55
Katta yoshdagi kishining xayoti mobaynida uning emotsionallik faoliyati
o‘zgarib boradi. Sog’lom kishi o‘zining xarakatlari, ishlari, xatti-xarakatlarini
boshqarishga qobiliyatli bo‘ladi. Kishining o‘z emotsiyalarini boshqarishi
birmuncha qiyinroqdir. Kishi bunga yetuk yoshidagina muvaffaq bo‘ladi.
Qarilik arafasida va qarilik yoshida emotsional faoliyat keskin o‘zgaradi.
Bunday yosh davrida emotsiyalar ancha o‘zgaruvchan bo‘lib qoladi. Kayfiyat
ko‘p xollarda tushkun, xavotirlik elementlari mavjud bo‘ladi. Qarilik yoshida
g‘ayratsizlik paydo bo‘ladi- ezilgan xazinlik kayfiyatidan noto‘g‘ri yoki
birmuncha shavq- zavqli kayfiyatga tez o‘tiladi.
Xis-tuyg‘ular
shaxsni bezaydi, uni jozibaliroq, ko‘zga tashlanadiganroq
qiladi. Emotsiyalar ijodiy yuksalishga yordam beradi, aqliy-mnestik jarayonlarni
tezlashtiradi, diqqatning barqaror bo‘lishiga ko‘maklashadi. Ayrim kasalliklarda
ijobiy emotsiyalar kasallikni o‘tishiga yaxshi ta'sir qiladi, salbiy emotsiyalar esa
ayrim kasalliklarning o‘tishini og‘irlashtiradi.
10-rasm. Depressiya xolatidagi bemor (“internalar” filmidan.)
Emotsiyalar va xis-tuyg‘ularning buzilishi. Ruxiy siqilgan va ma'yuslik
kayfiyati, o‘tmishga va xozirgi kunga g‘amgin
baxo berish, kelajakka
pessimistik ruxda qarash depressiya (depressive- xolat) deyiladi (10-rasm).
Ko‘pincha kishida o‘lim va o‘z-o‘zini o‘ldirishga intilish fikri paydo bo‘ladi.
Yuqorida tasvirlangan ruxiy siqilish mayuslik kayfiyatidan tashqari yana ideator
56
tormozlanish xarakterli bo‘lib, bunda bemorlarning obrazli ifodasi bilan
aytganda "bosh bo‘m-bo‘sh, fikrlar esa juda sekinlik bilan xuddi yomg‘ir
chuvalchangining xarakati bilan kechadi", shuningdek xarakatning
tormozlanishi xarakterlidir. Depressiv bemorlar kam xarakat bo‘ladilar. Ko‘p
xollarda boshlarini quyi egib yolg‘iz o‘tiradilar; turli suxbatlar ular uchun og‘ir
tuyuladi.
Eyforiya - patalogik jixatdan ko‘tarinki quvonchli kayfiyatdir. Atrofdagi
barcha
narsalar yorqin, quvonchli oxanglarda qabul qilinadi, xamma kishilar
jozibali va saxiy bo‘lib tuyuladilar, fikrlar yengil va tez kechadi, bir assotsatsiya
birdaniga bir necha
assotsatsiyani jonlantiradi, xotirada juda ko‘p axborot paydo
bo‘ladi, biroq diqqat barqaror bo‘lmaydi, o‘ta chalg‘igan bo‘ladi, buning
natijasida samarali ishlash qobiliyati cheklangan bo‘ladi.
Uchinchi alomat - xarakatning qo‘zg‘alishidir: bemorlar doimo
xarakatda bo‘ladilar, xamma narsaga kirishib ketaveradilar, lekin xech bir
narsani oxiriga yetkazmaydilar, o‘z xizmatlari
va yordamlari bilan
atrofdagilarga xalaqit beradi. Emotsional o‘zgaruvchanlik bir muncha
kayfiyatning biror-bir arzirli sabab bo‘lmasa xam ko‘tarinki kayfiyatga
almashinishi bilan xarakterlanadi. Bu kayfiyat ko‘pincha yurak-tomir
kasalliklarida somatik kasalliklarni boshidan kechirgandan keyingi asteniya
asosida kuzatiladi.
Disforiya- g‘amgin g‘azabli kayiyatli bo‘lib bunda bemor xaddan tashqari
ta'sirchan va atrofdagi narsalardan norozi bo‘ladi, ba'zan agressiv xarakatlarga
moyil bo‘ladi, bu xol ko‘pincha epilepsiyada ko‘zga tashlanadi.
Loqaydlik, emotsional befarqlik - bemorning
tashqi olamdagi voqealarga,
o‘z xolatiga befarqligi, bunda biron bir faoliyatga qiziqish, xatto o‘zining tashqi
ko‘rinishiga qiziqish butunlay yo‘qoladi. Bemorlar e'tiborsiz va irkit bo‘lib
qoladilar.O‘z qarindoshlariga va yaqinlariga sovuq, loqayd munosabatda
bo‘ladilar.
57
Bemorning quyidagi ruxiy xolatlari: tushkunlik, shok, qo‘rquv, g‘am –
andux, o‘ziga
baxo berishni pasaytirish, ipoxandriya, o‘zini aybdor sezish,
suitsidal fikrlash, inkor qilish, yo‘qotish, aloxidalash, xayajon xolatlari
kuzatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: