Sherdanova Nazira


"o’qitish texnologiyasi", "ta’limli texnologiya", "ma’lumot texnologiyasi", "o’quv jarayoni texnologiyasi"



Download 25,43 Kb.
bet4/4
Sana19.06.2021
Hajmi25,43 Kb.
#70142
1   2   3   4
Bog'liq
Javoblar

"o’qitish texnologiyasi", "ta’limli texnologiya", "ma’lumot texnologiyasi", "o’quv jarayoni texnologiyasi" va hokazo. O’qitish texnologiyasi pedagogik texnologiyaga yaqin tushuncha bo’lsa-da, aynan o’xshash ma’noni anglatmaydi, chunki u ma’lum predmet, mavzu va savollar doirasidagi aniq o’quv materialini o’zlashtirish yo’lini muayyan texnologiya atrofida ifoda etadi. U ko’proq xususiy metodika bilan bir qatorda turadi.

Hozirgi ta’lim-tarbiya sohasida keng rivojlanib borayotgan yo’nalishlardan biri zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llashdan iborat. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya jarayoni katta avlod tomonidan o’z bilim va tajribalarini o’sib kelayotgan avlodga o’rgatishdan iborat bo’lib, bu jarayonda asosan inson hayoti uchun zarur axborotlarni avloddan avlodga uzatish amalga oshiriladi.

Yuqorida qayd etilganidek, pedagogik texnologiya nazariyasi o’tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab asoslanib kelinayotgan bo’lsa-da, aynan “pedagogik texnologiya” tushunchasiga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud. Xususan pedagog olim V.P.Bespalko pedagogik texnologiyani “amaliyotga tatbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi” deya ta’riflaydi hamda asosiy diqqatni o’quv-pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qaratadi. N.F.Talzina esa pedagogik texnologiyaning “fan va amaliyot oralig’ida muayyan tamoyillarni olg’a suruvchi metodlar ishlab chiqaruvchi, ularni izchil qo’llash kabi masalalarni hal etishga yo’naltirilgan mustaqil fan” bo’lishi lozimligini qayd etadi va hokazo.

Pedagogik texnologiya-texnika resurslari, odamlar va ularning o’zaro ta’sirini hisobga olgan holda ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo’yuvchi o’qitish va bilimlarni o’zlashtirishning xamma jarayonlarini yaratish, qo’llash va aniqlashning tizimli metodi (YuNESKO).

Pedagogik texnologiya-bu o’qitishga o’ziga xos yangicha (innovatsion) yondoshuvdir. U pedagogikadagi ijtimoiy-muhandislik tafakkurining ifodalashi, texnokatik ilmiy ongning pedagogika sohasiga ko’chirilgan tasviri, ta’lim jarayoning muayyan standartlashuvi hisoblanadi (B.L.Farberman).

O’qituvchining o’qitish (tarbiya) vositalari yordamida o’quvchilarga muayyan sharoit va izchillikda ta’sir ko’rsatish hamda mazkur faoliyatning mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan sifatlarni shakllantirish jarayoni (N.Saidahmedov).

Yuqorida keltirilgan ayrim ta’riflarning o’zaro har xilligidan ko’rinadiki, pedagogik texnologiya tushunchasi ko’p qirrali bo’lib, unga pedagogik, psixologik, didaktik, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va boshqa nuqtai nazalardan yondashish mumkin.

Pedagogik texnologiya-axborotlarni o’zlashtirish, ulardan amalda foydalanish, ulardagi yangi ma’no-mazmunlarni hamda axborotlar orasidagi turli bog’liqliklarni ochish orqali yangi axborotlar yaratishga o’rgatish jarayonidan iborat. Pedagogik texnologiya bo‘yicha xorijiy mutaxassis olimlar bilan bir qatorda respublikamizning pedagog olimlari S.Ashirbayev., N.S.Sayidaxmedov, R.H.Jo‘rayev, B.L. Farberman, M.Ochilov va boshqalar tomonidan ham samarali ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Mamlakatimiz o‘quv yurtlarida ham pedagogik texnologiyaga qiziqish ortib unga turlicha qarashlar va bu tushunchani o‘ziga xos talqin qilishlar, shuningdek, pedagogik texnologiyani o‘quv jarayoniga joriy etishga ham turlicha yondashuvlar sodir bo‘lmoqda

2) Har qanday pedagogik yangilik zamirida biron-bir g’oya yotadi. Masalan, bunyodkor o’qituvchi S.N.Lisenkovaning xilma-xil didaktik topilmalarining tub mohiyatini yangi o’quv materialini ilgarilama o’rganish g’oyasi tashkil qiladi. Bu g’oya asosida o’qituvchining bolalar bilan o’zaro harakati yotadi: sinfda psixologik birlik vaziyatni yaratish; har bir o’quvchi o’z shaxsini o’zi namoyon etishini ta'minlash; har bir metodik yondashuv uchun o’ziga xos muloqot yo’lini tanlash; o’quvchilar tashabbusini zimdan boshqarib borish. U har bir o’quvchi qalbiga, ularni tushunib yetish didaktik usullari, tashkiliy shakllari orqali yo'1 topadi. Darsdagi o’quvchilar faoliyatiga nafaqat o’qituvchi, balki o’quvchilar ham rahbarlik qiladi. Avval a'lochi o’quvchi, so’ngra boshqa o’quvchilar ham o’qituvchi topshirig’iga binoan nima ish qilganini aytadi va qolgan o’quvchilarni ortlaridan ergashtiradilar. Bunday “izohli boshqaruv” o’quvchi maktab ostonasiga qadam qo’ygan kundan boshlanishi kerak. “Tayanch signallar” ijodkori deb tanilgan V.F.Shatalovning darslarida o’quvchi shaxsini ro’yobga chiqaruvchi, uning kimligini, nimaga qodirligini tasdiqlovchi didaktik o’yinlarga keng o’rin berilgan. Bularning hammasi didaktik topilmalar, pedagogik kashfiyotlar, bir so’z bilan aytganda, yangi pedagogik texnologiyalardir. Pedagogik texnologiya qanday usullar bilan o’qitika natija yaxshi bo’ladi, degan savolga javob beradi. U o’z tizimiga ega bo’lib, unda komponentlar ketma-ketligi, o’zaro bog’liqligi, bir butunligi saqlanadi. Buning uchun bugun biz o’quvchiga “sen buni bilishing kerak” degan majburlovchi da'vatdan “menga bu zarur va men buni bilishga, uni hayotda qo’llashga qodirman” degan ichki ishonch va intilishni uyg’otishga o’tishimiz kerak.

“Ta'lim to'g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida ishlab chiqilgan umumiy ta'lim fanlari bo’yicha davlat ta'lim standartlari ishlab chiqilib bosqichma-bosqich amalga oshirishga kirishilgandan keyin bu sohadagi ishlarni aniq bir tizimga solish, qo’llab-quvvatlash, yangiliklarni joriy etishga yetarli shart-sharoitlar yaratadigan tuzilmalarga bo’lgan ehtiyoj yaqqol ko’zga tashlandi. Chunki davlat ta'lim standartlari o’quvchilar bilimiga qo’yiladigan majburiy minimal daraja bo’lib, davr o’quvchilarga ta'lim standartlari darajasi talablaridan oshirib bilim, iqtidor va ko’nikmalar berishni taqozo etadi. Bu masalani ijobiy hal qilish ilg’or tajribalar, yangi pedagogik texnologiyalarni izlash ularning didaktik imkoniyatlarini sinab ko’igan holda amaliyotga tatbiq etishga bo’lgan hayotiy ehtiyojni oshirib yubordi. Bundan kelib chiqadigan amaliy xulosa ta'limiy ilg’or yangiliklarni aniqlash, ularning jamg’armalarini tashkil etish, sinab ko’rish, pedagogik amaliyotga tatbiq qilishning ilmiy xulosalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish tizimini yaratishning dolzarbligini oshirib yubordi. Hozirgi kunda bu tizimni yaratish yo’lida bir qator izlanishlar, sa'yi harakatlar boshlab yuborilgan.

3) Ta’lim tizimida muvaffaqiyatli qo‘llanilayotgan pedagogik texnologiya va interaktiv metodlarning mohiyati, uning odatdagi o‘qitish usullaridan farq qiluvchi jihatlari, O‘zbekiston ta’lim tizimiga uni joriy etishning ahamiyati, interaktiv metodlar shakllari, ularni tuzish hamda pedagogik texnologiyaning tamoyillari va qoidalari, o‘quv materialini to‘la o‘zlashtirish g‘oyasini vujudga kelishi va uning amalga oshirish usullari bayon etilgan. Vazirlikning darslik (o‘quv qo‘llanma) yozishga qo‘ygan talablariga muvofiq holda, har bir mavzuga oid mustaqil ta’lim uchun topshiriqlar va turli shakldagi interfaol metodlar berilgan.

Ta’lim jaryonida interfaol metodlarni qo‘llash uchun tuzilgan topshiriqlar faqatgina o‘zlashtirishni nazorat qilibgina qolmay, balki o‘rgatuvchi (o‘qituvchi) funksiyani ham bajaradi. Chunki bu topshiriqlarini yechish jarayonida mavzularni mustaqil ravishda erkin o‘zlashtirishga ham erishiladi.

Interaktiv usullar va ularning o‘quvchilarda erkin fikrlashni shakllantirishdagi o‘rni shudan iboratki, u ta’lim jarayonida erkin va demokratik vaziyat yaratadi.

Interfaol usullar asosida tashkil qilingan dars o‘quvchilarning faqatgina ehtiyojini qondirib qolmay, balki ularni mustaqil fikrlashga, o‘z-o‘zini nazorat qilishga, o‘zgalar fikrini eshitib, mushohada qilishga, o‘z fikrini erkin namoyish qilishga da’vat etadi, intellektual faolligini oshiradi.

Intellekt (latincha intellectus – ya’ni aql, idrok, zehn) degan ma’noni anglatadi. Bu degani kishining bitta bilish faoliyati, tor ma’noda tafakkuri, fikr yuritish jarayonini shakllantirish demakdir.

Demak, ta’lim jarayoni interaktiv metodlar orqali yuksak saviyada tashkil etilsa o‘quvchilardada intellektual faollik namoyon bo‘ladi. Intellektual faolllik esa o‘quvchilarning har tomonlama tayyorgarlik ko‘rishiga, biror bir kasb egasi bo‘lib yetishishida erkin fikrlashni shakllanishida yordam beradi.

Zamonaviy pedagogikaning vazifasi o‘quvchilarda erkin fikrlashni shakllantirishda ta’lim jarayoniga yangiliklarni qo‘llashni talab etmoqda. Chunki bugungi kunda ta’lim jarayonida yangiliklarni joriy etish yaxshi samara bermoqda.

Bo‘lajak mutaxassis tayyorlashda ta’lim jarayonini interaktiv metodlar asosida tashkil etish haqida fikr yuritilishi tasodifiy hol emas. Interaktiv metodlar asosida o‘qitishni yo‘lga qo‘yish, ta’lim jarayonini o‘quvchilar uchun tushunarli va qiziqarli sohalarini yaratish uchun tinimsiz izlanish o‘qituvchining muhim vazifasi bo‘lib qolmoqda. Shunday qilish kerakki, o‘quvchilar pedagogik jarayonning faol subyektlariga aylansinlar. Ta’lim jarayonida o‘qituvchilar ham o‘quvchining barcha imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga harakat qilishlari muhim ahamiyatga ega.

Innovatsiya orqali o‘qitish jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro munosabatlari optimallashtiradi. Bunda har ikkala shaxs ham faol ishtirokchiga aylanishi ko‘zda tutiladi. Ta’lim jarayonining samaradorligi esa ushbu o‘zaro munosabatlarning qanday bo‘lishiga bog‘liq, albatta.

Ta’lim jarayonida interaktiv usullardan foydalanish mantig‘ida ikki xil g‘oya yotadi:

а) o‘quv jarayonini to‘la-to‘kis o‘rgatuvchi mashinalarga o‘tkazib, unda asosiy rol o‘ynaydigan o‘qituvchini to‘la ozod qilish;

b) uning faoliyatini tashkil etish va maslahat berish funksiyalari bilan chegaralash.

Shuning uchun ham o‘qitish mazmuni va jarayoni bo‘yicha mutaxassislar guruhi tomonidan ishonchli bo‘lgan o‘qitish tizimlarini rejalash, yaratish va ularni qo‘llashga tayyorlangan sharoitda, hatto «o‘rtacha» o‘qituvchi ham yuqori natijalarga erishishi mumkin.

Ta’lim jarayonida o‘qituvchilar ham o‘quvchining barcha imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga harakat qilishlari muhim ahamiyatga ega.

Innovatsiya orqali o‘qitish jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro munosabatlari optimallashtiradi. Bunda har ikkala shaxs ham faol ishtirokchiga aylanishi ko‘zda tutiladi. Ta’lim jarayonining samaradorligi esa ushbu o‘zaro munosabatlarning qanday bo‘lishiga bog‘liq, albatta.

Ta’lim jarayonida interaktiv usullardan foydalanish mantig‘ida ikki xil g‘oya yotadi:

а) o‘quv jarayonini to‘la-to‘kis o‘rgatuvchi mashinalarga o‘tkazib, unda asosiy rol o‘ynaydigan o‘qituvchini to‘la ozod qilish;

b) uning faoliyatini tashkil etish va maslahat berish funksiyalari bilan chegaralash.



Shuning uchun ham o‘qitish mazmuni va jarayoni bo‘yicha mutaxassislar guruhi tomonidan ishonchli bo‘lgan o‘qitish tizimlarini rejalash, yaratish va ularni qo‘llashga tayyorlangan sharoitda, hatto «o‘rtacha» o‘qituvchi ham yuqori natijalarga erishishi mumkin.


Download 25,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish