She’riyatmiz malikasi


(116so‘z. U. Mahkamov, “Axloq-odob masalalati”)



Download 37,5 Kb.
bet2/2
Sana10.07.2022
Hajmi37,5 Kb.
#767751
1   2
Bog'liq
Diktant matnlari

(116so‘z. U. Mahkamov, “Axloq-odob masalalati”)


Atirgul
Atirgul butasimon o`simlik bo`lib, bo`yining balandligi 1-2 mеtr. Uning yosh novdalari yashil rangli va ko`p tikanlidir. Atirgulning yoshi o`tishi bilan po`stlog`i ko`ng`ir tus oladi. Barglari anchagina qalin bo`lib, bandi bilan shoxlarda kеtma-kеt joylashgan. Gullari anchagina yirik, o`ta xushbo`y, ko`rinishi jozibali, har xil rangda bo`lishi mumkin.
Atirgul moyi qimmatbaho va noyob hisoblanadi, chunki uning tarkibida murakkab efirlar bor.
Ibn Sinoning “Tib qonunlari” kitobining ikkinchi jildida atirgul to`g`risida shunday dеyilgan: “Atirgul gulbarglarini qaynatib, siqmay shishlarga bog`lansa, ularni qaytaradi. Atirgulga uzum sharbati qo`shib qaynatilib surtilsa, milklarni mustahkamlaydi, quloq og`rig`iga davo bo`ladi. Asal bilan tayyorlangan gul murabbosi mе’dani susaytirmaydi, jigarga orom bag`ishlaydi, ovqatning hazm bo`lishiga yordam bеradi”.
Atirgul Sharq xalqlari tibbiyotida qadimdan kеng miqyosda qo`llanilib kеlingan. Bu o`simlikning gulbargidan murabbo va gulqand tayyorlangan.
(120 so`z) 


ONA TABIAT
Asrimiz oxiriga kelib manzara butunlay o`zgarib ketdi. Ishlab chiqarish kuchlari ko`paydi. Bu o`z navbatida yangidan yangi zavod va fabrikalar, yirik ishlab chiqarish birlashmalari, turli xil tashkilotlar, jamoa xo`jaliklarining barpo bo`lishiga olib keldi. Yangi yerlar o`zlashtirilib, paxta maydonlari kengaytirildi.
Necha yuz yillar davomida barpo bo`lgan bog`larimiz kesildi, o`rniga ishlab chiqarish korxonalari qurildi. Qanchadan qancha mevali daraxtlar shahar husnini buzadi, uni ifloslantiradi, degan bahona bilan qirqib tashlandi. Yangi yerlar suv resurslarini hisobga olmay o`zlashtirilaverdi. Natijada Orol dengizidan ayrilib qolishimizga bir bahya qoldi. Xullas, xatolarimiz uchun tabiat bizni qattiq jazoladi. Mevali daraxtlarimizning keskin kamayib ketishi bozorlarimizda mevalarning narxi ko`tarilishiga sabab bo`ldi. Yong`oq, mayiz, turshak, danak, pista kabi mevalar faqat aziz mehmonlar kelganidagina xarid qilinadigan bo`ldi. Og`izga solsa erib ketadigan o`riklarimizning sarxil navlari yo`qoldi. Vaholanki, o`rik tarkibida inson organizmi uchun zarur bo`lgan 18 xil mikroelementlar bor. Hozirgi kunda shifobaxsh yong`oq daraxti faqat tog`li joylarda va ayrim xonadonlardagina saqlanib qolgan. Axir, yong`oq tarkibida 45 foizdan 75 foizgacha yog` borligi, A, B, C vitaminlari, 25 foiz inson hayoti uchun kerak bo`lgan moddalar borligi hammaga ma’lum edi-ku?! Yong`oqning nafaqat mevasi, balki uning barglari ham shifobaxshdir. Kichik bir yong`oq shoxchasi bo`lgan xonada yuqumli kasallik tarqalmaydi. Bundan tashqari, yong`oq atrofga gazsimon fitonsid moddasini chiqaradi. U havoni tozalashda beqiyosdir. Men ajoyib jiydazorlarni eslayman, ming afsuski, e’tiborsizlik, loqaydlik tufayli bu meva daraxti o`lkamizda barmoq bilan sanoqli qoldi.
Bizga hayot baxsh etib turuvchi ona tabiatimizni asrash har birimizning muqaddas burchimiz ekanligini unutmasligimiz lozim. Tabiatning har bir zarrasini ko`z qorachig`idek asrashga astoydil harakat qilamiz.
Download 37,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish