Xuroson (tarixiy
viloyat)
Xuroson (
forscha
:
نﺎﺳاﺮﺧ
/ Xorâsân) —
Eronning
shimoli-sharqiy
qismida joylashgan tarixiy viloyat. Xuroson atamasi
Sososniylar
davlati
davrlaridan beri maʼlum.
Xuroson
Eronning
shimoli-sharqiy va qisman sharqiy qismini
egallagan.
2004-yilgacha
Xuroson ustoni Eronning eng yirik ustoni edi, ammo 2004-yilning 29-
sentabr kuni ushbu uston uchga boʻlindi. Hozirda ushbu hududlar 3 ta
ustonga
qarashli. Bular:
Xurosoni Rizoviy
,
Shimoliy Xuroson
va
Janubiy Xuroson
ustonlari.
Xuroson tarixiy viloyatiga shuningdek baʼzi tarixchilar va olimlar
Afgʻonistonning
shimoli-gʻarbiy,
qisman shimoliy va gʻarbiy qismlarini,
Turkmanistonning
janubi-sharqiy va qisman janubiy
qismlarini ham kiritishadi. Baʼzi tarixchi va olimlar ushbu hududga baʼzida butun janubiy
Oʻrta
Osiyoni
ham kiritishadi. Agar Xuroson tarixiy viloyatiga janubiy Oʻrta Osiyo hududlari kiritilsa,
Buyuk Xuroson
deb ataluvchi tarixiy va madaniy viloyat nazarda tutiladi.
Yirik shaharlari
Xurosonning eng yirik shahri —
Mashhaddir
. Uning aholisi 2 million 700 ming kishidan ziyod boʻlib,
Eron shaharlari orasida ikkinchi (
Tehrondan
keyin) oʻrindadir.
Bu maqolada manbalar
teglariga olinmagan, yoki umuman
koʻrsatilmagan. Iltimos, qoida va koʻrsatmalarga muvofiq maqolani vikilashtiring.
Ko‘proq o‘rganish
Joylashuvi va hududlari
Parfiya podsholiginint markazi (mil. av. 250 — mil. 224). X. nomi sosoniylar davridan maʼlum. X. 3-
asrdan 18-asr oʻrtalarigacha hozirgi Eronning shim.sharqiy qismi, Marv vohasi, hozirgi
Turkmanistonning jan. qismi va Afgʻonistonning shim. va shim.gʻarbini oʻz ichiga olgan. Mashhad,
Nishopur, Marv, Balx, Hirot, Tuye, Saraxs, Obivard, Niso, Sabzavor X.ning muhim shaharlari
boʻlgan. 7-asr oʻrtalarida uni arablar egallagan. Arab xalifaligi tanazzulga uchragach, X. Tohiriylar,
Safforiylar, Somoniylar, Gʻaznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar, Hulokuiylar, Kurtlar davlati
tarkibiga kirgan (9 — 14-asrlar). 8-asrdan 13-asrning 20-yillarigacha X. Yaqin va Oʻrta Sharqda
iqgisodiy jihatdan eng rivojlangan oʻlkalardan biri boʻlgan. U qoʻshni davlatlarga qishloq xoʻjaligi
mahsulotlari, mevalar, ipak, jun, moʻyna chiqargan. Shuningdek, X.da kumush, qoʻrgʻoshin, mis va
temir rudalari, oltin, oltingugurt, toʻtiyo, margimush, marmar, malaxit va boshqa qazib
chiqarilgan, toʻqimachilik avj olgan. 1220 va 1223-yillarda X.ga moʻgʻullar hujum qilib vayron
etgan; aholisining koʻpchiligi qirib tashlangan. Shundan keyin X. avvalgi mavqeiga chiqa olmagan.
14-asr oxirida Amir Temur X.ni oʻz davlatiga qoʻshib olgan, keyinchalik Shayboniylar, 1510 —
1736-yillar Safaviylar davlatlariga tobe boʻlgan. Keyinchalik X.ning bir qismi (Hirot viloyati va
Balx) Afgonistonga, bir qismi Eronga qoʻshilgan.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Xuroson_(tarixiy_viloyat)&o
ldid=2396054
" dan olindi
Soʻnggi tahrir 2 oylar avval
MalikxanBot
tomonidan amalga oshirildi
Do'stlaringiz bilan baham: |