Shayboniylar davrida tasviriy san'at Reja: Kirish Shayboniylar davrida san’at



Download 46,28 Kb.
bet3/4
Sana21.12.2022
Hajmi46,28 Kb.
#893284
1   2   3   4
Bog'liq
San\'at2

Fan va madaniyat.
Shayboniy va ashtarxoniylar xukmronligi davrida (1500—1753 yillar) fan va madaniyat, Xususan, tarix, adabiyot, me’morchilik ma’lum darajada rivojlandi. Lekin XVII asrga kelib, ashtarxoniylar zamonasida madrasalarda diniy adabiyot asosiy о‘rinni egallab, dunyoviy fanlarni о‘qitish ikkinchi о‘ringa tushib qoldi. Bu davrda Buxoro, Xiva, Qо‘qon tarixnavislik maktablari shakllandi. XVI-XIX asrlar Buxoro xonligi (amirlik) ijgimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy xayotini о‘rganishda tarixnavislar: Fazlullox ibn Ruzbexonning «Mehmonnomai Buxoro», Xofiz Tanish Buxoriyning «Sharafnomai shoxiy», Zaynuddin Vosifiyning «Badoye’ ul-vaqoye’», Muxammad Vafo Karmanagiyning «Tuxfat ul-xoniy», Mirza Muxammad Xaydarning «Tarixi Rashidiy», Muxammad Yusuf Munshiyning «Tarixi Muqimxoniy»8, Abdurahmon Tolening «Tarixi Abulfayzxon», Muxammadsharifning «Ta¬rixi Amir Xaydar», YAqub Buxoriyning «Gulshan ul- muluk», Mirolim Buxoriyning «Fatxnomayi sultoniy», Mirza Abdul Abduazim Somiyning «Mang‘it sulolalari tarixi» singari asarlari muhim о‘rin tutadi. Movarounnahrda XVI—XVII asrlarda adabiyot, tarix, me’morchilik ma’lum darajada rivojlandi. Xasanxoja Nisariyning (1566) «Muzakkiri-ahbob» va Mutribiyning (1604—1605) «Tazkiratul shuaro» nomli О‘rta Osiyo adabiyoti antologiyalarida о‘lkaning Samarqand, Buxoro, Toshkent va boshqa shaharlarida yashab, ijod qilgan adabiyot va fan arboblarining kо‘plab nomlari keltirilgan.
XVI asrning birinchi yarmida о‘zbek tilida adabiy, tarixiy asarlar paydo bо‘ldi. «Tavorix-i guzida» yoki «Nusratnoma» shu sohadagi ilk asarlardan bо‘lib, muallifi xozirgacha noma’lum. Muhammad Solihning (1455 - taxm. 1535) «Shayboniynoma» dostoni ham о‘zbek tilida tuzilgan. Asar Shayboniyxon tug‘ilgandan boshlab, to 1505 yilgacha bо‘lgan davrdagi Dashti Qipchoq Movarounnahr xamda Xorazmning ijtimoiy-siyosiy hayotidan bahs yuritadi. Asar boy etnografik ma’lumotlarga xam ega. Zaxiriddin Muhammad Bobur о‘zining ajoyib she’rlari va «Boburnoma» nomli ensiklopedik asari bilan tarixda о‘lmas iz qoldirdi. Muhammad Shayboniyxon (1457—1510) ham о‘zidan sо‘ng tuzukkina adabiy asarlar va she’rlar yozib qoldirgan. Uning 1508 yilda chig‘atoy-turkiy tilda yozgan «Bahr ul-xudo» («Xaqiqiy yо‘lning dengizi») nomli diniy qasidasida: «Podsholikda Shayboniy farzdan ayrilmag‘il, fakro shohi ikki olam ichra bо‘lur podsho. Tangri gar berdi senga Eronu Turon, bandalik tavdin Shayboniy bermagil esdin daho» deyiladi. Bu yagona qо‘lyozma nusxasi Londondagi «Britaniya Muzeyi» kutubxonasida saqlanmoqda9. Shayboniy о‘z she’rlarida Turkiston shaharlarini hurmat bilan tilga oladi. Samarqandni jannatga о‘xshatsa, Buxoroni Ka’ba singari ulug‘laydi. Turkistonga cheksiz muhabbat qо‘ygan Shayboniyxon Movarounnahrning temuriylar davridagi madaniy shuhratini tiklashga intilgan. Bu vaqtda Rashididdin va Sharofiddin Ali Yazdiyning Ulug‘bekka bag‘ishlangan tarixiy asarlarining о‘zbek tiliga tarjima qilinishi, Alisher Navoiy ijodiy an’analarining avloddan-avlodga о‘tib borganligi diqqatga loyiqdir. Xiva tarixchilik maktabiga marifatparvar davlat arbobi Abulg‘ozi Baxodirxon (1603-1664) о‘zining «Shajarai turk», va «Shajarai tarokima» nomli tarixiy asarlari bilan asos soldi. Ushbu asarlar ruhida tarbiya topgan Munis Xorazmiy («Firdavs-ul iqbol»), Ogahiy («Gulshani davlat», «Zubdat ut-tavorix», «Jome’ ul-voqeoti Sultoniy»), Bayoniy («Xorazm tarixi, «Shajarai Xorazmshoxiy») tomonidan Xorazm tarixi XX asr boshiga yetkazildi. Abulg‘ozi Baxodirxon (Xiva xoni) (1644-1663)ning «Shajarai turk va mо‘g‘ul» xamda «Shajarai tarokima» nomli ikkita yirik asarining yozilishi va ularning XVI-XVIII asrlardayoq Yevropaning bir necha tillariga tarjima qilinganligi biz uchun fahr va iftixordir! Shoir va tarixchi olim Kamoliddin Binoiy «Shayboniynoma» (1505—1507) nomli kitobini yozib qoldirdi. Fazlulloh ibn Ruzbehon 1457 yili Fors viloyatining (Eron) Xо‘nji qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning «Mexmonnomai Buxoro» asari Shayboniyxonga bag‘ishlangan. 1475 yilda tug‘ilgan tarixchi Xondamir О‘rta Osiyo, Yaqin va О‘rta Sharq tarixi va madaniyatiga oid о‘ndan ziyod asarlar yozib qoldirgan. Uning ilmiy merosida «Xulosat ul-axbor» («Tarixlar xulosasi»), «Xumoyunnoma» va ayniqsa «Xabib as-siyar» («Inson xabarlari va dardlarida dо‘stning tarjimai xoli») asarlari mashhurdir. XVI—XVIII asrlarda tarixchi olimlar - Zayniddin Vosifiy, Mirzo Muxammad Xaydar, Xasanbek Tumlu, Xofizi Tanish Buxoriy yashab ijod qilganlar. Buxoriyning «Abdullanoma», Abdulfozil Allomiyning «Akbarnoma» asarlari muhim ahamiyatga ega. Mir Mu¬xammad Amin Buxoriyning «Ubaydullanoma» asari о‘sha davr madaniyati tarixini о‘rganishda muhim rol о‘ynaydi. Uning «Tarix-i Abulfayzxon» nomli asari «Ubaydullanoma»ning davomi hisoblanadi10.
Bu asarlarda О‘rta Osiyoda XVI—XVIII asrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va siyosiy tuzum tо‘g‘risida boy ma’lumotlar berilgan. XVII asr adabiy hayotida Boboraxim Mashrab, Mushfiqiy katta о‘rin tutadi. Mashrab ijodi nafaqat О‘rta Osiyoda, balki qо‘shni Sharq mamlakatlarining she’riyatiga ham katta ta’sir kо‘rsatdi. Movarounnaxrda XVI—XVII asrlarda maorif tizimi xam birmuncha rivojlandi. О‘ziga tо‘q oilalar farzandlari maktablarda о‘qishgan. Muxammad Solih bir о‘rinda Qunduzning xar bir mahallasida deyarli maktab bor edi, degan edi. Bu davrda xonaki muallimlar (ya’ni uyda ta’lim beruvchi) yordami bilan ta’lim berish ham keng rasm bо‘lgan edi. Bolalar olti yoshdan maktabga borishgan. Keyin о‘quvchilar maktabdan madrasaga о‘tishgan va asosan din asoslaridan ta’lim olishgan. Xisob-kitob, she’r о‘qish san’ati, musiqa kabi maxsus saboqlar madrasadan tashqarida о‘qitilgan. XVI—XVII asrlarda musiqa madaniyati ham ancha rivoj topgan. Musiqa tarixi va nazariyasiga oid juda kо‘p ilmiy asarlar yozilgan. Mashhur xonanda va sozandalar orasidan bizgacha Mavlono Muxammadamin, Mug‘anniy, Mavlono Kavkabiy, Xoja Muxammad Rizo Samarqandiylarning nomlari bizgacha yetib kelgan. Buxoro xonligida Turdi Farog‘iy (1699 yilda vafot etgan), Saido Nasafiy (1687-1710), Sufi Olloyor (1616-1706), Boborahim Mashrab (1640-1711) XVII asr о‘zbek adabiyotining kо‘zga kо‘ringan vakillari edi. Saido Nasafiy «Xavonnoma» asarida zamonasidagi turli tabaqalarning xol-ahvolini hayvonlar timsoli orqali kо‘rsatgan. Bо‘ri va Sher misolida yer egalarining zolimligini namoyish etadi. Asarda oddiy mexnatkashlar chumoli timsolida tasvirlanib, ular birlashsa Sherni xam yengishi mumkin, degan g‘oya ilgari suriladi. Turdi о‘z she’rlarida xalqni zulmga, adolatsizlikka qarshi birdamlikka, birlashishga chaqiradi. Mashrab va Sufi Olloyor aksariyat asarlarida tasavvufning tо‘rt qoidasiga - shariat, tariqat, ma’rifat va xaqiqatga amal qilinishini targ‘ib qildilar11. О‘tgan davrlar singari Turkistondagi XVI-XX asrlar boshlari davrida ham ma’naviy madaniyat о‘ziga xos yuksalishni boshidan kechirdi. Ushbu davrda olimu fuzalolarimiz tomonidan yaratilgan yirik tarixiy-badiiy asarlar, amalga oshirilgan tarjima ijodi, ilm-fan rivoji madaniyatimiz tarixi xazinasidan о‘rin olgan bebaho boylik sifatida hech qachon о‘z ahamiyatini yо‘qotmay kelmoqda. Quyida bu ijodiy yо‘nalishdagi ayrim mualliflar va ularning ijodlari haqidagi ma’lumotlarni qisqacha umumlashtirgan holda keltirishga harakat qilamiz. Abulhayr Fazlulloh ibn Rо‘zbehon (1457-1530). Shayboniylar xizmatida bо‘lgan tarixchi olim. Uning shayboniylar tarixiga oid «Mehmonnomai Buxoro», «Suluk ul-Mulk» («Podshohlarga yо‘l-yо‘riq») asarlarini tarjima qilgan. Asar bizgacha yetib kelgan. Faxriddin Ali Safiy (1463-1534). Hirotda tug‘ilgan. Shoir, huquqshunos, tarixchi va tarjimon. Uning «Rashaxot ayn ul-hayot», «Latoif ul-tavoif», «Mahmud va Ayoz», «Kashf ul- asror», «Lug‘atnoma» kabi asarlari qо‘lyozmalari bizgacha yetib kelgan. Xususan «Rashaxot ... » asarida naqshbandiya tariqati shayxlarining hayoti va faoliyati, Xoja Ubaydulla Ahrorga bag‘ishlangan qismida esa ustoz va shogird (Xoja Ahror va Safiy) muloqotlari yoritilgan. Umuman bu asar naqshbandiya tariqati tarixiga bag‘ishlangan bо‘lib, asar XV asr oxiri - XVI asr boshlarida Movarounnahrning iqtisodiy, ijtimoiy hayotini о‘rganishda ham qimmatli manba hisoblanadi. Mas’ud ibn Usmon Kо‘histoniy (XVI asr). Shayboniylar sulolasi tarixchilaridan. Tarjimon. Bizgacha uning «Tarixi Abulxayrxoniy» tarixiy asari yetib kelgan. Asar umumiy tarix yо‘sinida yozilgan bо‘lib, unda «Olamning yaratilishi»dan to XV asrning 60-yillarigacha bо‘lgan davr voqealari, shuningdek, Abulxayrxonning о‘zi va avlodlari, atrofidagi amaldorlari, sarkardalari haqidagi ma’lumotlar bayoni tavsiflangan. Mas’ud ibn Usmon Kо‘histoniy (XVI asr). Tarixchi olim. Tarjimon Shayboniylardan Suyunchxо‘jaxonning, sо‘ng Samarqand hukmdori Abdulatifxonning munshiysi bо‘lgan. Mas’ud ibn Usmon fors tilida «Tarixi Abulxayrxoniy» tarixiy asarini yozgan. Unda Abulxayrxon hukmronligi davridagi shayboniy va mang‘it uluslarining ijtimoiy-siyosiy ahvoli, о‘zbek ulusining
tashkil topishi bayon etilgan12. Bu asar Dashti Qipchoqdagi kо‘chmanchi turkiy qabilalarning ijtimoiy-siyosiy ahvolini о‘rganishda muhim manbadir. Asarda 30 ga yaqin qabilalar nomlari keltirilgan. Shayboniylardan Abdullaxon II hukmronligi davrida (1557 - 1598 y.). mamlakatda shaharsozlik, adabiyot bilan bir qatorda ilm-fan ham о‘ziga xos taraqqiy etdi. «Abdullanoma» tarixiy asari bilan bir qatorda о‘sha davrlarda muallif Amin Ahmad Roziyning «Haft iqlim», Mutribiyning dunyo xaritasi ilova qilingan «Tazkiroti shuaro» kabi ilmiy asarlar yaratildi. Buxoroda mashhur Abdullaxon kutubxonasi tashkil etildi. Yurtimizda xonliklar davrida Movarounnahrning XVI asr tarixiga bag‘ishlab yaratilgan eng yirik tarixiy asar «Abdullanoma» - «Sharafnomai shohiy» dir. Asar 1584-1590 yillar davomida Hofiz Tanish Buxoriy tomonidan fors tilida yozilgan. Asar Buxoro hukmdori Abdullaxon II ga bag‘ishlanib, «Sharafnomai shohiy» va ayrim nusxalarda «Zarafnomai Abdullaxon» deb ham ataladi. Asarda Movarounnahrda Abdullaxon II taxtga kelgungacha bо‘lgan siyosiy voqealar hamda Shayboniyxon vafotidan sо‘ng bu hududdagi siyosiy vaziyat, Abdullaxon hukmronligi davri voqealari ishonchli, aniq dalillar, ma’lumotlar asosida yoritilgan. Bu asar Movarounnahr xalqlarining XVI asrdagi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotini о‘rganishda eng muhim manbalardan hisoblanadi. Asarning 2 jilddan iborat о‘zbekcha nashri e’lon qilingan. Abdulloh Nasrullohiy (XV asr II yarmi-XVI asr о‘rtalari). Tarixchi olim. XVI asr boshlaridan Shayboniyxon saroyida xizmat qilgan. 1533 yilda о‘zining «Zubdat ul- osor» nomli asarini yaratgan. Unda turkiy, mо‘g‘ul xalqlarining tarixi, Movarounnahr va Xurosonda shayboniylar hukmronligining dastlabki yillaridagi siyosiy hayot bayon etilgan. Kо‘hakiy Sulton Muhammad Hofiz Toshkandiy (XVI asr). Tarixchi, huquqshunos, tarjimon13. U jug‘rofiya, etnografiya, handasa, riyoziyot, falsafa, mantiq, fiqh, adabiyot sohalarining ham bilimdoni bо‘lgan. 10 dan ziyod asarlar yozgan. Uning «Risolai fifanniy-at tavsir val kalom» (e’tiqodga oid ilmlar haqida risola) asari bizgacha yetib kelgan. Kо‘hakiy, shuningdek, Muhammad ibn Andonning 2 jildli «Tarixi Turkiston» asarini forschadan о‘zbekchaga о‘girgan va unga yangi ma’lumotlarni qо‘shib boshqa nom bilan nashr ettirgan. Kо‘hakiyning «Sharhi obodul al-munozara» kitobiga yozgan sharhi va arab tilida yozilgan «Favoid ziyoiya» (munavvar foydalar) nomli sharhlangan asari О‘z FA SHI fondida saqlanmoqda. Kо‘chkunchixon (XVI asr I yarmi). Shayboniylar sulolasidan bо‘lgan xon. Abulxayrxon va Robiya Sulton Begim (Ulug‘bekning qizi) dan bо‘lgan farzand. Kо‘chkunchixon davrida ilm- ma’rifat rivojlangan. Bir qator asarlarni о‘zbek tiliga tarjima qilish ishlari bajarilgan. Fors tilidan о‘zbek tiliga Rashididdinning «Jome at-tavorix», Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asarlari tarjima qilingan, kutubxonalar kengaygan va kо‘paygan. Buxoroda Abdulazizxon kutubxonasi ochilgan. Abulbaqo ibn Bahouddin (XVI asr II yarmi-XVII asr I choragi). Tarixchi. Abdulazizxon saroyida xizmatda bо‘lgan. U о‘zining bobosiga bag‘ishlab «Jome’ ul-maqomoti Mahdumi A’zam» nomli tarixiy kitobini yozgan. Kitobda Movarounnahrning XVI asrning birinchi yarmidagi iqtisodiy va siyosiy ahvolga doir qimmatli ma’lumotlar berilgan. Zayniddin Vosifiy (1486-1566). Shayboniylar davrining mashhur adiblaridan biri. Hirotda tug‘ilgan. Toshkentda vafot etgan. Vosifiyning qalamiga mansub «Badoyi ul-vaqoya» (Ajoyib voqealar) nomli tarixiy-badiiy asarda о‘sha davrning mashhur adiblari hayoti haqida qiziqarli hikoyalar bayon etiladi. Vosifiy xattotlik va muallimlik ham qilgan. Jumladan, Toshkent viloyatida shahzoda Navrо‘z Ahmad huzurida saroy muallimi vazifasini ham ado etgan. «She’r» sо‘zi о‘rnida adabiyotda ba’zan «Nazm» sо‘zi ham ishlatiladi. She’r badiiy adabiyotning qadimgi turi bо‘lib, insoniyat eng qadimgi asarlarni she’riy uslubda yaratgan. She’riy ijodda shunday holat ham borki, (zamonaviy she’riyatda), bu ijodni erkinroq tushunish, avvalgi shakliy qoliplarni о‘zgartirgan holda yangi poetik kashfiyotlar qilishga intilish kuchayib, qofiya, tinish belgilari va grammatik qoidalar iskanjasida qolishni istamay, qofiyasiz, grammatik qoidalar va tinish belgilarga rioya etilmay yozilgan she’rlar ham paydo bо‘lmoqda.She’riyatda fikrlar tartibga solingan, qofiyali, bо‘g‘inlari soni ham bir xil, grammatik qoidalarga rioya qilish, uning ichki texnikalari buzilmagan holda, sо‘z va fikrlar bir-birini davomchisi va tо‘ldiruvchisi bо‘lishi holatlariga albatta rioya qilinsa, unda haqiqiy shoirona she’riyat vujudga keladi. Bu esa ilohiy ilhom, iqtidor, mahorat talab qiladi va shundagina bu she’r
san’at darajasiga kо‘tariladi.Hududimizdagi ilk, dastlabki she’riy ijod namunalarining yaratilishi uzoq davrlarga, ya’ni salkam 3 ming yillik tariximiz boshlanishiga borib taqaladi14.
Ma’lumki, Markaziy Osiyoda, xususan hozirgi О‘zbekiston hududida bronza davrining oxirlari va ilk temir davridagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, shuningdek, madaniy-mafkuraviy о‘zgarishlar Amudaryoning quyi oqimi hududlarida vujudga kelgan «Zardushtiylik» dinining muqaddas kitobi «Avesto»da о‘z aksini topgan. Unda о‘zbek, tojik, turkman, fors, afg‘on, ozarbayjon va boshqa kо‘plab xalqlarning ibtidoiy va qadimiy ilohiy-diniy tasavvurlari, turli marosimlari, rivoyat va afsonalari, о‘ziga xos falsafiy-axloqiy qarashlari о‘z aksini topgan. Bu esa hozirgi she’riyatimizga ham xuddi shu «Avesto» kitobida ilk marta asos solinganligini kо‘rsatadi.«Avesto»da Zardusht tomonidan yaratilgan turli marosimiy qо‘shiqlar, madhiyalar matnlari ilk marta she’riy meyorlarda, tо‘rtliklarda aks ettirilgan, ayni paytda qо‘shiq sifatida maxsus qiroat shakllariga bо‘ysundirilib, moslashtirilgan. Diniy qiroatdagi ohanglarga ham о‘sha davrlarda asos solingan. Masalan, Qur’onning 7 xil qiroat usuli mavjud bо‘lgan.Shunisi yana diqqatga sazovorki, о‘z qavmlari orasida zardushtiylik dinini targ‘ib qilgan Zardusht (Zaratushtra) о‘z targ‘ibotini muhim asosi sifatida gatlar (gohlar) deb atalgan, aslida qо‘shiq qilib aytishga mо‘ljallangan she’riy meyorlar yaratganki, «Avesto»ning 72 bobdan iborat «Yasna» bо‘limidagi 17 ta qism ana shu gat yoki gohlardan, ya’ni she’rlardan iboratdir. Ushbu she’rlar keyingi asrlarda she’riyat ijodiga qiziqqan ajdodlarimiz ijodi faoliyatida eng muhim asos bо‘lib xizmat qilmoqda15.Biz XVI-XX asrlar boshlari davri madaniyati tarixining muhim ijodiy qismi bо‘lgan she’riyat rivoji tarixini о‘rganar ekanmiz, izlanishlar shuni kо‘rsatmoqdaki, barcha о‘tgan davrlardagidek, she’riy ijod bilan yoshi, mavqei, mansabi, kasbi, sohasi, ijtimoiy kelib chiqishi qanday bо‘lishidan qat’i nazar, xalqning barcha qatlami vakillari shug‘ullanganligini guvohi bо‘lamiz. Shuningdek, kuzatishlar о‘sha davrlarda ham oddiy xalq bilan bir qatorda she’riy ijod bilan, ya’ni bu nozik va nafis san’at turi bilan hukmdorlar, amaldorlar din peshvolari, shayxlar, mullalar, xо‘jalar, saidlar, mirlar, hojilar, darveshlar ham bevosita shug‘ullanganliklaridan, ularning kо‘plab she’riy tо‘plam (devon)lari xattotlar tomonidan kо‘chirilganligidan dalolat bermoqda.
Aynan shularni nazarda tutib, ushbu kitobning she’riyatga bag‘ishlangan bо‘limida she’riyat bilan shug‘ullangan oddiy xalq vakillari bilan bir qatorda yuqori о‘sha davr ziyolilari she’riy ijodlari haqidagi ma’lumotlarni ham bayonini berishga harakat qilindi. Chunki bu ijod ham о‘sha davr madaniy hayotining ajralmas tarkibiy qismidir.О‘rni kelganda yana shuni ta’kidlash lozimki, biz о‘rganayotgan davrning barcha bosqichlarida ijodda, xususan, she’riy ijodda yurtimizning barcha xududlariga nisbatan Qо‘qon honligidagi adabiy muhit о‘ziga xos rivojlanish holatida bо‘lganligi tarixdan ma’lum. Shu tufayli shahar va shahar atrofi barcha hududlarida she’riy ijod ahli soni boshqa joylardagilarga nisbatan anchagina kо‘p edi. Hatto, uzoq xududlardan ham Qо‘qon va uning atroflariga kelib yashab, ijod etish kо‘pgina ijodkorlarga xos bо‘lib qolganligi ham kuzatilgan.Shu bois, yuqoridagilarning barchasini inobatga olgan holda ushbu ishimizda she’riyat ijodi va uning namoyandalari haqidagi ma’lumotlarga bir oz kengroq о‘rin berishni lozim topdik. Ushbu qimmatli ma’lumotlarni jamlash va uni bayon etishda XVI asr mutafakkir olimi, shoiri, tarixchisi Hasanxoja Nisoriyning «Muzakkiri ahbob», Pо‘latjon domulla Qayyumovning III jildlik «Tazkirai Qayyumiy» tо‘plamlari, Samandar Vohidovning «Buxoriylar bо‘stoni» tarjima asari ma’lumotlaridan va boshqa adabiyotlardan keng foydalanildi.Xasanxoja Nisoriy - XVI asrda yashab, samarali ijod qilgan buxorolik shoir, yozuvchi, tarixchi hamda hukmdorlar e’tiboriga erishgan yirik tarixiy shaxs. Shayboniy xonlaridan Iskandar sulton va Abdullaxon II davrining «Malik ush-shuaro»si unvoniga ham sazovor bо‘lgan. She’riyatda Mutribiy, Fitratiy, Davoiy, Hajriy, SHо‘xiy, Shohid kabi о‘nlab mashhur shoirlarning ustozi hisoblangan. Nisoriy Bahoviddin Naqshband maqbarasi yoniga dafn qilingan. U о‘zini mashhur «Muzakkiri Ahbob» (Dо‘stlar yodnomasi) nomli asarida XVI asrda Movarounnahr, Afg‘oniston, Eron, Turkiya, Sharqiy Turkiston va Hindistonda yashab, ijod qilgan 288 ta shoir ijodi haqidagi ma’lumotlarni tо‘plagan. Asar bizning kungacha yetib kelgan va 1993 yilda о‘zbek tilida nashr etilgan. Mushiqiy (xajv, g‘azal va qasida), Mutribiy (Tazkirat ush-shuaro) kabilar ijod qildilar16.
Xulosa.
XVII-asr davomida O’rta Osiyo ilm g’a'ni bir qator obеktiv va sub'еktiv omillar ta'sirida ancha rivojlandi. Ajablanarli tomoni shundaki, O’rta asr g’еodal-Klеrikal mutassibligi kuchaygan, musulmon ruxoniylari taqibi avjga mingan bir sharoitda Mavorounaxrning dunyoviy fan, adabiyot va madaniyat namoyondalari katta jasorat va shijoat bilan o’z ist'еdodlarini namoyon etib, o’chmas asrlar bitib, zulmat kuchlariga qarshi kurashtilar. Binobarin, jaxolat va qurog’at mavorounaxrda qanchalik avjga chiqmasin, adabiyot, tarix fanlari xam, mеmorchilik va tasviriy san'at xam o’ziga xos rivojlanish jarayonini bosib o’tdi. Darvoqе, bu davrda Mavorounaxr sarxadida ilqor ma'naviyat dunyosi namoyondalari maydonga chiqdilarki, ular o’z ijodlari bilan jaxon ma'daniyati xazinasiga munosib ulush qo’shdilar. XVI-asrda mamlakat xayotida xo’jalik va savdo-sotiq ishlarining rivojlanishi shubxasis, o’sha davr ilm axlarining ijtimoiy doirasining kеngaishiga xam ta'sir ko’rsatdi. Bu davrning o’ziga xos xususiyatlaridan biri Mavorounaxrda ko’plab O’zbеk tilida adabiy va tarixiy asarlar yaratildi. Masalan, Muallig’i nomalum bo’lgan “Tavorixiy Guzidaiy Nusratnoma” yoki Muxammad Solixning “Shayboniynoma” dostoni va boshqalar. O’rta Osiy madaniyati Shubxasiz qo’shni mamlakatlar bilan yaqindan aloqa qilib rivoj topdi. Zеro, XVI-asrda qobul, qashqar, Xindiston, Turkiya kabi mamlakatlar bilan Mavorounaxrning madaniy aloqalari yaqindan mavjud bo’lganligi shubxasiz. Bu davrda qurilish inshoatlari (Karvonsaroylar, ko’priklar, sardobarlar, shaxarlarda xommom, tim va boshqa savdo rastalari) qurila boshladi, manumеntal binolarning tarixi, qiyog’asiga o’zgartirishlar kiritildi. Xunarmandchilikning uyushmalari vujudga kеldi.

Ma'lum ki, XIV-XV asrlarda O’rta Osiyo xalqlari madaniyati dunyoda eng oldingi o’rinlarning birini egallagan edi. Madaniy xayoti bunday taraqqiyot darajasiga eng avallo markazlashgan qudratli Timuriylar davlati barpo etilganligi tug’ayli erishilgandi. XVI-asrdan boshlab esa, O’rta Osiyo xalqlari madaniy xayotida avvalgi erishilgan yutuqlarini saqlab qolish imkoni bo’lmadi. Aksincha, madaniy xayotning orqaga kеtishi kuzatildi, Uzoq davom etgan turgunlik davri boshlandi. Bunga birinchi navbatda, mavjud bulgan markazlashgan davlatning parchalanib kеtishi, O’rta Osiyoda xukmron bo’lish niyatida uchala xonlik O’rtasida muttasil davom etgan ijtimoiy-iqtisodiy xayotni larzaga soluvchi qirqinrabot urushlar o’zaro ichki nizolar sabab bo’lgan edi. Ikkinchi sabab-ijtimoiy madaniy xayotda diniy muttasiblik, jaxillikning kuchli mavqеyaga ega bo’lib qolganligi edi. Shu sabab Shayboniylar Tеmuriylar yaratgan boy madaniyatga munosib voris bo’la olmadilar.





Download 46,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish