Shayboniylar davrida tasviriy san'at Reja: Kirish Shayboniylar davrida san’at



Download 46,28 Kb.
bet2/4
Sana21.12.2022
Hajmi46,28 Kb.
#893284
1   2   3   4
Bog'liq
San\'at2

Shayboniylar davrida san’at.
XVI—XVII asrlarda Samarqand va Buhoroda miniatyura va kitobat san’ati ravnaq topdi. Buxoro, ayniqsa, о‘zining hattotlari bilan shuhrat qozongandi. 1587 yilda Dо‘stmuhammad Buhoriy «Hattotlik san’ati» deb nomlangan asar yozgan. U «Fathnoma», «Tarixi Abulxayrhon», «Shayboniynoma» hamda Navoiy asarlarini miniatyuralar bilan bezagan. Sulton Ali Mashhadiy, Mir Ali Hiraviy, Mahmud Shixobiy va boshqalar zamonasining mashhur husnihat ustalari edilar. Alisher Navoiy siymosini tasvirlagan Behzodning shogirdi Mahmud Muzahhib Buhoro miniatyura makgabining rivojlanishiga hissa qо‘shdi. Buxoro va Samarqand miniatyura makgabining namoyandalari Jaloliddin Yusuf, Keldi Muhammad, Muhammad Chag‘riy Muassin, Muhammad Nodir Samarqandiy, Muhammad Murod Samarqandiylar ishlagan ajoyib miniatyuralar о‘zining milliy ruhi, ya’ni ranglarning tiniq va yorqinligi xamda boyligi bilan ajralib turadi. Yuqoridagilar haqida batafsil tо‘xtalamiz. Mirzo Boqiy (XVI asr)1. О‘z davrining mashhur kotibi, hirotlik Mir Alining о‘g‘li bо‘lib, xattotlik ilmini chuqur egallagan. О‘sha davrlarda keng qо‘llanilgan «nasta’liq» xati yozuv uslublarini oliy darajadagi san’ati bilan yozgan. Qosim Arslon (XVI asr). Qosim Arslon Navoiyga zamondosh bо‘lgan shoir Mashhadiyning farzandi bо‘lib, ikki sohada samarali ijod qilgan. Kitobat sohasida о‘z ishining mohir sohibi bо‘lib, yozgan xati esa ham chiroyli, ham tо‘g‘ri bо‘lganligi uchun kо‘pchilikka ma’qul bо‘lgan. Shuningdek, u she’riyatda ham katta yutuqlarga erishgan. Umrining oxirgi yillarida Hindistonga borib, boburiylar saroyida yanada katta obrо‘ topadi va ijod bilan jiddiy shug‘ullanib «Malik ush- shuaro» unvoniga erishadi. Mavlono Mahramiy (XVI asr). Asosiy kasbi kitobatchilikdan, xattotlikdan iborat bо‘lib, she’riyat bilan ham shug‘ullanib, ayniqsa marsiyagо‘ylikda mahoratli bо‘lgan. «Gulandomkim, labi yaproqdan ham nozikroq erur Og‘zi gо‘yo yoqut saqlanadigan qutichayu, tishlari gavhar erur». Xoja Abdusalom - (XVI asr). Abdullaxon II ning inisi Abdulquddus sulton saroyida kitobdorlik va xusnixat egasi mansabida ishlagan, lekin darveshona hayot kechirishni xush kо‘rgan. Turkiy va forsiyda kо‘pgina she’rlar ham ijod qilgan. Namuna: «Labingiz abadiylik baxsh etuvchi obi hayot ne darkor, Usiz hayot chashmasini tashno kо‘rarman, bu ne darkor, Salomiy, to boshqa birov kо‘chasi tuprog‘i bо‘lib ulgurmasdan, Kо‘chasi boshida posbonlik usulini bо‘ynimga oldim». Mirshayx Puroniy (XVI asr). Buxorolik. Kо‘p ilmlardan xabardor, ayniqsa xusnixatga mahorati yuqori bо‘lgan. U oltin suvi bilan bezash va boshqa xil naqshlar bilan kitoblarni bezatishda tengi yо‘q san’at sohibi edi. Turli yozuv turlari, jumladan, «Rayhoniy xat», «G‘ubor xati» kabilarda naqshlar bitgan. Ayni vaqtda Puroniy Chorsu masjidida mudarisslik qilgan va shoirlikda ham kamolotli bо‘lgan. Mavlono Mir Ali kotib (XVI asr). Sayidlar avlodidan bо‘lib, xat mulkida kotiblar peshqadami bо‘lgan. «Nasta’liq xati» uslubida uning oldiga tushadigan odam bо‘lmagan. Ushbu yо‘nalishda davrining mashhuri bо‘lish bilan birga she’riyatdan va tarixnavislikdan ham yaxshi xabardor bо‘lgan. Abdulla Musavvir Xurosoniy XVI asr II yarmida Buxoroda yashagan miniatyurachi rassom2. Buxoro miniatyura maktabi vakili. Kо‘plab qо‘lyozma va kitoblarga naqsh va nafis suratlar ishlagan. Jumladan, Shayx Sa’diyning «Bо‘ston», «Guliston» asarlariga, «Uchrashuv», «Sevishganlar» nomli asarlariga chizilgan naqsh va nafis suratlari shu kungacha yetib kelgan. О‘z davrining mashhur rassomlari Mahmud Muzahhib va Shayx Sa’diy Mahmudlar qо‘lida tahsil olib, ular maktabining yetuk vakili va davomchisi bо‘lgan. Darvesh Muhammad (XVI asr). Buxorolik. Xattot, xusnixat nazariyotchisi. Fors tilida «Favoyid ul-xututi» (Xatlar foydalari) asarini yaratgan. Bu risola Markaziy Osiyoda yaratilgan xusnixat san’ati haqidagi eng muhim qо‘llanma sifatida О‘z FASHI fondida saqlanmoqda. Mir ali Xiraviy (XVI asr). Xirotlik xattot va shoir. Xattotlik san’atini Zayniddin Mahmud va Sultonali Mashhadiydan о‘rgangan. Xirotda Sulton Husayn Mirzo va Buxoroda Abdulazizxon kutubxonalarida xizmat qilgan. Mir ali nafis xati va tez yoza olishi bilan boshqa xattotlardan ajralib turgan. Movarounnahrda nasta’liq xatini tarqalishida xizmat qilib, kо‘plab shogirdlar tayyorlagan. 1520 yilda «Medod ul xutut» risolasini yozib, unda xattotlik qoidalarini bayon etgan. U kо‘chirgan 30 dan ortiq qо‘lyozmalar va 400 dan ortiq qit’alar bizgacha yetib kelgan. U kо‘chirgan Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviyning «Xusrav va Shirin» dostonlari, Abduraxmon Jomiyning «Tuhfat ul-axror», Husayn Koshifiyning «Axloqi Muhsiniy», Ansoriyning «Ilohiynoma» asarlari О‘z FA SHI fondida saqlanmoqda. Mir Husayn (XVI asr). Yetuk xattotlardan biri bо‘lib, «Javohiri raqam» faxriy unvoniga sazovor bо‘lgan. U tomonidan nasta’liq xatida kо‘chirilgan va ziynatlangan Ansoriyning «Ilohiynoma», Hisrav Dehlaviyning «Xamsa», Ali Bin Husaynning «Rashoxoti ayn ul hayot» asarlari bugun О‘z FA SHI fondida saqlanmoqda. Mir Husayn Kо‘lankiy Buxoriy (XVI asr). Xirotlik xattot va nasta’liq xatining ustasi. Mir Ali Xiraviyning eng mahoratli shogirdlaridan biri. Abdullaxon Soniyning kitobdori bо‘lgan3. U kо‘chirgan qо‘lyozmalarning 20 dan ortig‘i bizgacha yetib kelgan. Sa’diyning «Bо‘ston» va «Gulsiton» asarlari, Jomiyning «Yusuf va Zulayxo», «Tuhfat ul-axror», «Masnaviylar»i, Hofiz Sheroziyning «Devon»i shular jumlasidandir. XVI—XVIII asrlarda tasviriy san’atga, musiqaga ham alohida e’tibor berildi. Sulton Ali Mashhadiy, Mir Ali Xiraviy va boshqalar mashhur xusnixat ustalari edilar. Rassomlardan Maxmud Muzahhib, Jaloliddin Yusuf, Muhammad Murod Samarqandiylarning tasviriy san’at rivojiga qо‘shgan xissalari salmoqlidir. Muhammad Murod Samarqandiy (XVI asr). Musavvir. Samarqand miniatyura maktabining yirik vakili. О‘ziga xos uslubi, yuksak badiiy saviyadagi asarlari bilan О‘rta Osiyoda miniatyura san’ati rivojiga katta hissa qо‘shgan. U tomonidan Firdavsiyning «Shohnoma» (1556 yilda kо‘chirilgan nusxaning bezagi 115 ta miniatyurasi О‘z FA SHI fondida saqlanmoqda), Sa’diyning «Bо‘ston» (Dublindagi Chester Bitti kutubxonasida) asarlariga ishlangan miniatyuralari bizgacha yetib kelgan. Ustod Muhammadiy (XVI asr). Musavvir. Sulton Muhammadning о‘g‘li. Nafis san’atni otasidan о‘rgangan. Kamoliddin Behzod an’analarini davom ettirib, о‘ziga xos badiiy uslub yaratgan. U «Shahzoda tasviri» (Bostondagi Golobo majmuasida, AQSH), «Sharafnoma» (Asar qо‘lyozmasidagi «Shahzoda» rasmi), Nizomiyning «Xamsa»siga ishlangan miniatyuralar, «Darvesh va dehqonlar» (Luvrda) asari va bir qator boshqa asarlarni ham yaratgan. О‘rganilayotgan davrda she’riyat yaxshi rivojlandi. She’r – arabchada shuur, sezgi deyilib, u insondagi fikrning qalb tuyg‘usi-xislari bilan uyg‘unlashgan ifodasi sifatida vujudga keladi va hayajonli nutq bilan ifoda etiladi. U ma’lum bir ichki ohangga ega bо‘lgan badiiy asardir. Tasviriy san’at. SHayboniyxon qo‘liga kiritgan Mavorounnaxr boy madaniy merosga ega edi. SHu yillarda Kamoliddin Bexzod va uning atrofida to‘plangan ko‘pgina rassom va xattotlar ijod qilishar edi. SHayboniyxon va uning davomchilari davrida O‘rta Osiyo, xususan Buxoroda san’at va madaniyat o‘zining gullagan davrini boshidan kechirdi. SHu erda, ayniqsa, kitobat san’ati, xatotlik va u bilan bog‘liq holda miniatura san’ati rivojlandi. Kulyozmalari bezash, ularni kitob xoliga keltirish borasada buxorolik ustalar dong taratdilar. Bu erda taniqli xattot va musavirlar ko‘chib keldi4. Buxoro, Samarqand, Toshkentda betakror o‘rta osiyocha miniatyura maktabi shakllana boshladi. SHu san’at rivojlanishining dastlabki bosqichini SHayboniylarning tarixiy bayonnomalariga bag‘ishlangan «SHayboniynoma», «Fatxnoma» va «Tarixi Abulxayrxon» qo‘lyozmalarida o‘z ifodasini topdi. Bu qo‘lyozmalarga ishlangan miniatyuralarni mahalliy rassomlar bojargan bo‘lib, bu miniatyuralarni xirot maktabi rasmlari bilan solishtirganda Xirot maktabi miniatyuralariga xos nafislik, kiboriy ruh susayganini, sezish mumkin. Bu miniatyuralarning qalami jiddiy, koloriti siqiq va yaxlit, yirik ishlangan obrazlar birmuncha qotib qolgan xolda ko‘rsatilgan, manzara tasviri ham sodda. YAna bir muhim tomoni shundaki bu miniatyuralarning,ularda tasvirlangan odamlar,ularning kiyimlari va ularni o‘rab turgan muxitda o‘zbek tiplariga xos fazilatlarni ko‘ramiz. SHu xususda «Tarixi Abulxayrxon miniatyuralari etiborga loiq. Qo‘lyozma uchun 28 miniatyura XU1 asrning 40 yillarida ishlangan. SHu davrdan xattotlik san’ati ham yanada rivojlandi. Bu rivojga xirot maktabi kuchli ta’sir etdi. Bu ishlarda 1528 yili Xirotdan Buxoroga ko‘chib kelib, umrining oxirgacha shu erda mehnat qilgan K.Behzod shogirdlaridan «xattotlar qiroli» Mir Ali sezilarli iz qoldirdi. Mir Ali bu erda zamondoshi M.Muzahhib va uning shogirdlari bilan xamkorlikda ishladi va qo‘lyozmalarni ko‘chirgan. Parijdagi Milliy kutubxonada saqlanayotgan Nizomiyning dostoni ko‘chirmasi shunday hamkorlikda yaratilgan. O‘rta Osiyoda miniatyura maktabining yirik vakili Maxmud Muzahhib xisoblanadi. Asl ismi Mahmud SHayhzoda bo‘lgan Muzahhib Kamoliddin Behzod, Miroq Naqqosh qo‘lida tasviriy san’at sirlarini o‘rgangan5. Temuriylar saltanatiga chek qo‘yilib hokimiyat SHayboniylar qo‘liga o‘tganidan keyin u saltanatining poytaxti Samarqandda keyinroq Buxoroda yashab saroyda xizmat qilgan. Buxoroda 80 yoshda olamdan 1572 yili Buxoroda vafot etgan. Maxmud Muzahhib 1485-90 yillar orasida tug‘ilgan deb taxmin qilinadi. U kitob bezash hamda miniatyura ishlash borasida yuksak mahoratga ega bo‘lganligi uchun ham unga "Muzahhib" ya'ni "oltin suvi yurituvchi" taxalusi berilgan. Mahmud SHayhzodaning 30 ga yaqin asarlari aniqlangan. Rassomning ilk asarlaridan biri Alisher Navoiyning xassaga tayanib turgan xolda tasvirlangan surati xisoblanadi. Rasm. Xassaga tayanib turgan Navoiy surati. Portretda keksaib qolgan Navoiyning xassaga tayanib turgan xolatida aks ettiradi. Maxmud Muzahhib portretlar ishlash bilan bir qatorda tarixiy va maishiy janrlarda ham asarlar yaratgan. Rassom ijodining gullagan davri XU1 asrning 30-40-yillariga to‘g‘ri keladi. SHu davrda ishlangan miniatyuralar ichida «Sulton Sanjar va to‘quvchi kampir bilan uchrashuvi» uning etuk asarlardan biridir. Unda saljuqiylar hokimi Sulton Sanjar ovga ketayotgan paytda qari to‘quvchi kampir uni xalq boshiga ko‘p tashvish va uqubatlar tushirgani uchun koyiganligi hikoya qilinadi.(Rasm. Sulton Sanjar ovda.) Bu asari bilan rassom o‘z davr illatlarini ham ko‘tarib chiqqanligini ko‘rsatadi. Saadiyning «Bo‘ston» asari miniatyuralari ham M.Muzahhib qalamiga mansub deb hisoblanadi. Bu qo‘lyozma Toshkent hokimi Barakxon taxallusi bilan tanilgan Navro‘z-Axmad uchun 1555 yili ishlangan. Bu qo‘lyozma ham Milliy kutubxonada Parijda saqlanadi. Maxmud Muzahhib shogirdlari Muhammad CHagri Muxassin, Abdulla, Muhammad Murod Samarqandiy va boshqalar kitob, miniatyura san’atini rivojlantirishda o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar. Muhammad Murod Samarqandiy. Muhammad Murod Samarqandiy XU1 asrning boshlarida Samarqandda tug‘ilgan. SHu erda diniy va dunyoviy bilimlarni egalladi, xususiy maktabda rassomlik va xattotlik bilimlarini egallagan. Samarqanddagi Ulug‘bek madrasasida diniy va dunyoviy bilimlarini oshirib shu erning o‘zida kitob ko‘chirish, ularni turli naqsh va rasmlar bilan bezash bilan shug‘ullandi. Temuriylar inqirozi kuchayib borgan kezlarda
aqidaparastlar tomonidan jonli narsalar rasmini chizish man etilib rassomlar taqibga uchrayboshlaganida u do‘sti Nodir Samarqandiy bilan birga Xindistonga, boburiylar davlatiga o‘tib ketdi va shu erda umrining oxrigacha yashab ijod qildi va xind miniatyura maktabining shakllanishida muhim rol o‘ynadi. Samarqandiy ham o‘z ijodida jamiyat illatlarini ochib ko‘rsatishga harakat qilganligi uning qator asarlarida o‘z ifodasini topgan. Temirchi Kova qo‘zg‘oloniiga bag‘ishlangan miniatyurasi shunday tanqidiy ruhda ishlangan. Bulardan tashqari shohlarning qabul marosimlari, ov va jang manzaralari uning asarlarida o‘z ifodasini topgan6. Abulqosim Firdavsiyning “SHohnoma”, Saa’diyning “Guliston”, “Bo‘ston” dostonlariga ishlangan miniatyuralar ham mashhur. Muhammad Murod Samarqandiyning bizgacha saqlangan asarlari ichida 1556 yili ishlangan «SHohnoma» qo‘lyozmasigaishlangan miniatyuralari alohida ajralib turadi. Bugungi kunda bu qo‘lyozma Toshkentdagi Beruniy nomidagi SHarqshunoslik instituti kutubxonasida saqlanadi. Dostonga ishlangan 115 ta miniatyura syujetlari tugal, dostondagi voqealarni mohiyati bilan ochib berishga harakat qiladi. Unda rassom dostondagi voqealarning mazmunini atroflicha yoritishga, jamiyat illatlarini ochib ko‘rsatishga harakat qiladi. “Temirchi Kova qo‘zg‘oloni”, “Zahhokning Fariddun tomonidan asr olinishi”, “Fariddunning o‘g‘illari YAman shohi huzurida”, “Rustamning tug‘ulishi” va boshqa miniatyuralarda shu xususiyatlar namoyon bo‘ladi. XVI asr ikkinchi yarmidan boshlab Buxoro O‘rta Osiyo badiiy hayotida muhim o‘rin egalladi Portret san’ati rivojlandi. Xonlar portretlari ishlandi. Abdullaxon , Imonqulixon portretlari shular jumlasidan. SHayboniylar davrining mashhur musavvirlari Abdullo Buxoriy, Menuchehr, Jamoliddin YUsuf kabi miniatyura ustalari ham tarix sahifalaridan munosib o‘rinni egalladilar. Ularning bizgacha etib kelgan ayrim asarlari ularning yuksak did va ijodiy barkamolliklaridan dalolat beradi7.


Download 46,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish