yog'dirilayotgan g'amu anduhlardan bezganligini, chorasiz qolganligini tasvirlab beradi: Ulum ichra gar rif’ate topsa olim, Qilur xor, balkim giriftori johil... Na she ’r irtifoe topadur, na shoir, Na fazl e ’tibore topadur, na fazil. Bu yanglijafosiga yo'q haddu g ‘oyat, Zamona aning kinidin ЬоЧта g ‘qfil... Falak shikvasiga tuganmak na mumkin. Agar sharhiga tortsang xoma yuz yil. Ko'rinadiki, qasida falak shikvasiga qaratilgan. Shoir uning inson boshiga yog'dirayotgan kulfatlari ustidan aybnoma chiqargan. Bundan keyingi qasidani ham fikriy yo'nalishiga ko'ra birinchi qasidaning davomi deyish mumkin. U «Charog'i nola» deb nomlangan. «Saylanma»dagi matni to'liq emas. Qisqartirilib keltiriladi. Chunki matn oxirida shoir taxallusi keluvchi maqta’ bayt yo'q.
Do'stlaringiz bilan baham: |