2. Shayboniylar Movarounnahr va Xurosonda hokimiyatni egallagach, Dashti Qipchoqda yashovchi, o’zlariga o’zbeklar degan nomni qabul qilgan turkiy urug’qabilalar yurtimizga kirib keldilar. Bu hol Vatanimiz hududidagi etnik jarayonga ta’sir etmay qolmadi. Qadim-qadimdan bu turkiy etnik guruhlar nafaqat bizning ona zaminimizda, balki, shu bilan birga, keng sharqiy va shimoliy hududlarda, jumladan, Dashti Qipchoqda ham uzoq yillar davomida istiqomat qilib kelganlar. Dashti Qipchoqda turkiy qavmlarga mansub urug’-qabilalar asrlardan buyon yashab kelganlar. Hozirgi o’zbeklar va qoraqalpoqlar hozir yashayotgan yerlarda qadim zamonlarda ham yashaganlar. Lekin ular u davrda o’zbeklar yoki qoraqalpoqlar deb atalmaganlar. Dashti Qipchoqni XIII asr boshida zabt etgan mo’g’illar Dashti Qipchoqning turk qabilalari orasida singib ketganlar. Hatto o’z milliyligini ham yo’qotganlar. Binobarin, XVI asr boshlarida Vatanimiz sarhadlarida ro’y bergan etnik o’zgarishlar, ajnabiy xalqlar-u elatlar bosqini orqasida yuz bermadi. Shuningdek, bu jarayonlar majburiy, zo’rlik asosida ham kechmadi. Aksincha, bu o’zgarishlar bir-birlari bilan qon-qardoshlik rishtalari ila bog’langan, azaldan turli aloqalarda bo’lib kelgan turkiy xalqlarning asta-sekin o’zaro qo’shilishi, birikishi davomida yuz berdi. To’g’ri, Dashti Qipchoqda yashovchi o’zbek urug’-qabilalari bilan Movarounnahr va Xuroson xalqi o’rtasida hamma vaqt ham doimiy aloqalar, bordi-keldilar bo’lmagan. Ularni katta masofadagi bo’sh, sahroli hududlar ajratib turgan. Shu bois ularning turmush tarzi, mashg’ulot turlari, kasb-korlari, urf-odatlari, udumlari boshqacha ko’rinishda bo’lganligi tabiiydir. Buning ustiga, Dashti Qipchoq aholisining aksariyat qismi keng yaylovlarda chorvachilik, yilqichilik bilan mashg’ul bo’lgan. Buning aksicha, Movarounnahr aholisi uzoq asrlar davomida o’troq hayotga o’rganib, ona zamin hududida muqim yashab kelgan. Dashti Qipchoqdan kirib kelgan mang’it, qo’ng’irot, nayman, uyg’ur, do’rmon, kenagas, yuz, ming, baxrin va boshqa elatlar mahalliy qardoshlari bilan tabiiy suratda yaqinlashdilar. Ular o’troq hayotga moslashib, turmush tarziga xos hamma eng yaxshi narsalarni o’zlariga qabul qilib, asta-sekin tub joy aholisi tarkibiga singishib bordilar.
3. Abdullaxon II (toʻliq ismi: Abdulla ibn Iskandarxon ibn Jonibek sulton ibn Xoja Muhammad ibn Abulxayrxon) (1534; Miyonkol, Ofarinkent qishlogʻi – 1598.8.2, Samarqand, Buxoro yaqinidagi Bahouddin majmuasiga dafn etilgan) – oʻzbek davlatchiligi tizimidagi Buxoro xonligining shayboniylar sulolasidan chiqqan eng yirik hukmdori (1583–98), davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan, maʼrifat, madaniyat homiysi. Bobosi Jonibek sulton (vafoti 1528/29) Karmana va Miyonkol hokimi (1512/13-yildan boʻlgan. Otasi Iskandar sulton oʻgʻli tugʻilgan paytda Ofarinkentni, keyichalik, aftidan aka-ukalaridan biri vafot etgach, Karmanani boshqargan. Abdullaxon II Shayboniyxon vafotidan keyin parchalanib ketgan mamlakat hududini qayta birlashtirish, markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlash uchun yoshlik chogʻidan qattiq kurash olib borgan. Toshkent hokimi Navroʻz Ahmadxon (Baroqxon) bilan Koson yonida (1548), Moʻgʻuliston xoni Abdurrashidxon va shayboniylardan Doʻstum sultonlar qoʻshiniga qarshi Forob yonida (1554) jang qilgan. Yosh Abdulla sulton oʻzining hukmdor sifatidagi butun gʻayrat-shijoatini 1551-yil Karmanada namoyish etgan; viloyatga Toshkentdan Navroʻz Ahmadxon va Samarqanddan Abdullatifxon hujum qilganlar, Iskandar sulton Amudaryo ortiga qochgan. Abdulla sulton otasi vazifasini oʻz zimmasiga olib bu hujumni muvaffaqiyatli qaytargan. Keyingi yillarda (1552–56) oʻz mulkini gʻarbga – Buxoro tomonga va janubiy-sharq – Qarshi va Shahrisabz tomonga kengaytirishga intilgan. Bu saʼy-harakat dastlab muvaffaqiyatsiz chiqqan, hatto 1556-yil u ota meros mulkini tashlab Maymanaga qochishga majbur boʻlgan. U amakisi, Balx hokimi Pirmuhammaddan harbiy yordam olib va piri Joʻybor xojalaridan Xoja Muhammad Islom koʻmagida Navroʻz Ahmadxon, keyinchalik uning oʻgʻillari Darveshxon va Bobo sultonlarga qarshi uzoq muddat kurash olib borgan. Navroʻz Ahmadxon vafot etgach (1556), darhol Karmana va Shahrisabzda oʻz hukmronligini tiklaydi, 1557-yil mayda Buxoroni qoʻlga kiritadi va uni oʻz poytaxtiga aylantiradi. 1561-yil otasini davlat boshligʻi – xon deb eʼlon qilib, uning nomidan mamlakatni oʻzi boshqara boshlaydi. Markaziy xokimiyatga boʻysunishdan bosh tortgan shayboniy sultonlar bilan kurashib Balx (1574), Samarqand (1578), Toshkent, Sayram, Turkiston (1583) va Fargʻona (1583)ni egallaydi. 1582-yil Dashtga yurish qilib Ulugʻtogʻta qadar borgan. 1583-yil otasi Iskandarxon vafot etgach, mamlakatni oʻz nomidan boshqara boshlaydi. Markaziy hokimiyatga qarshi koʻtarilgan Maymana va Garchiston (1583), shuningdek Badaxshon (1585)dagi gʻalayon, tartibsizliklarni bostirgan. Xorazmga ikki marta yurish (1594, 1596) qilib, u yerda markaziy hokimiyat hukmronligini qayta tiklagan. Abdullaxon II mamlakat hududi yaxlitligini tiklash yoʻlida qoʻshni xorijiy davlatlar bilan ham kurash olib borgan. Masalan, Turkiya Movarounnahrda oʻz taʼsirini kuchaytirish niyatida Abdullaxon II ga qarshi kurashda Bobo sultonga yordam bergan. Bobo sulton turk askarlari yordamida Nasaf yonida Abdullaxon II ga qarshi jang qilgan. Abdullaxon II safaviylar bilan Xuroson, Gʻilon uchun kurashib ularni oʻz tasarrufiga kiritgan. Sharqiy Turkistonga qilingan yurishda Qashqar va Yorkent viloyatlarini olgan. Boburiylar ham Badaxshon, Shom, Afgʻoniston va Xuroson uchun Abdullaxon II ga qarshi kurashganlar. Abdullaxon II bunga qarshi Sind (1583), Kashmir (1586)ni egallab, davlatning janubiy. chegaralarini mustahkamlagan
4.Shayboniyhon sulolasining so’ngi hukumdori PIRMUHAMMAD.
Do'stlaringiz bilan baham: |