Hay-hay o`lan, jon o`lan, yo`lni oching, yor-yor,
Kelin keldi, duoga qo`lni oching, yor-yor.
Hay-hay o`lan, jon o`lan, to`y boshlandi, yor-yor,
Bugun sevinchdan necha ko`z yoshlandi, yor-yor.
IX. QARINDOSHCHILIK, QUDA-ANDACHILIK LEKSIKASI
1. Otangiz yoki onangizning otasi sizga kim bo‘ladi? Ota
2. Otangiz yoki onangizning onasi sizga kim bo‘ladi? Ana
3. Bobolar o‘z o‘g‘il-qizining bolalarini atash uchun qanday so‘z qo‘llaydilar? Nevara
4. Biro ta-onadan tug‘ilgan farzandlar eng katta o‘g‘il bolani qanday ataydilar? Katta o'g'il
5. Katta farzandlarga ulardan kichik yoshdagi o‘g‘il bola kim bo‘ladi? Uka
6. Bir ota-onadan tug‘ilgan farzandlar eng katta qiz bolani qanday ataydilar? Katta qiz
7. Katta farzandlarga ulardan kichik yoshdagi qiz bola kim bo‘ladi? Singil
8. Katta va kichik o‘g‘illar bir-birlariga nisbatan qanday nomlanadi? Aka-uka
9. Katta va kichik qizlar bir-birlariga nisbatan qanday nomlanadi? Opa-singil
10. Xotin eriga murojaat qilganda qanday so‘zlarni ishlatadi? Begim
11. Er xotiniga murojaat qilganda qanday so‘zlarni ishlatadi? Xotin
12. Otangizning opasi yoki singlisiga qanday murojaat qilasiz? Amma
13. Otangizning akasi yoki ukasiga qanday murojaat qilasiz? Doyi
14. Onangizning opasi yoki singlisiga qanday murojaat qilasiz? Xola
15. Onangizning akasi yoki ukasiga qanday murojaat qilasiz? Amaki
16. Yangi turmushga chiqayotgan yoki chiqqan qizni kim deb ataysiz? Yangi kelin
17. Akangizning xotini sizga kim bo‘ladi? Qanday murojaat qilasiz? Yenga
18. Kelin turmush o‘rtog‘ining onasiga qanday murojaat qiladi? Ana
19. Kelin turmush o‘rtog‘ining otasiga qanday murojaat qiladi? Ota
X. DEHQONCHILIK LEKSIKASI
Bog‘dorchilik leksikasi yuzasidan savollar
1.Bog‘bon o‘z bog‘ida nimalarni qarab o‘stiradi,parvarish qiladi? Mevalarni, gullarni
2. Nuqul olma daraxti ekilgan yerni qanday ataysizlar? Olma bog'
3. Po‘sti tukli, yirik, yumaloq,danagi g‘adir-budur,ser et,shirali mevani nima deb ataysizlar? Shaftoli
4.Mevasi oqish, sarg‘ish, qizg‘ish ranglarda bo‘ladigan, ichida danagi bo‘lgan,ruscha abrikos deyiladigan meva nomi? Arik, o'rik
5. O‘rikning pishmagan ko‘m-ko‘k xom mevasini nima deb ataysizlar? Do'cha
6.Tutning shunaqa mevasini-chi? Xom tut
7.O‘riklarning qaysi xillari quritiladi? Ularning nomlarini aytib bersangiz. Pevandi o'rik, Yilma o'rik
8.O‘rik, shaftoli, gilos, olxo‘ri singari mevalar ichidagi qattiq po‘choq va mag‘izdan iboraturug‘ini nima deb ataysizlar? Chaqa
9. Mag‘zi qo‘shaloq bo‘lgan o‘rik danagining nomi? Chaqa
10. Sizlarda mevalarning yana qanday turlari bor ? Chiya, Ruja, Gilos
11. Yong‘oq mag‘zi bilan birgalikda ipga tizilgan mayizni nima deb ataysizlar? Uzum
12. Mevalardan tayyorlanayotgan kiyimlar, qoqilar, soklar nomi. Qapo't, sok
13. Meva daraxtlari,mevalar qanday kasalliklarga chalinishi mumkin? Qurtlashi mumkin
14. Uzumning pishib ,to‘kilib,qurib qolganining nomi? Mayiz
Do'stlaringiz bilan baham: |