She’riy san’atlar
Talmeh san’ati. She’riyatda tarixiy voqea yoki tarixiy shaxsga, adabiy qahramonlarga ishora qilish talmeh san’ati deb yuritiladi.
Talmeh arabcha «lama’ot» (“chaqmoq chaqilishi”, ”bir nazar tashlash”) so‘zidan olingan.
Qorong‘u kechada yashin chaqnaganda atrof yorishib, ilgari ko‘rinmay turgan narsalar ko‘rinib ketganiday, biror mashhur shaxs yoxud voqeaga ishora aytilmoqchi bo‘lgan fikr yoki tasvirlanayotgan manzaraning aniqroq va jonliroq chiqishiga yordam beradi.
Hoki taning barbod o‘lur oxir jahonda necha yil,
Sayr et Sulaymondek agar, taxting qurub bod ustina. (Ogahiy)
Solib borma meni, ey Yusufi husn,
Bu kun Ya ‘qubtek baytul hazanda. (Atoiy)
Boshimg‘a yoqqan g‘am toshin mingdin biricha bo‘lmag‘ay,
Gardun agar ming Besutun yog‘dursa Farhod ustina. (0gahiy)
Do'stlaringiz bilan baham: |