va Ekibastuz ko`mirlari asosida ishlaydigan issiqlik elrktr stansiyalari tashkil qiladi.
Shimoliy Qozog`istonda Pavlodar-Ekibastuz ishlab chiqarish majmuasi va bir qancha tugunlar joylashgan.Pavlodar-Ekibastuz ishlab chiqarish majmuasi asosida Ekibastuz va Maykubens qo`ng`ir va tosh ko`mir havzalaidan ko`mir qazib olish yotadi.Qazib olingan ko`mir asosida Ekibastuz,Aksu va Pavlodar isiqlik elektr stansiyalari ishlaydi.Arzon elektr energiyasi asosida Oqsuvda po`lat qotishmalari,Pavlodarda glinaziyon asosida alyuminiy ishlab chiqaradigan zavodlarishlaydi.Pavlodardan G`arbiy Sibirdan keltiriladigan neft asosida neftni qayta ishlash zavodi har xil neft mahsulotlari ishlab chiqaradi.Bu yerda yengil sanoat va oziq-ovqat sanoati ham taraqqiy etgan.
Petropavlovsk sanoat tuguning asosiy iqtisoslashuvini oziq-ovqat va yengil sanoat mahsulotlari hisoblanadi.Bundan tashqari bu yerdan uncha katta quvvatga ega bo`lmagan elektr dvigatellari,elektr himohalash mahsulotlari,qurilish materiallari ham ishlab chiqariladi.Ko`ktov va Ostona sanoat tugunlarida oziq-ovqat va yengil sanoat tarmoqlari joylahsgan.Shaharga 1720 yilda asos solingan.Revolyutsiyadan keyin shahardan temir yo`l o`tkazilgach u juda tez rivojlana boshladiBu yerdan Kulunda-Pavlodar va Pavlodar-Ostona yo`nalishidai temir yo`l ham suv yoqasida joylashganligi uning rivojiga kuchli ta`sir ko`rsatdi.60-yillardan boshlab Ekibastuz ko`miri asosuda shaharning katta kuchlanishiga ega bo`lganelektr energiyasi bilan ta`minlanganligi bu yerda energiyani ko`p talab qiladigan,metallni va suvni ko`p talab qiladigan sanoat tarmoqlarining rivojlanishiga olib keladi.Xuddi shu tarmoqlar shahar sanoati ixtisoslashuvini belgilaydi.Shaharda glinzyon asosida alyuminiy ishlab chiqarish,qishloq xo`jaligi uchun traktorlar ishlab chiqarish va kimyo sanoati tarmoqlari rivojlangan.Pavlodar traktor zavodi asosida Italiyaning «Fiesto» firmasi bilan hamkorlikda yiliga 200 mingta yengil mashina ishlab chiqaradigan zavod qurish ko`zda tutilgan.
Ostona(277 ming kishi yashaydi)respublikaning poytaxti.Trans-Qozog`iston va Janubiy Sibir temir yo`llariningkesishgan joyida joylashgan.Ostona shahrida 1824 yilda aspos solingan.1868 yilda unga shahar maqomi berilgan.Ostona rsepublikaning shimoliy-janubi bilan bog`laydigan tugunda joylashgani sababli u katta savdo markaziga aylandi.Shahar sanoati qishloq xo`jaligiga xizmat qilishi bilan bir qatorda aholi uchun keng iste`mol mollari,transport uchun kerakli maxsulotlar ishlab chiqaradi.Shahardagi sanoat korxonalari keng qamrovli pichan o`radigan mashinalar,tuproq erroziyasiga qarshi ishlatiladigan putlar,yerni yumshatadigan lushilniklar,sog`ish asbob-uskunalari,gaz apparatlari,kimyo sanoati uchun kondesator nasoslar ishlab chiqaradi.Shaharda qudratli uysozlik kombinati ishlab turibdi.
Petropavlovsk(241 ming kishi yashaydi)Shimoliy Qozog`iston viloyatining markazi.Shaharda 1752 yilda asos solingan.Shahar Sibir va Turkiston temir yo`llarining kesishgan joyida joylahsganligi sababli uning geografik o`rni juda qulay.Petropavlovsk hozirgi kunda respublikadagi asosiy sanoat vamadaniyat markazlaridan biri hisoblanadi. Shahar butun shimoliy Qozog`iston sanoat maxsulotlarining 9/10 qismini yetkazib beradi.shaharda respublikadagi ikkinchi o`rinda turadigan go`sht kombinati joylahsgan. Bundan tashqari shaharda ko`chib yuradigan elektr stansiyalar uchun mashinalar, elektromoylash maxsulotlari, elektro-texnika asbob-uskunalari ishlab chiqaradigan zavodlar mavjud.
Qustanay(224 ming kishi yashaydi)Viloyat markazi 1879 yildashaharda asos solingan. Revolyutsiyadan keyin shahar,viloyatahamiyatidagisanoat va madaniyat markaziga aylandi. Shahar ayniqsa 50-yillardan keyin qo`riq va bo`z yerlarning o`zlashtirilishi evaziga kuchli rivojlantira boshladi.Bundan tashqari shahar rivojiga Sokolova-Sarbay temir rudasi,Jetikera azbesni qayta ishlash korxonalarining qurilishi ham ijobiy ta`sir ko`rsatadi.Shahar taaqqiyotiga respublikaning shu qismida temir yo`llarning qurilishi ham ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
Qustanay shahrida oziq-ovqat va yengil sanoat tarmoqlari kuchli rivojlangan bo`lib, bular go`sht va moy ishlab chiqarish zavodlaridan,poyavzal fabrikalari,sun`iy tola asosida shpatil gazlamalari to`qiydigan fabrika, jun asosida ishlaydigan kamvol-sukno fabrikalari va konditer fabrikalaridan iborat.
Metallni qayta ishlash sanoati tarmoqlaridan texnika zavodi,sanoat uchun kerakli mashinalar ishlab chiqaradigan zavod,qishloq xo`jaliklari mashinalari va ekskovatorlar uchun kerakli mashina va asbob-uskunalar ishlab chiqaradigan zavodlardan tashkil topgan.
Adabiyotlar ro`yxati
I.A.Karimov. “O`zbekiston XXІ asr bo`sag`asida, xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlariva taraqqiyot kafolotlari” T., “O`zbekiston” 1997.
I.A.Karimov. “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, T., “O`zbekiston” 1998.
I.A.Karimov. “O`zbekiston XXI asrga intilmoqda” T., “O`zbekiston” 1999.
G.R.Asanov., M.Nabixonov., I.Safarov. “O`zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi”. T., “O`qituvchi” 1994.
Z.M.Akramov., A.A.Rafiqov. “Прошлое, настоящее и будущее Аральского моря”. T., “Mehnat” 1990.
T.J.Jumaboyev. “Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi”. (Ma`ruzalar matni). Samarqand – 2001.
G`.R.Pardayev. “Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi”. (Amaliy mashg`ulotlar). Angren – 2003.
A.N.Ro`ziyev. “Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi”. Termiz – 2000.
A.Soliyev., L.Qarshiboyeva. “Iqtisodiy geografiyaning nazariy va amaliy masalalari”. T., 1999.
A.S.Soliyev., E.A.Ahmedov., R.Y. Mahamadaliyev. “Mintaqaviy iqtisodiyot”. T., “Universitet”. 2003.
“O`zbekiston milliy ensiklopediyasi” T., 1998.
I.A.Hasanov., P.N.G`ulomov. “O`rta Osiyo tabiiy geografiyasi”. T., 2002.
Do'stlaringiz bilan baham: |